h = 2011 – 622 + 2011—622 32 h = 2011 – 622 + 43 H = 1432
Milodiy yilni aniqlash formulasi bо‘yicha topshiriqlarni bajarish M = h - h + 622 33 M = 1432 – 1432 + 622 33 M = (1432 – 43) + 622 M = 1389 + 622 = 2011 M = 2011
Hijriy-qamariy yil hisobida bir yil 354 kun bо‘ladi. Toq oylar (muharram, rabi ul-avval, jumodu-l-avval, rajab, ramazon, zulqa’da) - 30 kundan, juft oylar (safar, rabi us-soniy (oxir), jumodu-s-soniy, sha’bon, shavvol, zulhijja) - 29 kundan hisoblanadi. Hijriy-qamariy kalendarda kabisa yillari tartibi arab davriyligiga kо‘ra hisoblanadi. Unda 30 yilda 11 ta kabisa yili mavjud. Kabisa yilidagi bir kun zulhijja oyi oxiriga qо‘shiladi. Hijriy yil milodiy yilga nisbatan qisqa (354 yoki 355) bо‘lgani bois, yil boshi har yili ma’lum vaqtda kelmaydi. Kelgusi yil oldingi yilga nisbatan 10, 11 yoki 12 kun (yilning oddiy yoki kabisa bо‘lishiga qarab) erta keladi. Milodiy hisobda о‘ttiz uch yil, hijriy hisobda о‘ttiz tо‘rt yilga barobar bо‘ladi.
Islom dini tarqalgan barcha mamlakatlarda hijriy-qamariy yil hisobi diniy kalendar sifatida qabul qilingan. Rо‘za, xayit, haj kabi islomiy ibodatlar shu kalendar asosida olib boriladi. Hijriy-qamariy yil hisobi VIIIasrdan boshlab islom dini, arab tili va yozuvi bilan birga О‘rta Osiyoga kirib keldi. XX asrning birinchi choragiga qadar О‘rta Osiyo shu yil hisobidan foydalandilar.
Hijriy qamariy yil oylari