179
bu xususiyatni ularning haddan tashqari qiziquvchanliklari
va turmush
tajribalarining ozligi bilan tushuntirish mumkin. Shu sababli bolalardagi
bunday intilishni bo‘g‘masdan, imkoniyat boricha so‘ragan narsalarini
ushlab ko‘rishlariga ijozat berish kerak.
Teri sezgirligi bog‘cha yoshidagi
bolalarda ham xuddi katta
odamlardagi kabi organizmning ayrim joylarida kuchli, ayrim joylarida esa
kuchsizroq joylashgan bo‘ladi. Bolalarda qo‘l barmoqlarining uchi va yuz
qismlari boshqa joylariga nisbatan g‘oyat sezgirdir. Teri sezgirligini turli
mashg‘ulotlar va mashqlar orqali rivojlantirish mumkin. Masalan, ko‘zni
bog‘lab, turli narsalarni qo‘l
bilan paypaslab aniqlash, har xil
taxtachalarning silliqlik darajasini aniqlash, bog‘chalarda keng
qo‘llaniladigan «Ajoyib xaltacha» va hokazo o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Teri sezgirligini rivojlan
tirish mumkinligining isboti sifatida ko‘r tug‘ilgan
bolalarni ko‘rsatish mumkin. Chunki, tug‘ma ko‘r tug‘ilgan bolalar tevarak
-
atrofdagi narsalarni bilishda asosiy qurol hisoblangan
teri sezgirligini
kishini hayratda qoldiradigan darajada rivojlantira oladilar.
Shunday qilib, bolaning butun bog‘cha yoshidagi davrida ha
mma sezgi
a’zolari jadal rivojlanib boradi. Normal sharoitda tarbiyalangan sog‘lom
bola yaxshi takomillashgan ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m
va teri
sezgilariga ega bo‘ladi. Mana shu sezgi a’zolari tashqi olamdagi narsa va
hodisalarni aks ettirishda birdan-bir vositadir. Mashhur chex
pedagoglaridan Yan Amos Komenskiy bilish jarayonida sezgi a’zolarining
(analizatorlarning) rolini juda obrazli qilib tasvirlab bergan edi. Yan Amos
Komens
kiyning fikricha: «Sezgi a’zolarimiz ongimizdan (miyadan)
tashqi
olamga qarata ochilgan darchalardir. Biz ongimizda aks ettirayotgan
hamma narsa va hodisalar faqat mana shu darchalar orqali ongimizga
kiradi». Bu haqiqatan ham juda to‘g‘ri o‘xshatishdir. Ch
unonchi,
bironta
darcha bekilib qolgan bo‘lsa (ya’ni bironta sezgi a’zolarimiz ishdan chiqqan
bo‘lsa) u paytda biz shu sezgi a’zoyimiz bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarni to‘la
aks ettira olmaymiz. Ongimizdan tashqari olamga qarata ochilgan mana shu
darchalar
qanchalik keng va ravon ochilgan bo‘lsa, atrofimizdagi narsa va
hodisalarni shunchalik chuqur hamda atroflicha aks ettiramiz. Mana
shuning uchun bog‘chada ham, oilada ham bolalarning sensor tarbiyalariga,
ya’ni sezgi a’zolarini takomillashtirishga alohida
ahamiyat bilan qarash
kerak.
Dostları ilə paylaş: