Oqimning siqilish turlari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə1/3
tarix16.01.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#79343
  1   2   3
oqimning siqilish turlari


OQIMNING SIQILISH TURLARI
Reja:
1.Gidrodinamikaning asosiy masalasi. Harakat turlari.
2.Oqimchali harakat, oqim chizig’i, oqim naychasi va oqimcha.
3.Oqimning asosiy gidravlik elementlari.
.1.Gidrodinamikaning asosiy masalasi. Harakat turlari.

Suyuqlik harakat qilayotgan fazoning har bir nuqtasida shu nuqtaga tegishli tezlik va bosim mavjud bo’lib, fazoning boshqa nuqtasiga o’sak, tezlik va bosim boshqa qiymatga ega bo’ladi, ya‘ni tezlik va bosim koordinatalar х, y, z ga bog’liq.


Tezlik va bosim maydonlari. Suyuqlik harakat qilayotgan fazoning har bir nuqtasida hayolan tezlik va bosim vektorlarini ko’rib chiqsak, ko’rinayotgan harakatga mos keluvchi tezlik va bosim to’plamlarini ko’z oldimizga keltira olamiz. Ana shu usul bilan tuzilgan tezlik to’plami tezlik maydoni deyiladi. Shuningdek, bosim vektorlaridan iborat to’plam bosim maydoni deb ataladi. Bosimni R bilan tezlikni esa u bilan belgilaymiz. U holda tezlikning korrdinata o’qlaridagi proeksiyalari ux, uy, uz bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilganga asos suyuqlik parametrlari funksiya ko’rinishida yoziladi


Р = t1 (x, y, z, t),
u = t2 (x, y, z, t), (1)

tezlik proeksiyalari ham funksiyalardir;




Uх = t3 (x, y, z, t),
Uу = t4 (x, y, z, t),
Uz = t5 (x, y, z, t).

Bu keltirilgan funksiyalarni aniqlash va ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni topish gidrodinamikaning asosiy masalasi hisoblanadi.


Harakat turlari. Harakat vaqt ida suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt o’tishi bilan o’zgarib tursa, bunday harakat beqaror harakat deyiladi. Agar suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt bo’yicha o’zgarmay faqat koordinatalarga bog’liq, ya‘ni


Р = t11 (x, y, z),
U = t21 (x, y, z) (2)

bo’lsa, u holda harakat barqaror deyiladi. Barqaror harakat ikki tur bo’lishi mumkin: tekis va notekis harakatlar. Suyuqlik ichida bosim va boshqa gidravlik parametrlar o’zgarib borsa, bunday harakat notekis harakat deyiladi.


Suyuqlik zarrachasi harakat yo’nalishi bo’yicha vaqt o’tishi bilan harakat fazosining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga o’tganda tezligi o’zgarmasa, bunday harakat tekis harakat deyiladi.
Suyuqlik oqimiga bosimning ta‘siriga qarab bosimli va bosimsiz harakatlar bo’ladi.
Bosim va og’irlik ta‘sirida bo’ladigan harakatlar bosimli harakat deb ataladi. Suyuqlik faqat og’irlik kuchi ta‘sirida harakat qilib erkin sirtga ega bo’lsa bunday harakat bosimsiz harakat deyiladi.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin