252
Odam o`zining hayoti davomida ayrim narsalarni juda ko`p martalab
takrorlay borishi natijasida turli odatlarni kasb etadi. Ana shunday odatlar
mustahkamlanib, takrorlayverish natijasida bora-bora ehtiyojga aylanib
qoladi. Masalan, har doim ozoda yurish ehtiyoji,
har ishda saranjomlik
tartiblik ehtiyoji kabilarni ko`rsatish mumkin.
Odamda turli ehtiyojlardan tashqari, har sohaga oid qiziqishlar ham
yuzaga kela boshlaydi. Lekin har bir odamning qiziqishlari o`ziga hos, ya`ni
boshqa odamlarning qiziqishlaridan farq qilishi mumkin. Masalan, juda
ko`p odamlar fudbo`l o`yiniga qiziqadilar, ayrim odamlarda esa bunday
qiziqish bo`lmaydi.
Ana
shu nuqtayi nazardan olganda, qiziqish deb odamning biror
narsaga nisbatan bo`lgan moyilligini tushunamiz. Qiziqish bilan diqqat
o`rtasida uzviy aloqa bor.
Chunki odam nimaga qiziqsa, shu narsaga
ko`proq diqqatini qaratadi. Shuning uchun qiziqish har doim barqaror
diqqatni yuzaga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
Odamning shaxsiy hususiyatlarini xarakterlashda ko`rsatib
o`tiladigan qiziqishlar mustahkam qiziqishlari bo`lib,
bundan tashqari
epizodik, ya`ni tez orada o`tib ketadigan qiziqishlari ham bo`ladi.
Bog`cha yoshidagi bolalarning turmush tajribalari juda oz bo`lganligi
tufayli har narsaga nisbatan juda qiziquvchan bo`ladilar. Ularni har bir
yangi narsa, yangi xodisa o`ziga jalb qila beradi. Lekin ularning qiziqishlari
hali mustahkam, ya`ni ularning shaxsiy hislatlariga aylanmagan bo`ladi.
Bolalarning qiziqishlari katta odamlarning qiziqishlaridan shu jixatdan farq
qiladiki, ularning qiziqishlari juda emotsional bo`ladi, ya`ni
ularni
zavqlantiradi. Ma`lumki, bolalar arzimagan narsadan ham zo`r hayajonga
tushaveradilar.
Bolalarda mustaxkam, barqaror qiziqish maktabda fan asoslarini
o`zlashtirish jarayonida sekin astalik bilan bilina boshlaydi. Bolalarda ijodiy
hayot uchun zarur bo`lgan mustaxkam qiziqishlarning tarkib topishi uchun
maxsus ta`lim- tarbiyaviy ish olib borilishi lozim. Masalan, bolalarga rasm
solishga,
musiqaga konstruktorlikka, o`simliklarni parvarish qilishga
qaratilgan qiziqishlar turli mashg`ulotlar paytida tarkib topa boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: