Ularning yoshga qarab o’zgarishi mashg’ulot maksadi va uning tavsifi



Yüklə 215,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix21.04.2023
ölçüsü215,27 Kb.
#101385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2318-Article Text-6026-1-10-20200528

transversum yopishib, charvi haltasining pastki devorini hosil qiladi.CHarvi haltasining chap 
devorini taloq boylamlari- lig. gastrolienale, lig. phrenicosplenicum tashqil qiladi. 
Katta charvi 
Katta charvi omentum majus, ko’ndalang chambar ichak colon transversum dan 
fartuk shaklida osilib, ingichka ichakni old tomondan yopib turadi. Katta charvi uzida kup yog 
to’qimasini tutadi. Katta charvi 4 varaq qorin pardadan iborat. Bu to’rt varaq qorin parda o’zaro 
yopishib ketgan. CHarvining oldingi plastinkasini oshqozonning katta egriligidan boshlanib, 
colon transversum ning oldindan o’tuvchi qorin pardaning ikki varag’i tashqil qiladi. Qorin 
pardaning bu varaqlari oshqozon va ko’ndalang chambar ichakni o’zaro yopishtiradi va lig. 
gastrocolicum nomini oladi. So’ngra bu ikki varaq qorin parda oldinga va pastga yo’nalib, qov 
birlashmasigacha tushishi mumkin. So’ngra yana orqaga buralib katta charvining orqa 
plastinkasini hosil qiladi. Buning natijasida katta charvi to’rt varaq qorin pardadan iborat bo’ladi. 
Katta charvi normada ingichka ichak bilan bitishmagan holda turadi. Katta charvi o’zida ko’p 
sonli limfatugunlarni tutadi. 
2. Qorin parda bo’shlig’ining o’rta qavati, agar katta charvi va ko’ndalang chambar 
ichakni yuqoriga ko’tarilsa, ko’zdan kechirishga oson bo’ladi. Agar ikki yon tomondan yuqoriga 
ko’tariluvchi va pastga tushuvchi chambar ichaklarni, o’rtadan esa ingichka ichak tutqichini 
chegara deb olinsa, qorin parda bo’shlig’ining o’rta qavati to’rtta bo’limga bo’linishi ko’rish 
mumkin: qorinning ikki yon devori va colon ascendens va colon descendens oralig’ida chap va 
o’ng yon kanallar, canales lateralis dexter et sinister joylashsa, ingichka ichak tutqich, yo’g’on 
ichak bilan chegaralangan joyni yuqoridan pastga va chapdan o’ngga qiyshiq yo’nalgan ikki 
ichak tutqich sinuslari sinus mesentericus dexter et sinister ga bo’lib qo’yadi. 
Ichak tutqich mesenterium, ingichka ichakni qorinning orqa devoriga mahkamlab 
turuvchi, qorin pardaning ikki varag’idan iborat. Ichak tutqichning orqa cheti, uning ildizi

Yüklə 215,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin