250
XVI-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA
INDIVIDUAL XUSUSIYATLARNING RIVOJLANISHI
Bobning qisqacha mazmuni:
1
.Shaxs va uning psixologik xususiyatlari haqida umumiy tushuncha
2.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ehtiyoj va qiziqishlarning tarkib
topishi
3.
Bog’cha yoshidagi bolalarda qobiliyat va iste’dodlarning
shakllanishi
4.
Bog’cha yoshidagi bolalar temperamenti va uning o’ziga xos
xususiyatlari
5. Xarakter va uning bolalarda tarkib topishi
16.1. Shaxs va uning psixologik xususiyatlari haqida umumiy
tushuncha
Biz yuqorida o`tganimizdek, psixologiya
fani faqat ruxiy jarayonlar,
ularning yuzaga kelishi va taraqqiyot qonunlari bilangina shug`ullanmay,
balki odamning shaxsi hamda shaxsiy xislatlarining yuzaga kelishi va kamol
topishi bilan ham shug`ullanadi.
Shaxs deganda nimani tushunamiz. Shaxs deganda konkret bir
insonni, yani ma`lum jamiyat a`zosini, shu jamiyatda yashab, shu jamiyatda
ishlaydiga hamda shu jamiyat a`zolari bilan ma`lum munosabatda
bo`1adigan konkret odamni tushunamiz.
Har bir shaxsning boshqa shaxsdan ajratib turadigan o`ziga xos
xislatlari bo`ladi. Odamning shaxsiy xislatlari xech vaqt tug`ma
ravishda,
ya`ni tayyor xolda berilmaydi. Har bir odamning o`ziga xos bo`lgan va
boshqa odamlarda takrorlanmaydigan shaxsiy xislatlari, yashash sharoiti,
ya`ni ijtimoiy muhit va ta`lim- tarbiyaning faol ta`siri ostida tarkib topadi.
Odamning shaxsiy xislatlari deganda biz har turli extiyojlarini,
qiziqish va ideallarini, qobilyat xamda iste`dodini
Xarakter va
temperamentlarini tushunamiz. Odamning shaxsiy xislatlari mexnat
faoliyatlarida, boshqa odamlar bilan bo`lgan munosabatlarida nomoyon
bo`ladi. Lekin odamning ayni shu kundagi ishga munosabati, boshqalarga
muomilasiga qarab (masalan, shu bugun juda yaxshi ishlagan va odamlar
bilan yaxshi muomilada bo`lgan bo`lsa) uning
shaxsiy xislatlari xaqida
hulosa chiqarib bo`lmaydi.
251
Ana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan xislatlar epizodik tarzda emas,
balki odamning kundalik faoliyatlarida va Har qanday sharoitda doimo
namoyon bo`ladigan shaxsiy xislatlariga aylanadi.
Shu narsani ham aytib o`tish kerakki,
odamning shaxsiy hislatlari
qanchalik mustaxkam bo`lsa ham o`zgarmaydigan bo`lmaydi. Odamning
barcha shaxsiy hususiyatlari tashqi yashash sharoiti va ta`lim- tarbiyaning
ta`siri bilan o`zgarib boradi. Masalan, odamning yoshi ulg`ayishi bilan
dunyoqarashida,
ishonch-etiqodlarida, qiziqish va extiyojlarida jiddiy
o`zgarishlar yuzaga keladi. Buning asosiy sababi- odam katta bo`lgan sari
yashash tarzi, imkonyatlari tubdan o`zgarib ketadi. Bu o`zgarish o`z
navbatida odamning shaxsiy xislatlarini ham bir qadar o`zgarishga olib
keladi.
Bolalarning shaxsiy xislatlari ilk yoshlik davridan boshlaboq tarkib
topa boshlaydi. Bunda bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiyaning ro`li g`oyat
kattadir.
Dostları ilə paylaş: