Ularning yoshga qarab o’zgarishi mashg’ulot maksadi va uning tavsifi


Darsning jixozlanishi: ( kerakli priborlar, preparatlar, jadvallar va slaydlar)



Yüklə 215,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix21.04.2023
ölçüsü215,27 Kb.
#101385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2318-Article Text-6026-1-10-20200528

Darsning jixozlanishi: ( kerakli priborlar, preparatlar, jadvallar va slaydlar). 
1.Slaydaskop, mashg’ulotga oid muzey xo’l preparatlari, jadvallar, slaydlar. 
Mashg’ulot mazmuni: Hazm a’zolari tizimisystema digestorium.  
Hazm a’zolar tizimi qabul qilingan ovqatni mexanik, kimyoviy ishlash, qayta ishlangan 
moddalarni so’rish va qayta ishlanmagan moddalarni tashqariga chiqarish vazifalarini bajaruvchi
va parinximatoz bez a’zolardan tuzilgan. Hazm naychasining uzunligi katta odamlarda 8-10 
metrni tashqil qilib: og’iz bo’shlig’i, halqum, kizilo’ngach, oshqozon, ingichka va yo’g’on 
ichaklarga bo’linadi. Parenximatoz bez a’zolari jigar, me’da osti bezi va talokdir. 
 
Qorin parda. 
Qorin parda, peritoneum, har tomonlama berk seroz qopcha bo’lib, ikki varakdan: 1) 
qorin bo’shlig’i devorlariga yopishib turuvchi parietal varaq, peritoneum parietale va 2) qorin 
bo’shlig’i a’zolarini o’rab, ularning eng tashqi seroz pardasini hosil qiluvchi vistseral varaq, 
peritoneum viscerale dan iborat. Bu ikki varaqning oralig’ida yoriq shaklidagi bo’shlig’i bo’lib, 
cavum peritonei deyiladi. Cavum peritonei ayollarda bachadon naylari orqali tashqi muhit 
bilan aloqada bo’ladi. 
Qorin parda bo’shlig’ida oz miqdorda seroz suyuqlik bo’lib, liquor peritonei deyiladi. 
Qorin parda suyuqligi a’zolarning o’zaro ishqalanishini yengillashtiradi. 
Qorin pardaning parietal varag’i, uzluksiz holda qorin bo’shlig’ining old va yon 
devorlariga yopishib turadi. So’ngra yuqorida diafragmaning pastki yuzasiga va qorin 
bo’shlig’ining orqa devoriga o’tadi. Bu yerda ichki a’zolarga uchrab, ularni o’rab, vistseral qorin 


parda deyiladi. Qorin devorlari va qorin parda orasida qo’shuvchi to’qima qavati bor. Unda 
ozmi-ko’pmi yog’ to’qimasi, tela subserosa bor. 
Parietal qorin parda qorinning oldingi devorining pastki qismida beshta burma hosil 
qiladi. Bu burmalar kindikka yo’nalgan; o’rtadagi toq burma plicae umbilicalis mediana va 
ikkita juft burmalar plicae umbilicales mediales va plicae umbilicales laterales deyiladi. Bu 
sanalgan burmalar chov boylamidan yuqorida chap va o’ng tomonda ikkitadan chov 
chuqurchalari fossae inguinales ni chegaralaydi. CHov boylamining medial qismi ostida, fossa 
femoralis bo’lib, son kanalining ichki halqasiga to’g’ri keladi. Kindikdan yuqorida esa, old 
devor va diafragmadan jigarning difragmal yuzasiga o’tadi va lig. falciforme hepatis ni hosil 
qilib, uning old qismida lig. teres hepatis bitib ketgan kindik venasi joylashadi.Qorin parda 
o’roqsimon boylamning orqa tomonida diafragmadan jigarning diafragmal yuzasiga o’tib, 
jigarning tojsimon boylami lig. coronarium hepatis hosil qiladi. Jigarning tojsimon boylami
jigarning chap va ung chetlarida uchburchaksimon boylamlar lig. triangulare dextrum et 
sinistrum ni hosil qiladi. Jigarning diafragmal yuzasidan uning oldingi o’tkir qirrasi orqali 
vistseral yuzasiga o’tib, bu yerdan boshqa a’zolarga: o’ng bo’lakdan o’ng buyrakning yuqori 
uchiga o’tib lig. hepatorenale, jigar darvozasidan oshqozonning kichik egriligiga tortilib lig. 

Yüklə 215,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin