Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat sohibi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/11
tarix07.05.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#109141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Arim Temur buyuk sarkarda

  • Amir Temur
  • Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat sohibi.
  • Temuriylar sulolasi davrida ma'naviyat va ma'rifat rivoji.
  • Eron va Kavkazga yurishi
  • Temurning uch yirik yurishlari
  • Reja:
  • Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻoy ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgiShahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
  • Tarjimai holi
  • Amir Temurning ota-onasi
  • Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻoy ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi.

Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.

  • Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.
  • Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
  • Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.
  • Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin