Grigorian kalendarining umumevropa kalendari dastlab katoliklar hukmronlik qilgan davlatlarda qabul qilindi. Lyuteran va provoslavlar bu kalendarga ancha vaqt qarshilik qildilar. Bir qator mamlakatlarda qiyinchiliklar bilan bu kalendar qabul qilindi. Tarixda 1584 yilda Rigada Polsha qiroli Stefan Batoriyaning farmoniga qarshi bо‘lgan “kalendar tartibsizliklari” bо‘lib о‘tdi. Latishlar yangi kalendarga qarshi bir necha yil kurashdilar. Kurash 1589 yilda qо‘zg‘olon rahbarlari Gize va Brinkenlar osib о‘ldirilgandan keyingina tо‘xtadi. Grigorian kalendari Angliyada 1751 yilda qabul qilindi. Ular yilning boshini 25 martdan 1 yanvarga kо‘chirdilar va о‘sha yili Angliyada bir yil 282 kunni tashkil etdi. Angliyada kalendar islohotini о‘tkazishda tashabbuskor bо‘lgan lord Chesterfildga qarata xalq “bizning uch oyimizni qaytar” shiori ostida namoyishlar о‘tkazgan edi.
Grigorian kalendarining qulaylik tomoni, yillar bir tizimga tushirilib, ular bо‘yicha yuz yilliklar kiritilganidadir.
Protestant davlatlar grigoriankalendarini uzoq yillar davomida qabul qilmay keldilar, ammo undagi aniqlik va qulaylik tufayli keyinchalik kо‘pgina davlatlar tan oldilar. Jumladan, Daniya, Norvegiya, Germaniyada 1700 yilda joriy etildi. 1707 yil Shimoliy Nederlandiya, 1751 yil Angliya, 1753 yil Shvetsiya va Finlyandiyada qabul qilindi. Imperator Iosif IIIning dekreti bilan 1776 yilda Germaniyaning sо‘nggi protestant yerlarida, 1812 yilda esa Shveysariyada qabul qilindi.
1873 yildan boshlab Osiyo mamlakatlari ham grigorian kalendarini qabul qila boshladilar. Ushbu kalendarni 1873 yilda Yaponiya, 1911 yilda Xitoy qabul qildi. Diniy farqlar tufayli Bolqonda ushbu kalendarning qabul qilinishi biroz kechikdi. 1916 yilga kelib Bolgariyada, 1919 yilda Ruminiya va Serbiyada joriy qilindi. 1918 yil 28 yanvarda Rossiyada qabul qilindi. (dekretga muvofiq 1918 yil yil 31 yanvardan sо‘ng 1 fevral deb emas, balki 1918 yil 14 fevral deb belgilandi). 1924 yildan buyon grigorian kalendari Yunoniston, 1927 yildan Turkiya, 1928 yildan buyon esa Misrda qо‘llanilmoqda.
Tayanch tushunchalar: Martius - yunonlarda 1- oy urush xudosi (Mars) yunonlar ilgari chorvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qo‘yilgan.
Aprilis - yunonlarda 2 - oy - lotincha “aperire”- “namoyon bo‘lmoq”, “ochmoq” ma’nolarini bildiradi. Bu oyda hamma daraxt va o‘simliklar ochilib gullay boshlagan.
Mayus - yunonlarda 3 - oy - xudo Merkuriyning onasi yer ma’budasi Maya nomi sharafiga qo‘yilgan.
Yunius - yunonlarda 4 - oy - Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qo‘yilgan.
Yulian kalendari - miloddan avvalgi 45-yilning 1 yanvaridan 365 kundan iborat bo‘lgan Quyosh kalendaridir.
Avgust - muqaddas kishi
Yanuaris - yunonlarda 11 - oy, ikki yuzli xudo Yanus nomiga qo‘yilgan.
Februarius - 12 oy - yer osti podshosi februs nomiga qo‘yilgan, “februane” so‘zi “tozalanmoq”, “poklanmoq” degan ma’nolarni bildiradi.
Savol va topshiriqlar 1. Yuliy Sezarning kalendar islohotg mohiyatini ayting.
2. Diniy marosimlarni nishonlashda kalendarning o‘rni qanday?
3. Qadimgi Rimdagi bozor va bayram kunlari qanday voqealarm bilan bog‘liq?
4. Qadimgi Rim kalendarlari to‘g‘risida rimlik mutafakkirlar qanday fikr bildirganlar?
5. Nima uchun dastlab grigorian kalendari Yevropada keng tarqalmadi?
6. Grigorian kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishining sabablarini ko‘rsating.
7. Grigorian kalendarini dastlab qaysi Osiyo davlati qabul qilgan?
5- mavzu: O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar.Hijriy yil hisobi. REJA. Zardo‘sht quyosh kalendari. VII asrda Zardo‘sht quyosh kalendarining isloh qilinishi. Xorazm quyosh kalendari.
Hijriy-shamsiy yil hisobi. Hijriy-shamsiy kalendar oy nomlari. Hijriy-shamsiy kalendar yili.
Umar Xayyom kalendarining joriy etilishi. Umar Xayyom kalendarining dunyodagi mukammal quyosh kalendari sifatidagi xususiyatlari.
ADABIYOTLAR.
Rahmatullayeva O., Salomov J. Xronologiyа. – T., Fan va texnologiyalar, 2012.
Iofe V.G.,Choriyev Z.U. Xronologiya va metrologiyа. –T.,2003.
Rahmonqulova Z., Xronologiyа. -T.: Alisher Navoiy nomidagi davlat nashriyoti. 2006.
Ahmedov A. Ahmad Al -Farg‘oniy. -T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 1998.
Abu Rayhon Beruniy. O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. -T.:Fan.1968.
MamadazimovM., Ilyosov S. Malikshoh erasi // Fan va turmush. 2004. №4 -5. 43 b.
Umar Xayyom. Navro‘znoma.Tarjimon Urfon Otajon. -T.: Mehnat. 1990.
Hakimov M. Turkiston xalqlari qo‘llagan taqvimlar. -T., 1999.