Hijriy-shamsiy yil hisobi. Hijriy-shamsiy kalendar oy nomlari. Hijriy-shamsiy kalendar yili.
Musulmon kalendari. Eron, Afg‘oniston, О‘rta Osiyo va Kavkaz davlatlari islomga qadar zardо‘shtiylik kalendaridan foydalanishmagan. Islom dini vaqtni hisoblashga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Islomdan avval arablar Oy kalendaridan foydalanganlar. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qо‘shimcha oylar qо‘shishni о‘rganganlar va u oyni “ayam an-nasi” deb ataganlar. Bundan biz arablarning Oy-Quyosh kalendaridan foydalanganligini bilishimiz mumkin. Arab kalendarida 12 oy bо‘lib, ular quyidagicha atalgan.
1) Muharram – (30) “ta’qiqlangan”, “man etilgan”, “muqaddas” ma’nolarini beradi. Muharram oyida joxiliyat davrida urush harom qilingan. Bu holat yettinchi (rajab), - о‘n birinchi (zulqa’da) va о‘n ikkinchi (zulhijja) oylariga ham tegishli bо‘lgan.
2) Safar – (29) “sariq”, “za’faron” degan ma’noni berib, bu oyda arablarga halok qiluvchi yara toshar edi. Insonlarga bu kasallik yetganida yuzlari sarg‘ayib ketardi. Shu sababli bu oyni safar “sariq” deb nomladi. Shuningdek, boshqa bir farazga kо‘ra, safar oyida arablar “safariya” nomli guruh bilan birgalikda oziq-ovqat qidirganlar.
3) Rabiul-avval.(30)“Rabi’” sо‘zi arab tilida “bahor” ma’nosini beradi. Ammo Qadimgi arablar “rabi’” sо‘zini “kuz” ma’nosida ham qо‘llaganlar. Ushbu oy kuz faslida kelgani uchun “birinchi kuz” ma’nosini anglatgan.
4) Rabiul-oxir – “ikkinchi kuz” ma’nosini anglatgan.
5) Jumodul-avval - bu ikki oy qish kunlariga, sovuq qattiq bо‘lib, suv muzlagan paytini anglatuvchiga arabcha “jamoda” sо‘zidan olingan bо‘lib, “qotib qolmoq”, muzlamoq ma’nosini beradi.
6) Jumodul-oxir –(29) kundan iborat.
7) Rajab – (30) arablar bu oyni ulug‘laydilar, yana bu oyni “kar oyi” ham deb nomlaydilar, chunki ular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar.
8) Sha’bon – (29) “tashaaba” sо‘zidan olingan bо‘lib, “tarqalmoq” ma’nosini beradi.
9) Ramazon – (30) “yondirmoq”, “jazirama oy” ma’nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issiq paytiga tо‘g‘ri kelgan.
10) Shavvol– (29) “kо‘tarilmoq”, “olib bormoq”, “kо‘chirmoq” ma’nolarini beradi. Arab qabilalari bu oyda о‘z joylaridan kо‘chib ketardilar.
11) Zul-qa’da – (30) “о‘tirmoq”, “uyda qolmoq” ma’nolarini anglatadi. Bu oyda urushlar bо‘lmaydi.
12) Zul-xijja – (29-30) “haj” sо‘zidan olinib, “haj qilish” ma’nosini beradi. Arablar bu oyda haj qilganlar.
Bu oylar nomlarini qо‘yilishiga sabablar bor. Arablar oylarini joxiliyat davrida ham hozir musulmonlar ishlatayotganlaridek ishlatganlar, ularning haj marosimlari yilning tо‘rt faslida aylanavergan.
Islomgacha bо‘lgan davrda arablar Oy-Quyosh kalendaridan foydalanganligini ba’zi oy nomlaridan bilishimiz mumkin. Islom dini kiritilgach, diniy va dunyoviy ishlarni yuritish uchun yangi kalendar zarur edi. Bu masala halifa Umar davri (634-644) da hal qilinadi. О‘sha davrda yillar faqat voqealar nomlari bilan atalar, tartib raqami bilan yuritilmagan edi. Arablar о‘rtasida xat, hujjatlarga sana qо‘yish odati bо‘lmagan. Bir kuni bir kishi halifa Umar huzuriga kelib sha’bon oyida tо‘lanishi kerak bо‘lgan qarz haqidagi hujjatni kо‘rsatdi. Shunda halifa Umar “bu hujjat qaysi sha’bonga tegishli о‘tgan yilgi sha’bongami yoki bu yilgi sha’bongami” deb sо‘raydi. Bunday vaziyatga Jazira viloyatining voliysi Abu Muso ham duch keladi. Unga ikkita buyruq yozib beriladi. Bu buyruqlarning biri ikkinchisiga tо‘g‘ri kelmas, boshqa-boshqa edi. Ularning qaysi oldin, qaysi bir keyin yozilganini aniqlay olmagan Abu Muso halifa Umarga murojaat qiladi. Chunki, har ikki buyruqda ham sana yо‘q edi. Bu masalani hal qilish uchun halifa Umar mashvarat о‘tkazadi. Mashvarat oy hisobi bо‘yicha kalendar tuzishni ma’qul topadi. Ular yangi kalendarda о‘sha vaqtgacha qо‘llanilib kelingan qamariy oy nomlarini saqlab qolishni lozim kо‘radilar. Bu oylar arablar о‘rtasida mashhur edi. Mashvaratdagilar kalendar boshi - era boshini qaysi vaqtdan hisoblashga oid turli fikrlarni о‘rtaga tashladilar. Ba’zilar Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kunidan desa, ba’zilar payg‘ambarlikning kelishidan hisoblashni taklif qildilar. Ali ibn Abu Tolib Islom kalendarini payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijratlaridan boshlashni taklif etdi. Bu taklif ma’qullandi. Payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilib yetib borgan vaqtlari rabi ul-avval oyidan 11 kecha о‘tganda dushanba kuni bо‘lgan edi. Bu milodning hisobi bilan 622 yilning 16 iyul kuniga muvofiq keladi. Mazkur mashvarat hijratdan 17 yil keyin muharram oyining birinchi kuni (mil. 638 yil 23 yanvar) bо‘lgan edi. Hijrat esa yuqorida aytilganidek, rabi’ul avval oyining о‘n birinchi kunida, ya’ni hijriy-qamariy sananing uchinchi oyida bо‘lib о‘tgan. Vaholanki, arablarda yil boshi muharram oyining birinchi kunidan boshlangan. Shu sababli tarixiy voqealarni hisoblaganda chalkashlik rо‘y bermasligi uchun hijrat voqea bо‘lgan uchinchi oydan oldingi birinchi va ikkinchi oylar (muharram, safar) ham hijrat yili hisobiga qо‘shib olindi va muharram yil boshi bо‘lib qoldi. Hijriy hisobning birinchi oyidir.
Hijriy yil hisobi. Hijriy yili musulmonlar yili bо‘lib, 622 yil 16 iyul Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil hisobga ega.
Birinchisi, hijriy - qamariy yil hisobi bо‘lib, Oyning Yer atrofida aylanish davri 29,5 kecha- kunduz hisobidan olingan. Hijriy yil hisobi ham 12 oydan iborat bо‘lib, 6 oyi 29 kun, 6 oyi 30 kundan iborat bо‘ladi. Bir yil 354 kunni tashkil qiladi. Kabisa yilida 12 oy 30 kun qilib olinadi va bu yil 355 kunni tashkil qiladi.
Ikkinchisi, hijriy - shamsiy yildir. Bu yil hisobi Yerning Quyosh atrofini bir marta tо‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan. Shu sabab hisob Quyosh kunlari asosida olib boriladi va bir yil 365 (366) kunga teng bо‘ladi. Faqat bir oy 28 kundan iborat bо‘ladi. Har 4 yilda bu oyga bir kun qо‘shilib, 29 kunni tashkil qiladi va shu yili kabisa yili hisoblanib 366 kundan iborat bо‘ladi.
Bundan tashqari hijriy yilda har 30 yil ichida 11 kun tuzatish kiritiladi. YA’ni, kalendar oy hisobi oyning haqiqiy davridan minut va sekundlar hisobida ortda qolib boradiki, bular yig‘ilib 30 yilda 11 kunga yetadi. Bu farqni yо‘qotish maqsadida arablar har 30 yilda 11 sutka qо‘shib 30 yilning 19 yilini 354 kun, 11 yilini 355 kun qilib hisoblaydilar. Shunda har 30 yilning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26, 29- yillari kabisa, ya’ni orttirilgan yillar bо‘lib 365 kundan iborat bо‘ladi. Odatda, kabisa yilini aniqlash uchun uni 30 ga bо‘lish kerak. Qolgan qoldiq yuqorida sanab о‘tilgan sanalardan biriga tо‘g‘ri kelsa shu yil kabisa yili bо‘ladi. Masalan, 1423 yilning qanday yil ekanini tekshirib kо‘rish uchun uni 30 ga bо‘lamiz va 13 qoldiq qoladi. 13 yuqoridagi sanalar ichida mavjud. Demak, 1423 yili kabisa yili ekan.
Hijriy yilni milodiyga aylantirish uchun hijriy yilni 33 ga (33 soni hijriy va milodiy yillarni bir-biriga tо‘g‘ri kelish davri) bо‘linadi. Chiqqan bо‘linmani yana hijriy yildan ayiriladi. Hosil bо‘lgan ayirma soniga 622 (Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga qilgan hijrat yili) qо‘shiladi. Chiqqan natija milodiy yildir.
Milodiy yilni hijriy yilga aylantirish uchun milodiy yilidan 622 ni ayiramiz. Chiqqan ayirmani 32 ga bо‘lamiz. Sо‘ngra har ikki amal natijalari qо‘shiladi.
Izoh: Bо‘lish paytida qolgan qoldiq 17 dan katta bо‘lsa, uni butunlab 1 deb olamiz va hosil bо‘lgan bо‘linmaga qо‘shamiz. Milodiy yilini hijriy shamsiy yiliga aylantirish uchun milodiy yildan 622 ni ayirish kerak. Chiqqan natija hijriy shamsiy yilni bildiradi.