192
Bog’cha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda
olib qolishning
hukmron bo’lishi tasodifiy bir hol emas. Buning o’z sabablari bor. Har bir
tarbiyachi-pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlarni
yaxshi bilishi
kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to’g’ri rivojlantirish mumkin. Bog’cha
yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi,
avvalo, ular oliy nerv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liqdir.
Bir qator psixologlar tomonidan o’tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari
natijalarining ko’rsatishicha, bog’cha yos
hidagi bolalar oliy nerv faoliyati
quyidagi hususiyatlarga ega.
Birinchidan
, bog’cha yoshidagi bolalarning nerv sistemasi xuddi ilk
bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik Xarakterga
е
gadir,
ya’ni ularning nerv sistemalari
haddan tashqari egiluvchan, ta’sirotga
beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda vaqtli
bog’lanishlar (assosiyasisiyalar) juda osonlik bila hosil bo’ladi. Bolalar nerv
sistemasining xususiyati ularda esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir
etmay qol
maydi. Shu sababli bog’cha yoshidagi bolalar ashula, ritmli she’r,
qiziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalarni beixtiyor hamda juda tez
eslarida olib qolaveradilar.
Ikkinchidan
, bog’cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi
е
ngil
qo’zg’aluvchan bo’lishi bilan birga yuzaga keladigan vaqtli bog’lanishlar
(assosiyasiyalar) juda beqaror bo’ldi, ya’ni mustahkam bo’lmaydi. Shuning
uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok
qilingan turli narsa va
hodisalar ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. Ular tez eslab
qolishlari bilan birga, tez unitib ham yuboradilar. Ko’pincha narsa va
xodisalarning bog’cha yoshidagi bolalar xotiralarida mustahkam saqlanib
qolishi shu narsa va hodisalarning bolaga qanchalik emosional ta’sir
qilishiga bog’liq bo’ladi.
Uchinchidan
, bog’cha yoshidagi bolalar nerv sistemasida qo’zg’alish
jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust bo’lganligi tufayli
ular o’xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o’zida juda ko’p idrok qilingan
narsalarning farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular
birdaniga idrok qilgan juda ko’p
narsalarni bir
-biri bilan aralashtirib
yuboradilar. Agar bog’cha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bo’lgan,
ya’ni idrok qilgan narsalarini bir boshdan so’zlab berish iltimos qilinsa,
u
ma’noli va sistemali qilib so’zlab berolmaydi. Bola buday holda gapni
tasodifiy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketaveradi. Chunki
birdaniga ko’rgan juda ko’p narsalarini
bola tamoman aralashtirib
yuborgan bo’ladi.
Bola esida olib qolgan nar
salarida hali sistema yo’q, shuning uchun
bola dastavval chuqur taasurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur o’rnashib
qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa
193
chiqarish mumkin: agar bog’cha yoshidagi bolaga bir vaqtning o’zida
had
dan tashqari ko’p narsalar ko’rsatilsa, ular hamma narsalarni bir
-biri
bilan aralashtirib yuboradilar va birontasini ham puxtaroq esda olib
qololmaydilar.
Dostları ilə paylaş: