246
topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z orqali tushuntirib berilgan
usullarga rioya qilishga intiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojlanishida o‘yin
juda katta rol o‘ynaydi. O‘yin bolalar irodasini o‘stiruvchi va
mustahkamlovchi omillardan biridir. Bola
lar o‘zlarining turli
-tuman
o‘yinlarida o‘z oldilariga ma’lum maqsadlarni qo‘yadilar, ba’zan
uchrab
qolgan to‘sqinliklarni
еngib, ko‘zlagan maqsadlarni amalga oshirishga
harakat qiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini o‘stirish
va mustahkamlashda rollarga bo‘linib o‘ynaydigan
hamda qoidali
o‘yinlarning ahamiyati g‘oyat kattadir. O‘yin qoidalariga rioya qilishda o‘z
iroda kuchini ishga solishga to‘g‘ri keladi, chunki bola o‘yin paytida o‘zining
harakat
larini o‘ynovchilarning maqsadlari bilan moslashtirishi ke
rak. Kichik
guruh bolalari esa buning uddas
idan
chiqa olmaydilar, ya’ni o‘yin
qoidalariga to‘la rioya qila olmaydilar. Shuning uchun ular qoidali o‘yinlarga
qatnashganlarida juda sodda rollarni bajaradilar. Masalan, «Poyezd»
o‘yinida faqat yo‘lovchi (passajir) rolini o‘ynaydilar.
Katta bog‘cha yosh
ida aql bilan qaror chiqarish imkoniyatlari
kengayadi, qaror qabul qilish ahamiyatli bo‘lgan motiv bi
lan belgilanadi. Bu
esa o‘z
-
o‘zini
boshqarishning rivojlanishi, vaziyat bilan bog‘liq istak, his
-
tuyg‘ular va ularning namoyon bo‘lishini jilovlash malak
alari taraqqiyotiga
olib keladi va bola irodasini mustahkamlaydi.
42
Dostları ilə paylaş: