Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə26/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

7. F-g‘-kon
8.Obonj
9. Fug‘
10. M-s-fug
11. J-m-d-n-j
12. X-sh-v-m



Xorazm kalendari Qadimgi Xorazmliklar Quyosh kalendariga asoslangan yil hisobidan foydalanishgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm yil hisobi Markaziy Osiyodagi eng qadimgi yil hisoblaridan biri bо‘lgan. Xorazm xalqining yil va oylari urf-odatlari ham sо‘g‘dlarnikiga о‘xshaydi, aksincha, eronliklarnikiga esa muxolifdir. Ularda ham yozning boshi novsorjinning avvalidir. ya’ni, xorazmliklar va sо‘g‘dliklarda yil boshi bayrami yangi kun ularning nomlanishi ham deyarli bir xil. Xorazmliklarda yil boshi Novsorji sо‘diylarda esa navsard.
Xorazm kalendarida bir yil 12 oyga bо‘lingan va har bir oy 30 kundan iborat bо‘lgan. Qо‘shimcha 5 kun yil oxirida о‘n ikkinchi oyga qо‘shilgan va bir yil 365 kunni tashkil etgan. Har yili qoldiq sifatida ortib qoladigan chorak kunga Xorazm kalendarida e’tibor berilmagan. Yangi yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Oylarning tо‘liq nomi juda uzun bо‘lib, kо‘pchilik tovushlarni undosh harflar tashkil qiladi. Oy nomlari Abu Rayhon Beruniy asarida ikki xil tо‘liq va qisqartirilgan shakllarda keltiriladi va oy nomlarining tо‘liq va qisqartirilgan shaklari quyidagicha:
Xorazm kalendaridai oy nomlarining tо‘liqnomi

1. Ruchnofunovsrochi
2. Ardushfvsirx ankom
3. Xrvdod fvihiriy
4. Jiriy forozok
5. Xmdod
6. Axshrivriy
7. Avmriy
8. Yonoxn foxsrson rochibk
9. Arvfvfimxkobhrfin
10.Vsmrfvnofkonj ankom
11. Ashmn fvird ankom
12.Isbandarmajiy fvxshvm.



Xorazm kalendaridagi oylarining qisqa nomlari

1. Novsorjiy.
2. Ardvst.
3. Xrvdod.
4. Jiriy.
5. Xmidod.
6. Axshrivriy.
7. Avmriy.
8. Yenoxi.
9. Arv.
10. Rimjd.
11. Arshmn.
12. Isfandorajiy.

Kundalik ish yuritishda va ma’muriy xujjatlarda oylarning yuqorida keltirilgan qisqa shaklidan foydalanilgan. IV-VII asr qadimgi xorazm yozuvi xujjatlarida va XP-XIV asr arab-xorazm yozuvi manbalarida oy nomlari yuqoridagi shakllarda qо‘llanadi. О‘n ikkinchi oyga kо‘shiladigan 5 kunning maxsus nomi bо‘lmagan. Yil oylari kunlariga ortiqcha kunlarni qо‘shish, ya’ni yilni kabisali qilish kalendar tarixida muhim masala bо‘lgan. Beruniy Xorazmda kabisali yilga о‘tish masalasiga ham tо‘xtalib о‘tib, ular ortiqcha besh kunni oxirgi oyga qо‘shganliklari tо‘g‘risida ma’lumot beradi. Xorazmliklar bilan sо‘g‘diylar yil boshini belgilash uchun ortiqcha kunlarni qо‘shishda bir xil amal qilganlar. Xorazm kalendarida ham oyning har bir kunlari (30 kuni) alohida nom bilan yuritilgan. Beruniy Xorazm kalendaridagi oy kunlarining nomini ham berib о‘tadi.1
Xorazmliklar burjlarni arablardan yaxshiroq bilganlar. Xorazmliklarning burjlarga bergan nomlari ularni tasvirlashga mutasaddi astronomlarning qо‘ygan nomlariga muvofiqligi va arab tiliga mos kelmasligi, ularni mutasaddilar bergan suratlardan boshqa suratlar bilan tasvirlashgan. Xatto arablar javzoni egizak о‘g‘il bola surati о‘rnida burjlar qatoriga qо‘yganlar. Xolbuki, Javzo Jabborning suratidir xorazmliklar esa egizak burjni a-z-v-p-ch-k-r-i-k nomi bilan ataydilar. Buning izohi ikki sanam egasi bо‘lib, ma’nosining taqozosidir. Bundan kо‘rinib turibdiki, arablar bosqinigacha ham Xorazmda fan va madaniyat yuqori bо‘lgan. Xorazmning arablar bosqini davri taqdiri haqida Beruniy quyidagilarni keltiradi. “...Qutayba Xorazm yozuvini yaxshi biladigan, ularning rivoyatlaridan xabardor bо‘lib, xorazmliklarda bо‘lgan fanlarga о‘rgatgan kishilarni о‘ldirdi va ularni har turli azob uqubatlarga duchor qildi, hamda bu rivoyatlar shunchalik yashirin bо‘lib ketdiki, xatto xorazmliklarga islom paydo bо‘lganidan keyin nima bо‘lganligini aniq bilib bо‘lmay qoldi”. Bu achinarli hol albatta.


  1. Yüklə 5,12 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin