199
bo'lishini isbotladi. Bu davrga kelib, bola atrofdagi
kattalar nutqining
tarkibidagi barcha fonematik xususiyatlarni farqlab oladi. Shuning uchun
atrofdagilarning to'g'ri va noto'g'ri talafiuzini payqay oladi. Bog'cha
yoshidagi bola noto'g'ri talaffuz etilgan so'zlarni asta-sekin farqlamay
qo'yadi. Bolada so'zlar va tovushlarning fonetik obrazlari shakllanadi. Bu
davrda bolalar nutqning fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi.
L.E.Jurovaning
fikricha, bolalarni til olamiga o'rta bog'cha yosh
davrida, ya'ni til xususiyatlarini ayniqsa, o'tkir his etish davrida olib kirgan
ma'qul. L.E.Jurova va N.V.Durovalarning eksperimental tadqiqotlari shuni
ko'rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so'z tarkibidagi tovushlarni
intonatsion
ajratib olishni, balki jarangli va jarangsiz undoshlarni
farqlashni, so'zdagi birinchi tovushni aytib berishni o'rgana oladilar. Bu esa
5 yoshli bolalarda tovushlarni tahlil etish ko'nikmalari
rivojlanishining
muhim zaruratidir.
Nutq juda erta bolaning va atrofdagilarning amaliy faoliyati bilan
bog'lanib L.S.Vigotskiy
aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur
vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda
nutqning amaliy faoliyati
bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo'lajak harakatlarni rejalashtirish,
kechayotgan harakatlarga nutqning yo'ldosh bo'lishi va harakat natijalarini
nutq vositasida ta'kidlab qo'yishda namoyon bo'ladi.
Bularning bari esa
aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur.
Bog'cha yosh davrda bola o'zining harakatlari, ularda ishlatayotgan
bo
’
yumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi,
kelajakdagi
harakatlarini rejalashtiradi va natijalarni analiz qiladi. ("Qo'g'irchoq
uxlayapti", "Mashinani tuzatishsa, u yuradi ", "Odamcha yiqilib ketdi, hozir
men uni ko'tarib qo'yaman"). Bunda nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi.
Sunday turdagi nutqni J.Piaje "egotsentrik nutq" deb atadi. J.Piajening
fikricha,
Dostları ilə paylaş: