190
olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan
ko‘rishimiz mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat MTM
dagi
sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ha
m
bog‘liqdir.
Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir tekisda va bir xil
darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida
bo‘lmasligi yoki haddan tashqari erka qilib, tallaytirib yuborilganligi tufayli
o‘zlarining xatti
-harakatlarini, xulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar.
Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-
tinchib o‘tirolmaydigan, tartibga chaqirilganda
gapga quloq solmaydigan
bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular
hech
bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara
bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davo
mi
da bir narsaga yo‘naltira olmaslik,
mashg‘ulotlarda intizom buzishga va boshqalarga xalaqit berishga olib
keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan indi-
vidual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’uliyatli topshiriqlar berish va
hokazo), ularda diqqatning kuchini hamda
barqarorlik xususiyatini
tarbiyalab borishlari zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan
diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqa
tining
ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan,
katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqt
da 5-6 narsani (bir-biri
bilan
ma’naviy bog‘lanmagan harflarni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa,
maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1
-2
narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolalari 2 ta)
sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga
harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3
yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib
-
sochib olib keladi, bu uning uquvsizligi, bo‘shangligi
yoki anqovligidan
emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la
olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni
to‘kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la olmaydi. Shuning uchun bunday
hollarda bolalarni urishish mumkin emas.
Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalarning o‘qish faoliyatlari uchun
zarur. Shuning uchun bolaning maktabgacha yoshidagi davrida barcha
imkoniyatdardan keng foydalanib,
diqqatning bu xususiyatini
rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Bunda, asosan ekskursiyalar,
sahnalashtirilgan o‘yinlar, har sohaga doir rasmlar bilan o‘tkaziladigan
suhbatlar katta rol o‘ynaydi. Maktabdagi ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan
ixtiyoriy diqqat maktabgacha ta’limda didaktik mashg‘ulotlar, hikoyalar
191
o‘qib berish davo
mida rivojlantiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqati ko‘pincha ular
ning qiziqish
hamda hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli konsentrlashgan, ya’ni
bir narsaga qaratilgan bo‘ladi.
Ana shuning uchun bu yoshdagi bolalarda
diqqatning bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi.
Maktabgacha yosh
dagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining
zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta
-qayta idrok
qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan,
maktabgacha yoshdagi
bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshitaveradilar. Bu hodisaning
sababi shundaki, bolalar diqqati
ning ko‘lami
hikoyaning syujetini va
personajlarini birdaniga sig‘dira ol
maydi. Shuning uchun ular hikoya va
ertaklarni qayta-qayta ayttirib eshitaveradilar.
Shunday qilib, bolaning maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha
tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning ixtiyorsiz turi ortiqroq
rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshida faoliyatlarining va
xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining
izchil tarzda ortib
borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanilhiga olib keladi. Ma’lumki,
maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmay
di.
Shuning uchun maktabgachada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali
bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini
rivojlantirishga harakat qilish kerak. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti
maktabdagi ta’lim jarayonlarida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: