253
gapiriladi. Masalan, falonchi juda qobilyatli odam, falonchining iste`dodi
juda zo`r, kabi.
Qobilyatning o`zi nima, uni qanday tushunish kerak? Odamning
ma`lumbir mexnat turiga nisbatan layoqatiga qobilyat deb ataladi.
Ma`lumki,
odamlar mehnatda, o`qishda bir-birlaridan anchagina farq
qiladilar. Masalan, bir sohada ishlovchi odamlarning mehnat natijalari bir
xil bo`lmaydi, yoki hamma studentlar imtixonlardan bir xilda o`tmaydilar.
Ayrim odamlar o`zlarida mehnatning ayni shu turiga layoqat bo`lganligi
tufayli tez va sifatli bajaradilar. Boshqa bir odamlar esa o`zlarida layoqat
yo`qligi tufayli ayrim mexnat turlarini bajaara olmaydilar.
Odamning qobilyatlarida nomoyon bo`ladigan tug`ma hususiyatla-
riga, ya`ni tug`ma layoqatlariga iste`dod deb ataladi. Iste`dod odamning ilk
yoshlik davridan boshlab ko`rina boshlaydi. Masalan, musiqaga nisbatan
istedodli odam, matematikaga nisbatan istedodliodam, rassomlikka
nisbatan istedodli odam, poeziyaga nisbatan istedodli odam va boshqalar.
Iste`dodning yuksak taraqqiyotiga talant deyiladi.
Talantli odam
boshqalarga nisbatan juda maxsuldor ishlay oladigan, o`zining shu soxaga
doir juda ham mohirligi bilan kishini hayratda qoldiradigan bo`ladi. Ayrim
kishilar fikriga ko`ra, qobiliyat, iste`dod va talent o`z tabiati jihatidan
odamga tug`ma ravishda berilgan shaxsiy xususiyatlar hisoblanarmish,
tug`ilishdanoq qobiliyatli, iste`dodli va ta`lantli bolalar bo`larmish. Bunday
fikrlarga qo`shilib bo`lmaydi, albatta.
Qobiliyat, iste`dod va talant odamga batomam tug`ma ravishda, ya`ni
tug`ilishdanoq tayyor holda beriladigan hususiyatlar emas. Qobiliyat,
iste`dod va talant odamga yoshlikdan boshlab beriladigan ta`lim-tarbiya va
odamning yashash sharoiti bilan bog`liq bo`lgan fazilatlardir. Qobiliyat va
iste`dodning ayrim tomonlari (ayrim kurtaklarigina) odamga imkoniyat
tariqasida tug`ma ravishda berilishi mumkin.
Musiqa eshitish layoqati,
matematika bo`yicha tez hisoblash layoqati va h.klar kabi hususiyatlar juda
yoshlik davrdan boshlab ko`rinishi mumkin. Biroq, ana shu tug`ma
ravishda berilgan layoqatlarga qulay sharoit yaratib berilsagina ular
ro`yobga chiqishi mumkin. Aks xolda bunday layoqatlar sekin-sekin
xiralashib, so`nib ketadi.
Ana shu nuqtai nazardan olganda qobilyat ham iste`dod ham va talant
ham mehnatning natijasidir. Biror sohaga doir, masalan, musiqa yoki
rassomlik sohasi bo`yicha layoqatli odam o`z ustida qunt bilan ishlashish
orqali layoqatini, ya`ni iste`dodini ta`lant darajasiga ko`tarishi mumkin.
Demak, ta’lant sistemali ravishda bajarishda
bajariladigan fidokorona
mexnat samarasidir. Bunga ta’lantli shoir, ta’lantli kampazitor, ta’lantli
matematik va ta’lantli rassomlarning xayotlaridan, o’z ustilarida qanchalik
ayovsiz ishlaganliklaridan ko`plab misol keltirish mumkin. Masalan, Abu Ali
254
ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Al- Xoirazmiy, Ulug`bek, Navoiy kabi buyuk
mutafakkir egalari g`oyat iste`dodli, ta`lantli kishilar bo`lishlari bilan birga
o`zlarining ustilarida kecha-kunduz tinmasdan ishlaydigan mexnatsevar
odamlar bo`lganlar.
Psixologlarning fikricha, ta`lant mexnatga bo`lgan muxabbatdan
yuzaga keladi. Bu juda to`g`ri fikr,
chunki odam mexnatni sevsa,
charchamasdan juda ko`p ishlaydi. Natijada odam ma`lum soha bo`yicha
maxoratini oshirib o`zining layoqatlarini tala`nt darajasiga
е
tkazadi.
Qobiliyat va iste`dodini bolalarda yoshlikdan, ya`ni bog`cha yoshidagi
davrdan boshlab rivojlantirish lozim. Buning uchun dastavval diqqat bilan
razm solib, bolalarda qaysi soxaga layoqat borligini aniqlashga harakat
qilish kerak. Bundan so`ng bolalarga qiziqarli mashg`ulotlar tashkil qilish
orqali ularning layoqatlarini (rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa va x.klar
boyicha) rivojlantirish lozim.
Bolalarning qobilyat va iste`dodlarini yoshlikdan boshlab
rivojlantirish juda katta axamiyatga ega bo`lgan ishdir. Bola qaysi soxaga
doir qobilyatli bo`lsa, shu soxaga doir bilim va malakalarini tez hamda
puxta o`zlashtiradi. Qobilyat o`z tabiati jixatidan qiziqish bilan yaqin
narsadir. Shuning uchun bolalar qobilyatini rivojlantirishda ularning
qiziqishlaridan foydalanish kerak. Bola qiziqqan
narsasi bilan uzoq vaqt
davomida xech zerikmay shug`ullanaveradi. Masalan, rasm solishga,
musiqaga, raqs tushishga qiziqqan bolalar bu mashg`ulatlar bilan juda uzoq
vaqt davomida shug`ullanishlari mumkin. Bolalarning qiziqishlarini
tarbiyalab, qobiliyat, ta`lant darajasiga ko`tarish lozim. Buning uchun
tarbiyachi bolaning nimaga qiziqishini aniq belgilashi va shu qiziqqan
narsasi ustida sistemali tarzda mashq qilishlari kerak.
Bolalarda qobiliyat va iste`dodini yoshlikdan
boshlab tarbiyalash
hususan xozirgi kunda, ya`ni mustaqil Respublikamizda yangi jamiyat
qurish ishi keng avj oldirilib yuborilgan paytda juda katta axamiyatga
egadir. Bu yangi jamiyatda yashaydigan yangi tipda odamlar har
tomonlama taraqqiy qilgan bo`lishlari kerak. Mana shunday porloq
jamiyatda
yashaydigan, mexnaat qiladigan har tomonlama qobilyatli
kishilarni hozirdan boshlab tarbiyalash lozim. Ana shu sababli bolalar
qobilyatini tarbiyalash, o`stirish kechiktirib bo`lmaydigan ish ekanini
tarbiyalovchilar, ota-onalar ham bilishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: