194
Bog’cha yoshidagi bolalarda emosional xotira yaxshi bo’lsa ham, lekin
xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda kuchliroq bo’ladi.
Katta odamlar kuchli emosional ta’sir qilgan ba’zi narsa va hodisalarni hech
vaqt eslaridan chiqarmaydila
r. Bog’cha yoshidagi
bolalar esa kuchli
emosional ta’sir qilgan narsalarni ham ba’zan eslaridan chiqarib
qo’yishlari mumkin. Bolalar xotirasini o’stirishda
tarbiyachi va ota
-
onalarning nutqi ham nihoyatda katta rol o’ynaydi. Bola bilan gaplashganda
nutq
sodda, talaffuz aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Xotiraning taraqqiyoti
bolaning bog’cha yoshi davrida tugallanmay,
bolaning bundan keyingi
taraqqiyotida, ya’ni ta’lim
-
tarbiya va turmush tarziga qarab o’zgarib, o’sib
boradi.
36
Dostları ilə paylaş: