184
Tevarak-
atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy
munosabatlarni (baland, past, katta, ki
chik kabi) to‘g‘ri idrok qilishda
bolalarning atrofdagi turlituman narsalar bilan bevosila munosabatda
bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt munosabatlarini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt
o‘lchovlarini (tushunchalarini) ifodalovchi so‘zlarnig ko‘proq ishlatili
shi
kat
ta rol o‘ynaydi. Shuning uchun bolalar bilan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o‘qib berishda bolalar so‘z
boyligida hozirgacha yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga
oid tushunchalarni
kiritish kerak. Umuman bolalarga bog‘chada vaqt o‘lchovlarini (ya’ni hozir
soat 2 bo‘lib, tush payti bo‘lib qolganligini, soat 5 dan oshib kech kirib
qolganligini) muntazam ravishda eslatib turish kerak. Bu bolalarda vaqt
hissini rivojlantirishga yordam beradi. Vaqt hissi esa vaqt o‘lchovlarini
to‘g‘ri idrok qilishni ta’minlaydi. Bolalar vaqt tushunchalarini to‘g‘ri
o‘zlashtirayotganlarini aniqlash uchun ularga «qachon», «qayli kuni»,
«qancha vaqtdan so‘ng», «qayli biri oldin», «qayli haftada», «qayli oyda»
kabi savollarni berib turish lozim.
Bog‘chada i
drokni rivojlantira borish asosida
kuzatuvchanlikni ham
tarbiyalash kerak. Kuzatuvchanlik odamning butun hayoti, butun o‘qish va
mehnat faoliyati davomi
da juda zarur bo‘lgan fazilatdir. Bog‘chada turli
didaktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, ekskursiyalar tashki
l
qilish orqali
bolalarda kuzatuvchanlikni tarbiyalab boriladi. Bu jihatdan yil fasllari
(bahor, yoz, kuz, qish) bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab
so‘zlatish (kim ko‘proq narsani ko‘radi) yaxshi natija beradi. Albatta,
ekskursiya va mashg
‘ulotlar paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan
o‘ylab olingan, ya’ni rejali asosda bo‘lishi kerak.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda ularda
kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbiyachilarga,
ularning
pedagogik
mahoratiga bog‘liqdir.
35
Dostları ilə paylaş: