239
14.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oliy hislarning rivojlanishi
Oliy hissiyotlar 2-3 yoshdan boshlab shakllana boshlaydi. Oliy
hissiyotlarga intellektual, estetik va axloqiy hissiyotlar kiradi.
Bilish faoliyati jarayonida yuzaga chiqadigan hissiyotlar intellektual
hissiyotlar deyiladi. Bo’larga qiziquvchanlik, hayron bo'lish, yangilikdan
zavqlanish, xushchaqchaqlik hissi kiradi. Xushchaqchaqlik hissi
maktabgacha yoshdagi bolalarda voqelikni
bilish jaryonida namoyon
bo'ladi. Atrof olam haqida to'g'ri tasawurlarga ega bo'lgan bolalar
predmetlarga ular uchun xos bo'lmagan belgilarni ato etishni yaxshi
ko'rishadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy hayot talablari, ya'ni axloqiy
me'yorlarni bajarish yoki bajarmaslikka bog'liq ravishda muayyan
kechinmalar yuzaga keladi. Burch hissining ilk bor namoyon bo'lishi 4-5
yoshlarga to'g'ri keladi. Chunki bu davrda mavjud bilimlar, ko'nikma va
malakalar asosida bolada axloqiy ong shakllana boshlaydi.
Chunki bu
davrda bolalar kattalarning talablarini tushuna boshlaydi va ularni o'z
xatti-harakati hamda boshqalarning xulq-atvoriga tatbiq eta boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda faxr va uyat kabi etik kechinmala;
ham paydo bo'ladi. Faxr hissining paydo bo'lishi uchun bola ongida konkret
fazilatlar bilan atrofdagilarning ularga beradigan ijobiy bahosi; o'rtasida
mavjud aloqadorlik haqida shakllangan tasavvurlar ichki asos bo'lib xizmat
qiladi. Jumladan, 4-5 yoshli bolalar faoliyatning har xil turlarida
erishadigan miqdoriy ko'rsatkichlar bilan birgalikda chiroyli raqsga tusha
olish; tez chopa olish; axloqiy xususiyatlar (chidam, diqqat);
bilan ota-
onalari faxrlanadilar.
Maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib oliy hissiyotlar tobora
ko'proq bola hulq - atvorining motivlariga aylanib boradi. Hissiyotlai
vositasida bolalar jamiyatda o'rnatilgan estetik, axloqiy talablarga muvofiq
ravishda o'z xohish istaklari, xatti-harakatlarini boshqara boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsiya va hissiyotlarning rivojlanishi bir
qator shartlar bilan bog'liq. M.I.Lismaning tadqiqotlari ko'rsatishicha,
emotsiya va hissiyotlar bolaning kattalai va tengdoshlari bilan bo'lgan
muloqoti jarayonida shakllanadi.
Hayotining dastlabki yillaridan
boshlab oiladan tashqarida
tarbiyalangan bolalardagi sust emotsional rivojlanish butun hayotlan
davomida saqlanib qolishi mumkin. Buning sababi shuki, maktabgacha
tarbiya muassasalarida bitta kishiga ko'p bola to'g'ri keladi. Natijada
tarbiyachilarning har bir bola bilan emotsional kontakti kam bo'ladi.
M.M.Koltsovaning ma'lumotlariga ko'ra, oiladagi nosog'lom
muhit darhol
bolaning chizadigan rasmlarida aks etadi.
240
Oiladagi noto'g'ri munosabatlar ba'zida bir tomonlama affektiv
bog'liqlikni (ko'pincha onaga bo'lgan bog'liqlikni) yuzaga keltiradi. Bunda
bolaning tengdoshlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji susayadi, bolaning
xulq-atvori haddan tashqari kattalarga bog'liq bo'lib qoladi, bola, hatto,
kuchli salbiy kechinmalar (masalan, o'zi bog'lanib qolgan odamga nisbatan
rashk)ni his qilishi mumkin. M.M.Kolsova va V.S.Muxinaning tadqiqotlarida
ko'rsatilishicha, bolada ota-onaga nisbatan rashkning namoyon bo'lishi
oilada yangi farzand tug'ilishi bilan bog'liq bo'ladi.Emotsiyalar va
hissiyotlar maktabgacha yosh davrida etakchi bo'lgan faoliyat turi o'yinda
juda intensiv rivojlanadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
nafaqat etakchi, balki xilma-xil kechinmalarga boy faoliyat turidir .
Emotsiyalar va hissiyotlar bola faoliyati kechadigan ijtimoiy-
psixologik vaziyat bilan bog'liq.
Emotsiogen vaziyatlar, ya'ni kuchli
kechinmalarni uyg'otuvchi vaziyatlar yangiligi, g'ayrioddiyligi bilan ajralib
turadi. Bola kattalarga nisbatan ancha ko'p emotsiyalarni boshdan
kechiradi. Buning sababi shundaki, bolaning hayoti tajribasi hali kam
bo'lganligi uchun ko'p narsa unga g'aroyib va yangi bo'lib ko'rinadi.
Vaziyatga ko'ra bolaning hissiyot
va emotsiyalari ham ijobiy
(muhabbat, xursandchilik), ham salbiy (jahl, nafrat) bo'lishi mumkin. Agar
bola ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatiga ega bo'lsa ijobiy kechinmalar
(stenik kechinmalar) hosil bo'ladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatda bola
o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lmasa, salbiy (astenik)
emotsional kechinmalar paydo bo'ladi.
Umuman olganda, bolalar hayotiy vaziyatlarga optimistik
munosabatda bo'ladilar, ularga tetik, hayotdan mamnunlik kayfiyati xos.
Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezdagi
rivojlanish qonuniyatlarini,
shuningdek, shartlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish bolalarda
maktabga psixologik tayyorgarlikni shakllantirish imkonini beradi.
Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri
emotsional tayyorgarlikdir. Bu tayyorgarlik nafaqat maktabda ta'lim
boshlashni xursandchilik bilan kutib olish, balki shu bilan birga oliy
hissiyotlarning ancha rivojlangan bo'lishi,
bola shaxsining emotsional
xususiyatlari shakllangan bo'lishini taqozo qiladi.
41
Dostları ilə paylaş: