Tayanch tushunchalar: Hijriy yil hisobi - hijriy yil musulmonlar yili bo‘lib, 622 yil 16 iyul, ya’ni Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil hisobga ega.
hijriy - qamariy yilhisobi - Oyning Yer atrofida aylanish davri 29,5 kecha- kunduz hisobidan olingan.
hijriy - shamsiy yilhisobi - Yerning Quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan.
Savol va topshiriqlar. 1. Musulmon oylari mazmunini izohlang?
2. Hijriy - shamsiy kalendarga ta’rif bering.
3. Hijriy - qamariy kalendarini ta’riflang.
4. Zahriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida hijriy yilda berilgan sanalarni toping va milodiy yilga aylantiring.
5. Abu Rayhon Beruniyning asarlarida hijriy yil hisobiga oid qanday ma’lumotlar berilgan?
6- mavzu: Grigoriy kalendari, zamonaviy kalendarlar