265
ko‘ra kubiklardan shakllar yasashlari kerak. Tajriba o‘tkazish uchun bir xil
bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning
kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil shakllar chizilgan 10 ta rasm zarur.
Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday shaklni to‘rtta kubikdan yasab
ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan
shakllarni kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubi
klarni rasmning ustiga qo‘yib topshiriqni bajarish man etiladi.
Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va bajarilish
vaqtiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi. Bog‘cha yoshidagi va
boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajaris
hganda ozroq yordam
berish lozim.
Agar bola qiynalsa, 1-
2 shaklni yasab ko‘rsatish mu
mkin. Bunda
eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish prinsipini ham
tushuntiradi. Shaklni yasab bo‘lgach eksperimentator kubiklarni buzib
tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashini aytadi. Tadqiqot
qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqti yozib qo‘yiladi.
Link kubi
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaksiyani
aniqlashga imkon beradi. Tajriba o‘tkazish uchun 3x3 sm katt
alikda bir xil
27 ta kichik kubchalar kerak. Kichik kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil,
yashil, sariq) ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil
rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‘lsin.
Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra buzib
tashlab, xuddi shundayini yasash kerakligi aytiladi. Eksperimentator
qo‘shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini ichkarida qoldirsa, unda
qizil rang tashqari tomonda
е
tishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish
vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat
beriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tadqiq qilishda bu metodikalardan
tashqari yana Shult jadvali bo‘yicha sonlarni izlash, xotirani o‘rganish,
«Bavosita esda olib qolish metodikasi» (A.N. L
eontev, 1928), qismlardan
rasm hosil qilish (A.N. Bernshteyn, 1911), klassifikatsiyalash, ortiqchasini
o‘chirish (rasmli variant) kabilarni qo‘llash mu
mkin.
Dostları ilə paylaş: