182
LABORATORIYA ISHI - 3
A. Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo‘yicha aniqlash.
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash.
C. Bu usulda Petri kosachalariga 15 ml dan to‘yinmagan agar solinadi va stol ustiga qator
terib qo‘yiladi(35-rasm). Agar qotgandan so‘ng termostatda quritiladi, so‘ngra har bir
kosachaga test-kultura aralashtirilgan ozuqa agaridan 5 ml qo‘shiladi. Ekmani agarga
qo‘shishdan avval 45-50 C gacha sovutiladi. Agarning ikkinchi qatlami ham qotgandan keyin
har bir kosacha betiga silindr kiygaziladi. Silindrlardan 3 tasiga 0,1 ml dan sinalayotgan
antibiotik eritmasi, qolgan 3 tasiga esa standart eritma quyiladi. Shundan keyin kosachalar 37 C
li termostatda 16-18 soatgacha saqlanadi. Belgilangan vaqt o‘tgach, kosacha ustidagi silindrlar
olib tashlanadi va test-kultura o‘sishi sekinlashgan zonalar o‘lchanadi. O‘sish sekinlashgan
zonalarga qarab antibiotiklarning kuchini yoki aktivligini aniqlanadi. Zonalar diametri 1mm
aniqlikkacha o‘lchanadi. O‘smagan zona diametric 20mm bo‘lsa sezuvchan, agar 11-20gacha
bo‘lsa o‘rta sezuvchan, 10mm dan kam bo‘lsa chidamli bo‘ladi.
D. Laboratoriya ishinining natijalari daftarga yozib qo‘yiladi.
9-rasm.
Diffuzion usul bilan antibiotiklar
kuchini aniqlash
LABORATORIYA ISHI 4
A.
Mikroorganizmlarning
antibitiklarga
sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.
B. Antibiotiklarni aktivligini tez aniqlash.
C. Petri kosachasiga 15ml ozuqa agari solinadi.
Agar qotgandan so‘ng unga huddi o‘sha agarning test-
kultura
bilan
aralashmasidan
1ml
va
2,6-
dixlorfenolindofenolning 0,2% li suvli eritmasi dan
1ml qo‘shiladi. So‘ngra ko‘kish tusli qattiq agar ustiga
antibiotik
shimdirilgan
disklar
yopishtiriladi,
kosachalar 37 C issiqlikdagi termostatga qo‘yiladi.
Oradan 2-3 soat o‘tgach, mikroorganizmlarning o‘sib
chiqmagan ko‘kish zonalarining diametriga qarab tajriba natijalari qayd qilinadi.
Antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarni rangsizlantiradi yoki tusini o‘zgartirib, sariq
rangga bo‘yaydi. Bunday bo‘yoq stafilokokklarning o‘sishini sekinlashtiradi yoki ularning
o‘sishiga butunlay yo‘l qo‘ymaydi, shu bois mikroorganizmlarning bu turi bilan ish olib
borganda qog‘oz disk yopishtirilgan kosachalar termostatda saqlangandan keyin uning ustiga 2-
3ml miqdoridagi indikator eritmasidan quyish kerak. Indikator qoldiqlari 5-7 minutdan keyin
to‘kib tashlanadi va tajriba natijalari tahlil qilinadi.
D. Laboratoriya ishining natajalari daftarga yozib qo‘yiladi.
Nazorat savollari.
1)
Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks
nimaligini aytib bering.
2)
Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta‘sir
etish mexanizmlari.
3)
Antibiotiklar rejasini aytib bering.
4)
Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o‘zlashtirma chidamliligi.
5)
Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo‘llari.
6)
Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
183
VI.KEYSLAR BANKI
1-Keys.
Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Laboratoriyada ishlash
qoidasi. Surtma tayyorlash texnikasi. Oddiy bo‘yash usullari.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Bakteriologik laboratoriyaga olib kelingan biologik ashyodan surtma tayyorlab, Gram
usulida bo‗yash kerak. Buning uchun vrach-bakteriolokka qaysi laboratoriya jihozlari va qanday
bo‗yoqlar kerak bo‗ladi?
2.Bemordan olingan biologik ashyodan bakteriologik surtma tayyorlandi. Uni Ojeshko
usulida bo‗yash uchun qaysi bo‗yoklardan foydalaniladi?
2-Keys. Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy
tarkibi.Murakkab bo‘yash usullari va axamiyati.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Yiringdan tayyorlangan surtmada kokklar aniqlandi. Ularning qaysi avlodga
mansubligini aniqlash uchun qo‗shimcha nimalarni bilish zarur?
2.Bakteriologik laboratoriyaga epidemik meningit deb shubhalanilgan bemordan orqa miya
suyuqligi olib kelindi. Surtmada qaysi mikroorganizmlar aniqlanishi mumkin. Gram bo‗yicha
ular qanday bo‗yaladilar?
3.Najasdan tayyorlangan surtmada grammanfiy tayoqchalar aniqlandi. Ularning
harakatchanligini aniqlash uchun qaysi usullardan foydalaniladi?
3-Keys. Mikroorganizmlar fiziologiyasi: ozik muxitlari, ularning klassifikasiyasi.nafas
olishi, o‘sishi va ko‘payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi.
Sterilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika.Antibiotiklar, ularning klassifikasiyasi.
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratib olishda sun‘iy oziq muhitlaridan
foydalaniladi, lekin ular ma‘lum talablarga javob berishi shart. Bular qanday talablar va buni
nima uchun bilish kerak?
2.Bemordan olingan biologik ashyodan ichak tayoqchasi ajratib olindi. Sof kultura olish
va ichak mikroflorasining boshqa vakillaridan uni farqlash uchun qaysi oziq muhit ishlatiladi.
Farqlash qanday amalga oshiriladi?
3.Anaerob infeksiya bor deb shubhalanilgan bemordan ashyo sifatida jarohat ekssudati
olindi. Qo‗zg‗atuvchi sof kulturasini ajratib olish uchun anaerob sharoit yaratish usullarini
aytib bering.
4.Jarroh o‗zining ishi jarayonida steril bog‗lov materillarini ishlatadi. ―Steril‖
terminining ma‘nosi nima? Bog‗lov materiallari qanday sterillanadi?
5.Talabalar
oshxonasida
talabalarga
pasterizatsiyalangan
sut
sotishdi.
―Pasterizatsiyalangan‖ deganda nimani tushunasiz va u qanday o‗tkaziladi?
6. Bakteriolog-shifokor tif-paratiflar kasalligiga shubha qilingan bemordan olingan qonni
elektiv Rapoport oziq muhitiga ekdi. ―Elektiv oziq muhit‖, deganda nima tushuniladi va nima
uchun qon Rapoport muhitiga ekildi?
4-Keys. Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Laboratoriyada vabo vibrionining sof kulturasi ajratib olindi. Xuddi shunday shtammlar
kanal suvida ham borligini qaysi usul yordamida isbotlash mumkin?
2.Burun-halqum surtmasidan gripp virusi ajratib olinishi kerak. Bu qanday amalga
oshiriladi?
3.Poliomielitga shubhalanilgan bemor shifoxonaga yotkizildi. Undan qanday biologik
184
ashyo olinadi? Nima uchun?
4.Laboratoriyaga poliomielitga shubhalanilgan bemordan biologik ashyo olib kelindi.
Virus ajratib olish uchun qaysi biologik ob‘ektlar kerak?
5.Laboratoriyada sitopatogen ta‘sirga ega bo‗lgan virus kulturasi ajratib olindi. Ajratib
olingan virus qaysi usulda identifikatsiya qilinadi?
6.Qon topshirish bo‗limida qon zardobida NvsAg borligi nazorat qilinadi. Nima uchun va
bu qaysi usullar yordamida amalga oshiriladi?
8.Toshkent shahridagi Virusologiya intstitutiga virusli gepatitga shubhalanilgan bemor
qon zardobi olib kelindi. Kasallikka tashhis qo‗yish va uni farqlash uchun qaysi usullar
qo‗llaniladi?
5-Keys. Dorivor o‘simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O‘simliklarda kasallik
qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Davolanish uchun olingan moychechakni damlamasi olinib, ichish uchun tavsiya
qilinganda,bemorda ichak faoliyati buzilishi kuzatilgan,sababini aytib bering?
2.Tayyorlangan ekstrakt bemorga berilganda MNS da o‗zgarishlar va alaxlash yuzaga
kelgan. Ekstraktni tarkibida qanday mikroorganizmlar bor?
6-Keys. Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion
kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.YUqumli kasalliklar shifoxonasiga dizenteriya deb shubhalanilgan bemordan
tekshiriluvchi biologik ashyo olib laboratoriyaga jo‗natildi. Bakteriologik laboratoriyada vrach
bakteriolog dizenteriya tashhisini tasdiqlash uchun nimalarga e‘tibor berishi kerak?
2.Bemorlardan olingan biologik ashyo oziq muhitlarga ekib, tekshirilganda dizenteriya
qo‗zg‗atuvchilariga xos koloniyalar o‗sdi. Vrach bakteriolog ajratib olingan koloniyalarni
qanday identifikatsiya qiladi?
3.Qorin tifi bilan og‗rib o‗tgan shaxslarni bakteriya tashuvchanlikka tekshirish natijasida
qo‗zg‗atuvchi topilmadi. Tekshirilgan shaxslar bakteriya tashuvchi emasligini tasdiqlasak
bo‗ladimi? YAkuniy xulosa berish uchun qanday biologik ashyo qo‗shimcha tekshirilishi
lozim?
4.Statsionarga ikki opa-singil mushaklarning kuchsizlanishi, narsalarning ko‗zga ikki
bo‗lib ko‗rinishi, ovoz bo‗g‗ilishi, yutishning qiyinlashuvi, nafas olishning buzilishi belgilari
bilan tushdi. Ushbu simptomlar boshlanishidan bir necha soat oldin ular uyda tayyorlangan
konservalangan zamburug‗ iste‘mol qilishgan. SHifokor dastlabki tashhis qo‗yib, bemordan
biologik ashyo olib, laboratoriyaga jo‗natdi. Laboratoriyada tashhis qo‗yish uchun qaysi
mikrobiologik usul, qanday olib boriladi?
7-Keys. Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.SHifokor bemorda birlamchi immunologik tekshirish o‗tkazmoqda. Buning uchun u
qaysi immunologik testlardan foydalanishi kerak?
2.SHifokor bemorda qorin tifi borligiga shubhalanmoqda. Bunda serologik tashhis qaysi
usullar bilan va kasallikning qaysi haftasida qo‗yiladi? Nima uchun?
3.Bilvosita gemaglyutinatsiya reaksiyasi qo‗yilganda quyidagi natijalar olindi: 1:2 dan
1:256 gacha bo‗lgan suyultirilmalarda planshet chuqurchalari tubida eritrotsitlar ―soyabon‖
holida, 1:512 va 1:1024 suyultirmalarida esa ―tugmacha‖ holida cho‗kmaga tushdi. Ishlatilgan
zardobning antitelolar titri qanday?
4.Komplementni bog‗lash reaksiyasi qo‗yilganda bir probirkada eritrotsitlarning to‗liq
gemolizi kuzatilsa, ikkinchisida gemoliz bo‗lmadi. SHu probirkalardan qaysi biri nazorat
uchun, qaysisiga antigen aralashtirilgan?
185
8-Keys. Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan
tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Har bir madaniyatli kishi ovqatlanishdan oldin qo‗lini sovun bilan yuvishi kerak.
Sovun ishlatishdan qanday maqsad ko‗zlanadi?
2.Jarohatlarga birlamchi ishlov berish uchun bo‗yoqlar ishlatiladi. Qaysilar? Ularning
ta‘sir mexanizmi nimadan iborat?
3.Bakteriologik laboratoriyaga tekshirish uchun balg‗am olib kelindi. U bakteriologik
jihatdan tekshirib bo‗lingach, kanalizatsiyaga to‗kishdan oldin qanday ishlov berilishi kerak?
Nima uchun?
9-Keys. Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat
kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar)
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida jarohatdan yiring olib kelindi. Surtma
tayyorlab ko‗rilganda ko‗rish maydonida stafilokokklar kuzatildi. Keyingi tekshirish rejasini
tuzing va xulosa qiling.
2.Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida tomoqdan va burundan olingan surtma
keltirildi. Keyingi tekshirishlar rejasini tuzing.
3.O‗ng qo‗ltiq ostida karbunkul rivojlangan bemor shifoxonaga murojaat qildi. Tashhis
qo‗yish va uni davolash uchun Siz ko‗radigan chora-tadbirlar.
4.CHap tovoni jarohatlangan bemor Sizga yordam so‗rab murojaat qildi. Nimadan
xavotirlanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.
5.Bemor birdaniga harorat ko‗tarilishi, bosh og‗rishi, qaltirish shikoyatlari bilan
shifokorga murojaat qildi. SHungacha uning barmog‗ida yiring bo‗lib, u uyda davolangan.
Tashhis qo‗yish uchun qanday mikrobiologik tekshirish o‗tkazasiz va Sizning keyingi hatti-
harakatingiz.
11-Keys. Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi mikrobiologik xususiyatlari.
Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.To‗qqiz yoshli bolaning yo‗g‗on ichak normal mikroflorasi tekshirilganda Endo
muhitida qizil rangli, S ko‗rinishli koloniyalar bilan bir qatorda rangsiz koloniyalar ham
aniqlandi. Identifikatsiya qilinganda har ikkala koloniyadagi mikroorganizmlar ham bir turga
mansubligi aniqlandi. Bunday vaziyatni izohlang va baho bering.
2.Bakterial dizenteriya deb shubhalanilgan bemor bolaning najasi laboratoriyaga olib
kelindi. Qaysi usullar yordamida qo‗zg‗atuvchi ajratib olinadi.
12-Keys. Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakteriya, mikobakteriya)
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga uzluksiz yo‗tal bilan to‗rt yashar bola
tushdi. SHifokor sifatida Siz bemorga qanday yordam berasiz.
2.Bakteriologik laboratoriyaga ko‗kyutal bilan kasallangan bemordan biologik ashyo
sifatida balg‗am olib kelindi. Surtma qaysi usul bilan bo‗yaladi? Qo‗zg‗atuvchining
morfologik xususiyatiga ta‘rif bering.
3.Bakteriologik laboratoriyaga difteriya deb shubhalanilgan bemor burun-halqumidan
ajralmalar olib kelindi. Surtmada qaysi mikroorganizmlarni aniqlash mumkin. Gram usulida
ular qanday bo‗yaladi?
4.SHifoxonaga difteriya kasalligining og‗ir ko‗rinishi bilan bemor tushdi. Davolovchi
vrach nimadan xavotirlanadi va u qanday yo‗l tutadi?
5.Jarrohlik bo‗limida statsionar davolanishga kelgan bemorga ―o‗ng tizza saramasi‖
186
tashhisi qo‗yildi. Qaysi qo‗zg‗atuvchi ushbu kasallik chaqirishi mumkin va kasalikka tashhis
qo‗yishda qanday tekshirish usulidan foydalaniladi?
13-Keys. Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug‘lar keltirib
chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Ozena bilan og‗rigan bemordan biologik ashyo olinib, bakteriologik laboratoriyaga
jo‗natildi. Uning kapsulasini aniqlash uchun qaysi usulda va qanday bo‗yab ko‗rish mumkin?
2.Vrach-bakteriolog shubhalanilgan qo‗zg‗atuvchining sof kulturasini ajratib oldi.
Uning sofligini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
3.Bakteriologik laboratoriyaga bemordan biologik ashyo sifatida najas olib kelindi.
Bakteriologik tashhis qo‗yish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim?
4.Bemor siydik kovug‗ini bo‗shatish uchun kateter qo‗yish zarur. Ishlatishdan oldin
unga qanday ishlov beriladi?
14-Keys. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, qo‘zg‘atuvchilari
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Gazli gangrena kuzatilgan bemorlarning jarohatidan ajralib chiqqan biologik ashyodan
surtma tayyorlab,
mikroskop ostida ko‗rilganda musbat javob olindi. Ko‗rilgan
mikroorganizmlarning morfologik va tinktorial xususiyatlariga ta‘rif bering.
2.Transport halokati tufayli jabrlangan odam jarohati tuproq bilan ifloslangan xolda
statsionarga keltirildi. Tuproq bilan jarohatga qanday mikroorganizmlar tushishi mumkin va
bunday holda bakteriologik tekshirishga ashyo yuborish mumkinmi? Siz qo‗llaydigan
profilaktika choralari qanday?
3.Ovqatdan zaharlanishga shubhalanilgan bemordan olingan ashyo (qusuq) tekshirilganda
katta grammusbat tayoqcha aniqlandi. Sizning bakteriolog sifatida harakat rejangiz qanday
bo‗ladi?
4.Bakteriologik laboratoriyaga difteriya deb shubhalanilgan bemordan ashyo (tomoqdan
shilliq) olib kelindi. Mikrobiologik tashhis rejasini tuzing.
15-Keys. Patogen zoonoz o‘ta xafli bakteriyalar. (Kuydirgi, vabo qo‘zg‘atuvchilari.)
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Vrach bakteriolog toun bilan kasallangan bemorlardan tekshiriluvchi biologik ashyo
olib kelish to‗g‗risida topshiriq oldi. U tekshirish joyiga borishdan oldin nimalarga e‘tibor
berishi kerak va nima uchun?
2.SHifoxonada brutsellyoz bilan kasallangan bemor yotibdi (kasallikning 2 haftasi).
Bemordan tekshirish uchun qanday biologik ashyo olib jo‗natildi? Laboratoriyada tashhis
qo‗yish uchun qaysi usullardan foydalaniladi?
3.Brutsellyoz bilan kasallangan bemordan laboratoriyaga najas olib kelindi va ozik
muhitlarga ekildi. Oziq muhitlarda o‗sib chiqqan koloniyalardan surtma tayyorlandi. Surtmani
tekshirishda qaysi bo‗yash usulidan foydalaniladi va ko‗rish maydonida qanday
mikroorganizmlar kuzatiladi?
4.Siz yashayotgan joyda brutsellyoz bilan hayvonlar kasallanishi ko‗p kuzatilmoqda.
Uchastka shifokori sifatida kasallikni kamaytirish maqsadida qanday chora-tadbirlar olib borish
lozim?
16.Keys Patogen spiroxetalar. (Zaxm qo‘zg‘atuvchilari) Rikketsiozlar. (Toshmali tif
qo‘zg‘atuvchilari.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Teri va tanosil kasalliklari dispanseriga bundan 3 oy avval so‗zakni eslatuvchi klinik
ko‗rinishlari kuzatilgan bemor murojaat qildi. Retrospektiv tashhis qo‗yish uchun qaysi
mikrobiologik tekshirish usullari qo‗llaniladi?
2.Sizga peshob yo‗llaridan yiring oqishidan shikoyat qilib, bemor murojaat qildi. Nimadan
187
shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.
3.SHifoxonaga farzandsizlikka shikoyat qilgan bemor yotqizildi. Unda 7 yil oldin so‗zakka
o‗xshash kasallik paydo bo‗lganda o‗zi vrach maslahatisiz uyda davolangan. Ayol 28 yoshda,
turmushga chiqqaniga 6 yil bo‗lgan. Nimadan shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.
4.Qon quyish muassasasiga donor bo‗lish istagi bo‗lgan erkak kishi murojaat qildi. Unda
zahm kasalligi yo‗qligini isbotlovchi qanday tekshirish usullarini qo‗llash mumkin?
5.YUqori tanglayida yarasi bor bo‗lgan bemor jarroh-stomatolokka murojaat etdi. Uning
zahm bilan og‗rishi ma‘lum bo‗ldi. Tashhis qo‗yish uchun qaysi usullardan foydalanilgan?
17-Keys. Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq) Gepata viruslari.
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Laboratoriyaga gripp bilan og‗rib o‗tgan bemordan qon zardobi olib kelindi. Qaysi usul
yordamida qo‗yilgan tashhisni tasdiqlash mumkin? Buning uchun qaysi serologik reaksiyalardan
foydalaniladi?
2.Qutirishga shubhalanilgan it veterinar laboratoriyaga olib kelindi. Tashhis qo‗yish uchun
qanday biologik ashyo olinadi? Qaysi usullar qo‗llaniladi?
3.Kanali ensefalitga shubhalanilgan bemordan ikki marta qon zardobi olib, laboratoriyada
tekshirildi. Qo‗yilgan tashhis qanday tasdiqlanadi? Buning uchun qaysi usullar qo‗llaniladi?
4.Adenovirus infeksiyasiga shubxalanilgan bemor burun bo‗shlig‗idan bosma-surtma
olindi. Qaysi tekshirishlarga asoslanib adenovirus infeksiyasi tasdiqlanadi?
18Keys Rabdovirus. (qutirish).OITS,Entero-, neyroviruslar (poliomielit).
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar:
1.Gripp kasalligini oldini olish uchun aholi orasida emlash o‗tkazildi. Ular nima bilan
emlandi va qanday qilib?
2.Travmatologiya bo‗limiga notanish it tishlagan bemor murojaat qildi. Maxsus
profilaktika uchun nimadan foydalaniladi? SHifokor sifatida Sizning hatti-harakatingiz.
3.OITS markazi shifokori shubhalanilgan odam qon zardobini immunoferment usuli bilan
tekshirganda musbat natija kuzatildi. Lekin immunobloting usuli bilan tekshirganda bu natija
tasdiqlanmadi. Buning sababi nimada?
4.Uzoq vaqtdan beri isitmalab yotgan narkoman bemor immun tizimi tekshirilganda T-
xelperlar, tabiiy killerlar miqdori keskin kamayib ketganligi, T- supressorlar miqdori oshganligi
kuzatildi. Qaysi kasallik to‗g‗risida taxmin qilish mumkin? Nima uchun?
A M A L I Y O‗ Y I N L A R
1. SHifoxonaga bir oiladan ikkita bemor nevrologik simptomlar - diplopiya, afoniya,
afagiya va boshqalar bilan tushdi. Kasallik anamnezida shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, bemorlar
uyida konservalangan ko‗ziqorin iste‘mol qilishgan.
Davolovchi shifokor:
Anamnezi va klinik belgilariga asoslanib, qanday kasallik kelib chiqqaniga shubha bor?
Sizning hatti-harakatingiz. Bemorlarda tashhisni tasdiqlash uchun qanday ashyo olasiz va buni
qaysi laboratoriyaga jo‗natasiz? Laboratoriyaga jo‗natish uchun yo‗llanma tayyorlang va uni
asoslang.
Vrach bakteriolog:
Olingan ashyo va yo‗lanmani izohlang. Tekshirish o‗tkazish rejasini tuzing va javob
muddatini belgilang. Mumkin bo‗lgan javoblarni tuzing. YAkuniy natijani davolovchi
shifokorga yozma ravishda bering.
Davolovchi shifokor:
Laboratoriya javobini izohlang. Sizning qo‗ygan tashhisingiz tasdiqlangandan so‗ng
etiotrop davo tayinlang. Kasallik tarqalishini oldini olish uchun qanday choralar ko‗rasiz?
188
2. Poliklinkaga bir guruh ishchilar o‗tkir ovqatdan zaharlanish bilan murojaat qilishdi. Ular
ko‗ngil aynishi, qusish, epigastral tomonda og‗riq bo‗lgandan shikoyat qilishdi. Ishchilar o‗z
kasalliklarini korxona oshxonasida iste‘mol qilingan kremli tort bilan bog‗lamokdalar.
Davolovchi shifokor:
Sizning hatti-harakatingiz va dastlabki tashhis. Laboratoriya tekshirishi uchun qanday
ashyo olasiz? Yo‗llanma to‗lg‗azing va uni asoslang.
Dostları ilə paylaş: |