197
Vaholanki, 40-60 yil oldin o'tkazilgan tadqiqotlarda 3
yoshli bolaning
lug'ati 400-600 so'zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 2500-3000
so'zdan iborat deb ko'rsatilgan edi.
Situatsion - ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi)
konkret predmetli vaziyat bilan bog'liq. Bu xolat shunda ko'rinadiki,
bolaning nutqida ot so'z turkumiga oid so'zlar ko'p bo'ladi. Sifat
turkumidagi so'zlar yoki umuman uchramaydi,
yoki bo
’
yumlarning faqat
tashqi xususiyatlari: rangi, o'lchami (barcha sifatlarning 96,4%)ni
ifodalaydi. 98% fe'llar faqatgina konkret predmetli harakatlarga nisbatan
ishlatiladi.
Bolalarning nosituativ - bilishga yo'naltirilgan (vaziyatga - situasiyaga
bog'liq bo'lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar
haqida axborot olishga bog'liqlikdan ozod bo'ladi. Asta-sekin atrof-
olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so'zlar zahirasi
kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlarni
ifodalovchi sifat
turkumiga oid so'zlar (11,25%) va emotsional xususiyatlarni ko'rsatuvchi
so'zlar (5%) paydo bo'ladi, irodaviy va intellektual harakatlarni
anglatuvchi fe'l turkumidagi so'zlar (6,24%) vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: