Ularning yoshga qarab o’zgarishi mashg’ulot maksadi va uning tavsifi



Yüklə 215,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix21.04.2023
ölçüsü215,27 Kb.
#101385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2318-Article Text-6026-1-10-20200528

radix mesenterii deb ataladi va qorin bo’shlig’ining orqa devoriga mahkamlanadi. Uning 
uzunligi 15-17 sm ni tashqil etadi. Uning oldingi erkin cheti esa ingichka ichakning katta qismini 
(jejunum va ileum) o’z ichiga qamrab oladi. Ingichka ichak tutqichi yopishadigan joy qiyshiq 
yo’nalib, chap tomondan II bel umurtqasidan toki o’ng yonbosh chuqurchasigacha davom etadi. 
Bunda, ichak tutqich o’z yo’lida o’n ikki barmoq ichakning oxirgi qismi, aorta, pastki kovak 
vena, o’ng siydik yo’lini va m. psoas major ni kesib o’tadi. Ichak tutqich tarkibida ozmi-ko’pmi 
yog’ to’qimasi, qontomir, limfatomir va limfa tugunlar joylashadi. 
Parietal qorin pardaning, qorin bo’shlig’i orqa devoriga yopishgan qismlarida 
chuqurchalar mavjud bo’lib, ular retroperitoneal churralar paydo bo’lish nuqtasi bo’lib xizmat 
qilishi mumkin bo’lgani sabab,klinik ahamiyatga ega. O’n ikki barmoq ichakni och ichakka 
o’tish joyida kichkinagina ikkita cho’ntak recessus duodenojejunalis superior et inferior bor. 


Bu cho’ntaklar o’ngdan ichak naychasining egriligi flexura duodenojejunalis bilan, chapdan 
qorin parda burmasi plica duodenojejunalis bilan chegaralangan. Bu burmaning tarkibida v. 
mesenterica inferior yotadi. 
Ingichka ichakni yo’g’on ichakka o’tish joyida ham ikkita cho’ntak - recessus 
ileocecalis inferior et superior bor. 
Pariental qorin pardaning ko’r ichak joylashadigan chuqurligi ko’r ichak chuqurchasi 
deyiladi. U ko’richakni yuqoriga ko’targanda yaxshi ko’rinadi. Bunda m. iliacus va cecum 
oralig’ida qorin parda parietal varag’idan plica cecalis hosil bo’ladi. Ko’r ichak oraqasida, uning 
chuqurchasida kichkina teshikcha bo’lib, yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak bilan qorinning 
orqa devori oralig’idagi cho’ntak recessus retrocecalis ga olib boradi. CHap tomonda recessus 
intersigmoideus bor. Bu cho’ntak sigmasimon ichak tutqichining pastki yuzasi ko’rinadi. Pastga 
tushuvchi chambar ichakdan lateral tomonda qorin pardada –sulci paracolici, yuqoriroqda 
diafragma va flexura coli sinisra orasida lig. phrenicocolisum  joylashadi. 

Yüklə 215,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin