198
Agar 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshiriqda nutqiy faoliyatning
elementi bo'lmish so'z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa,
masalan,gap tarkibidan so'zlarni
ajratib olish vazifasi berilsa,
S.N.Karpovaning tadqiqoti ko'rsatishicha, bolada unga aytilgan gap
belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror moyilligi
ko
’
zatiladi. Berilgan gap tarkibida nechta so'z mavjud degan savolga bolalar
gapni "boshdan oyoq" qaytadan takrorlaydi. Masalan, "Koptok yumalab
ketdi"
degan gap berilsa, bola (5-9 yoshli) bu gapda bitta so'z "Koptok
yumalab ketdi" degan so'z borligini aytadi.
S.N.Karpovaning tadqiqoti shuni isbotladiki, bog'cha yoshidagi bolada
gap tarkibidan barcha turdagi so'zlarni ajratib olish ko'nikmasini
shakllantirish mumkin. Buning uchun ularga so'zning mezonlarini, ya'ni
so'z tovushlarining majmuasidan iboratliligini, so'z doim muayyan
mazmunga egaligini anglashi lozim (albatta, bolalar yoshiga mos keluvchi
usullar bilan) bo'ladi. Shunday qilinganda, yoshidan qat'iy nazar bolalarda
so'z haqida adekvat va anglangan tasavvurlar paydo bo'ladi.
Bu
maqsadda
bolaga
nutqning
tushunarli
mezonlarini
o'rgatilmasdan, faqatgina astensiv ta'riflarni, ya'ni so'zlarni ko'rgazmali
namoyish etish orqali ta'riflashni ishlatish mumkin.
Ana shu asosda
G.A.Belyakova bolalarda stixiyali ravishda shakllanib qolgan so'z haqidagi
tasavvur, "so'z" so'zining ma'nosi aniqlashtirilib boradi. Katta bog'cha yoshi
davrida so'zlarning tuzatilishini stixiyali tarzda o'zlashtirish natijasida
bolalarda so'zni tarkibi jihatdan tahlil etishning elementar shakllari yuzaga
keladi.
Nutqning fonetik (tovush) sistemasini o'zlashtirish jarayoni
tovushlarni to'g'ri talaffuz etish va fonematik eshitishning rivqjlanishini o'z
ichiga oladi. Nutqning fonetik tarkibini o'zlashtirish 1 yoshning oxirlariga
kelib boshlanadi. Bog'cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan ona
tilining barcha tovushlarini egallab bo'ladilar. Biroq shunday bog'cha
yoshidagi bolalar ham uchraydiki, ularda ancha katta yoshda ham nutqiy
nuqson, talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy sababi nutq apparati
motorikasining sekin rivojlanishidir.
Dostları ilə paylaş: