Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə30/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

1. Farvardin-hamal (qо‘y)
2. Ordibexisht-savr (xо‘kiz)
3. Xurdod-javzo (egizak)
4. Tir-saraton (qisqichbaqa)
5. Murdod-asad (arslon)
6. Shaxrivar-sunbula
7. Mehr -mezon
8. Obon -aqrab (chayon)
9. Ozar-qavs (yoy) 76
10. Day -jadi (echki)
11. Baxman-dalv (qovg‘a)
12. Isfand-xut (baliq)

1925 yil 21 martda Eronda yangi quyosh hijriy kalendari joriy etildi. Bu kalendarning erasi hijriy, ya’ni 622 yilning bahorgi tengkunligidan boshlanib, oddiy va kabisa yillarining uzunliklari 365 (366) kundan har yilning 12 oyidan dastlabki olti oyi 31 kundan, keyingi beshtasi esa 30 kundan va oxirgi о‘n ikkinchi oyi oddiy yillari 29, kabisa yillari esa 30 kundan iborat. Eronning ushbu rasmiy kalendarida oylar, qadimgi oylar nomi bilan ataladi. Ushbu kalendarda kunlar sonining yuqoridagidek taqsimlanishi tasodifiy bо‘lmay, Quyoshning yillik kо‘rinma harakatini о‘zida aks ettiradi.
Afg‘oniston rasmiy kalendari ham hijriy-shamsiy kalendar bо‘lib, uning asosida 1911 yili Eron bilan bir vaqtda qabul qilingan “Burjiy kalendar” yotadi. Bu kalendarda oylarning nomi burj yulduz turkumlarining nomlari bilan hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi, dalv va xut deb yuritilib, ularda kunlarning soni 29, 30, 31 va ba’zan hatto 32 kun bо‘lardi. Shuning uchun ham bu kalendar noqulay edi. Natijada, 1958 yilga kelib (hijriy-shamsiy yil bо‘yicha 1337 yili) afg‘on kalendari ma’lum darajada Eronning hijriy-shamsiy kalendariga yaqinlashtirildi. Bu uchun 32 kunlik javzo oyi kunlarining soni 31 ga tushirilib, о‘ninchi oy - jaddi oddiy yillari 29 kunga, kabisa yillari esa 30 kunga teng bо‘ladigan qilib qayta isloh qilindi. Natijada uning dastlabki olti oyi (hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula) Eron kalendaridagi kabi 31 kundan qilinib, keyingi jaddidan boshqa besh oyi (mezon, aqrab, qavs, dalv va xut) 30 kun qilib belgilandi. Eron va Afg‘on kalendarlari bо‘yicha sanalar tо‘la mos kelgani holda oddiy yillarida oxirgi ikky oy dalv va hut bir-biridan bir kunga farq qiladi.
Hijriy-shamsiy kalendar yilning muayyan vaqtida bahorning birinchi kuni (navrо‘z)da boshlangani uchun fasllar, ob-havo va tabiatda yuz beradigan davriy hodisalarni kuzatib borishda qulay. Shuning uchun ham qishloq xо‘jaligi bilan bog‘liq ishlarni olib borishda undan foydalaniladi.
Hijriy-shamsiy yil oylari 622 yil 21 martdan, ya’ni kecha va kunduzning uzunligi barobar bо‘lgan kundan boshlab hisoblanadi. Yil davomiyligi huddi grigorian kalendari singari 365 yoki 366 kundan iborat bо‘ladi. Bu hisob Quyoshning davriyligiga asoslangani uchun oylar doimo yilning ma’lum bir vaqtida keladi.

Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin