Ularning yoshga qarab o’zgarishi mashg’ulot maksadi va uning tavsifi


Qorin parda bo’shlig’ining pastki qavati



Yüklə 215,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix21.04.2023
ölçüsü215,27 Kb.
#101385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2318-Article Text-6026-1-10-20200528

3. Qorin parda bo’shlig’ining pastki qavati. Qorin parda kichik chanoq bo’shlig’iga 
tushib, uning devorlari va u yerda joylashgan a’zolarni o’raydi. Tanosil a’zolari ikkala jinsda 
qorin pardaga nisbatan har xil joylashadi. Sigmasimon ichak va to’g’ri ichakning boshlang’ich 
qismi qorin parda bilan har tomonlama (intraperitoneal) o’ralgan va o’z tutqichiga ega. 
To’g’ri ichakning o’rta qismi old tomon va yon tomondan (mezoperitoneal) o’ralgan. 
Uning pastki qismiga esa qorin parda varag’i yetib bormaydi (ekstraperitoneal). Erkaklarda 
qorin parda to’g’ri ichakdan siydik pufagining orqa yuzasiga o’tishi natijasida, ikki a’zo 
oralig’ida chuqurcha, exsavatio rectavesicalis hosil bo’ladi. Agar siydik pufak bo’sh holda 
bo’lsa, uning yuqori orqa yuzasida qorin parda plica vesicalis transversa hosil qiladi.Ayollarda 
siydik pufagi va to’g’ri ichak oralig’ida bachadon joylashgani tufayli, qorin pardaning yo’li 
boshqacharoq. Siydik pufagi va to’g’ri ichakdan tashqari, bachadonni ham qorin parda o’rab, 
uchchala a’zo oralig’ida ikkita chuqurcha, excavatio rectouterina (to’g’ri ichak va bachadon 
oralig’ida) va excavatio vesicouterina (siydik pufagi va bachadon oralig’ida) hosil 
bo’ladi.Ikkala jinsda ham, siydik pufagi oldida bo’shliq bo’lib, spatium prevesicale deb ataladi. 
U oldindan ko’ndalang fastsiya bilan, orqadan siydik pufagi va qorin parda bilan chegaralangan. 
Siydik pufagi to’lganda, qorin parda orqaga jilib, siydik pufagi qorinning old devoriga tegadi. 
Dars buyicha joriy nazorat savollari. 
Nazariy savollar: 
1. Qorin bo’shlig’ining topografiyasini gapirib bering. 
2. Qorin parda to’g’risida anatomik tushincha bering. 
3. Qorin parda xosilalari xaqida gapirib bering.  
4. Qorin parda qorin bo’shlig’idagi a’zolarga nisbatan qanday uraydi? 
5. Seroz suyuklik nima va uning axamiyati xaqida tushincha bering. 

Yüklə 215,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin