Tuproqni tekshirish uchun tayyorlash. Beshta nuqtadan olingan tuproq na‘munalari
maxsus idishda aralashtirilib undan 10 -30 g tortib olinadi va 1 : 10 nisbatda sterillangan
vodoprovod suvi bilan tuproq suspenziyasi tayyorlanadi ( 10 g tuproq + 100 ml suv). Bu asosiy
suspenziyadan qo‘yilgan maqsad asosida suyultirilgan ( 10
-2
, 10
-3
, 10
-4
, 10
-5
va x.) na‘munalar
tayyorlaniladi. Tuprqni sanitar- mikrobiologik baho berishda tuproqdagi UMS va SKB koli-titri
va perfringensni titri aniqlanadi.
Tuproqdagi umumiy mikroblar sonini topish –ohirgi 2 ta suyultirilan na‘munadan
oziqli muhitning yuzasiga 0,1 ml olinib shpatel bilan (GPA yoki suslo-agarga) ekiladi. Ekilgan
ekma 48 soat termostatda saqlanib, oziqli muhitlarda o‘sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 g
turoqdagi UMS topiladi. Masalan 10
-4
nisbatda suyultirilgan na‘munadan ekilgan chashkada 41
koloniya topildi, 10
-5
dan esa 33.
8 x 10 000 + 3 x 100 000
UMS = ------------------------------------ x 10 = 190000
2
Tuproqni koli-titri va perfringensni titrini aniqlash. Tuproqni koli yoki perfringens
titri deb, bitta ichak tayoqchasi yoki perfringens topilgan tuprqni eng kam miqdoriga aytiladi.
Tuproqdagi ichak tayoqchasini koli –titrini aniqlashda elektiv muhitlar ishlatiladi. Bu muhitlar
tarkibi qo‘shimcha mikroblarni o‘sishini to‘xtatib qo‘yuvchi o‘t saprosi, gensian violet tutadi,
lekin ichak tayoqchasini o‘sishiga to‘sqinlik qilmaydi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan suyuq Kissler
muhiti xisoblanadi, uning tarkibida yuqorida aytilgan kompanentlardan tashqari E. coli bijg‘itib
gaz hosil qilishi uchun pepton va laktoza tutadi. Gaz hosil bo‘lganini aniqlash uchun muhitga
bir tamoni payatlangan shisha po‘kak solib qo‘yiladi, hosil bo‘lgan gaz po‘kakga yig‘iladi.
Tuproq suspenziyasining suyultirilganidan 1 ml dan Kessler muhiti bo‘lgan probirkalarga
ekiladi va termostatda 43°S da 48 soat davomida saqlanadi. 48 soatdan kiyin Kissler muhiti
ko‘zdan kechiriladi va musbat reaksiyali probirkalar (E. coli muhitda gaz hosil qilib, loyqatib
o‘sadi) ajratib olinadi va Endo muhitiga musbat na‘munalardan qayta ekiladi va termostatga 37°
S 24 soatga qo‘yiladi. Muhitda to‘q qizil metal singari tovlanib turgan koloniyalar hosil bo‘lsa
va surtma tayyorlanib bo‘yab ko‘rilganda gram manfiy tayoqchalar topilsa E. coli deb xulosa
qilinadi. Keyinchalik suvning koli-titrini aniqlashda qo‘llaniladigann sxema bo‘yicha analiz
o‘tkaziladi va tuproqni koli titri topiladi.
Tuproq suspenziyasining perfringens-titrini topish uchun, turli darajada suyultirilgan
suspenziyadan 1 ml ( sporsiz bakteriyalar o‘smasligi uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasi
80°S da 10-15 minut qizdiriladi) dan yog‘siz, steril sut yoki tayyorlangan temir sulfitli Vilson-
Bler muhit quyilgan probirkalarga yex tempore (tezlikda) ekiladi.
Bu ekmalar 43°S da termostatda 24—48 soat davomida saqlanadi, so‘ng sutning chirishi
yoki Vilson-Bler muhitining agarli ustunchasida hosil bo‘lgan Cl. perfringens qopa
koloniyalarga ko‘ra xulosa chiqariladi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usuli bilan
bo‘yaladi. Mikroskop ostida ko‘rilgandan so‘pg, perfringens titri aniqlanadi.
Muhit tarkibi. Kessler muhiti 1% peptonli suv, 5% o‘t sapro, 0,25% laktoza va
grammusbat bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatish uchun gensian binafshadan iborat.
T ye m i r s u l f i t l i V i l s o n-B l ye r m u h i t i 3 % oziqli agar, 1% glyukoza, 2%
natriy sulfit, 0,08% temir xloriddan qo‘shilgan.
Termofil (issiqni sevuvchi) bakteriyalarni aniqlash uchun suyultirilgan tuproq
suspenziyasidan 1 ml Petri kosachasiga tomiziladi, ustidan eritilgan va sovutilgan oziqli agar
quyiladi. Ekmalar 60°S da termostatda 1 kun saqlanadi. So‘ng hosil bo‘lgan koloniyalar
sanalib, 1 g tuproqdagi bakteriya soni aniqlanadi.
aniqlash. Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni ikkitadan kam bo‘lmagan na‘munasi 1,0
ml olinib, oziqli muhitga ekib, o‘sgan koloniyalarni sanab xisoblashga asoslangan. Tadqiqot
usulini bajarilishi – tekshirilayotgan suv yaxshilab aralashtirilib 1,0 ml dan olingan suvlar
152
sterillangan Petri kosachasiga ( diametri 90-100 mm) quyiladi, ustiga 10—12 ml eritilgan, 45
—49°G gacha sovutilgan oziqli agar quyiladi va yaxshilab suv bilan aralashtiriladi. So‘ngra
ekilgan materiallar 37°S da termostatda 24 soatga qo‘yiladi. . So‘ng har ikkala kosachadagi
agar yuzasida va ichida o‘sib chiqqan koloniyalar soni sanaladi, qo‘shilib ikkiga bo‘linib,
suvning 1 ml dagi umumiy mikroblar soni aniqlanadi (xisoblab topish tuproqning UMS
aniqlashga o‘xshash, faqat na‘muna 1.0 ml lingani uchun 10 ko‘paytirilmaydi)
Natija 1 ml suvda topilgan bakteriyalarni koloniya hosil qiluvchi birligida (KHQB)
beriladi.
Umumiy va termotolerant koliform bakteriyalarni membra filtrlash usulida aniqlash.
Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni maxsus membrana filtridan o‘tkazilib, laktoza tutuvchi
differensial muhitda o‘stirib, kultural va bioximik xususiyatlari bo‘yicha identifikasiya qilishga
asoslangan. Tadqiqot usulini bajarilishi. 3-nomerli membranali filtr Bunzep kolbasiga
o‘rnatilgan Zeyts voronkasiga joylashtirilib, so‘ngra vakuum-nasos bilan birlashtiriladi
Membranali filtrlar oldindan distillangan suvda qaynatilib, sterillanadi.Ichimlik suvlari uchun
na‘muna 300 -500 ml, ochiq suv havzasidan olingan toza suv 5, 10, 40, 100, 150 ml hajmda
filtrlanadi. Agap suv nihoyatda ifloslapgai bo‘lsa, filtrlashdan oldin steril distillangan
suv bilan suyultiriladi.
Ichimlik suvni tekshirishda 3 ob‘yom 100 ml dan olinadi, har bir ob‘yom suv filtrdan
o‘tkaziladi. Filtrlar Petri kosachasidagi Endo muhiti yuzasiga qo‘yiladi va 37°S da termostatda
24 soat saqlanadi. Agar filtr yusasida 24 soat maboynida koloniyalar o‘smasa yoki koliform
bakteriyalarga xos bo‘lmagan mog‘ar zamburug‘lari koloniyasi topilsa, umumiy koliform
bakteriya (UKB) va termotolerant koliform bakteriya (TKB) topilmadi deb natija beriladi.
Agar membrana filtrda tipik aloxida yotgan laktozamusbat, qizil metal singari yaltiroq,
yoki rangsiz koloniyalar topilsa, har ikkala tip koloniyalar aloxida sanalib ularning UKB va
TKB mansubligi aniqlaniladi. UKB tasdiqlash uchun filtrda 5 tadan kam, lekin 3 -4 tadan har bir
tipdagi koloniyalardan, TKB ni tasdiqlash uchun hamma tipik aloxida koloniyalardan 10 tadan
oshmagan holda oksidaza aktivligi, Gram usulida bo‘yalishi va laktozani kisota gaz hosil qilib
fermentlashi aniqlanadi. Oksidaza testini qo‘yishda oksidaza disklaridan foydalaniladi (dimetil-
p-fenilendiamin shimdirilgan filtr qog‘ozi). Membrana filtrlarda koloniyalar qalin o‘sgan
bo‘lsa, oksidaza diski to‘g‘ridan to‘g‘ri filtr ustidagi koloniyalarga distillangan suv bilan
namlab qo‘yiladi, ko‘k ranga kirsa reaksiya musbat bo‘ladi. Agar filtr yuzasidagi hamma
koloniyalar oksidazamusbat bo‘lsa tekshirish to‘xtatiladi va na‘munadan UKB va TKB
topilmadi deb javob beriladi. Agar koloniyalar oksidaza manfiy bo‘lsa tekshirilayotgan
koloniyalar qayta ekilib aloxida koloniyalar olinadi va ularni UKB va TKB mansubligi
o‘rganiladi. Koloniyalarni UKB mansubligi gram manfiy bakteriyalar koloniyasi oksidaza
manfiy va laktozani kislota, gaz hosil qilib 37°S da fermentasiya qilsa, ularni UKB mansubligi
tasdiqlanadi. TKB mansubligi esa shu testlarni 44°S da aniqlanadi. Boshqa hollarda agar
na‘munalardan UKB va TKB topilmasa tekshirilgan 100 ml suvda KHQB UKB va 100 ml
suvda va KHQB TKB topilmadi deb javob beriladi.
Havoni sanitar-mikrobiologik tekshirish
Havoni miqdoriy mikrobiologik tekshirish usullari sedimentasiya (cho‘ktirish), aspirasiya
yoki filtrlash prinsipiga asoslangan. Havo mikroflorasini tekshirish ikki yo‘nalishda olib
boriladi. Birinchi yo‘nalish atmosfera xavosiga sanitar-bakteriologik baho berish. Atmosfera
havosida SKB ( stafilokokk va streptokokk) 3,7% xollardagina aniqlanadi, asosan bu zonalarda
odamlar (shaharlar) ko‘p to‘planishi, zich yashashlari mumkin. Havo mikroflorasida asosan
tuproq mikroflorasi domenantlik qiladi.Atmosfera havosining bakterial ifloslanganligini
boholaydigan normativlar yo‘q.
Yopiq xonalar havosini sanitar-bakteriologik jihatdan tekshirish planli tartibda yaslilar va
bolalar bog‘chalarida, maktablar, kasalxonalar, operasiya xonalari, dorixonalar, kinoteatrlarda
olib boriladi.
Davolash muasassalarining havosi har bir kvartalda bir marotiba davlat SES tamonidan
joriy tekshiruv o‘tkaziladi. Kasalxona bakteriologik laboratoriyasi esa epid ko‘rsatma asosida
153
har oyda bir marotiba joriy tekshiruv o‘tkazadi. Gigienik va epidemiyaga qarshi o‘tkazilayotgan
joriy tekshiruvlarda 1m³ havosidagi UMS ( umumiy mikroblar soni) va SKB (oltinsimon
stafilokokk, gemolitik streptokokk va gram manfiy tayoqchalar, zamburug‘lar ( aptekalarda)
aniqlanadi.
Kasalxona xonalari havosida asosan oltinsimon stafilokokk, gemolitik streptokokklar70-
30% xollarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda operasiya oldi, operasiya zallarida, operasiyadan
kiyingi palatalarda, tug‘riq zallarida va reonimasiyalarda bu mikroorganizimlar topilmasligi
kerak. Havo mikroflorasiga sanitar –bakteriologik baho berishda quyidagi usullar qo‘llaniladi.
Sedimentasion ( Kox usuli) usul. Asosan yopiq xonalar havosini tekshirishda
qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, oziqli agar kuyilgap Petri kosachasi xonani
bir necha joyiga ochiq holda ma‘lum vaqtga ochiq qoldiriladi ( ko‘proq 20-30 min.). So‘gg
37°S da termostatga joylashtiriladi. Kosachalardan o‘sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 m³
havodagi UMS Omelyankiy formulasi yordamida topish mumkin.
a · 100 · 1000 · 5
x = --------------------------
b · 10 · t
Bu yerda x ─ 1 m³ havodagi mikroblar miqdori; a- Petri kosachasidagi oziqli muhitda
o‘sgan mikroblar soni; b- Petri kosacha yuza maydoni (πτ²); t –kosacha ochiq turgan vaqt,
minutlarda; 5- Omilyansiy xisoblashidagi vaqt; 10- mikroorganizimlar cho‘kishi zarur bo‘lgan
havo ob‘yomi;1000 – izlanilayotgan havo ob‘yomi litrda. Xisob qilishda xonaga qo‘yilgan har
bir kosachalardagi mikroblaro soni aniqlanib uning o‘rtacha miqdoriy ko‘rsatkichi (a ) olinadi.
Tekshirilayotgan xonalarda topilgan UMS 250 dan kam koloniya o‘sib chiqsa, havo toza
hisoblanadi. Koloniyalar soni 250—500 ta bo‘lsa, havo o‘rtacha ifloslangan, agar 500 dap ortiq
bo‘lsa nihoyatda ifloslangan bo‘ladi.
Aspirasion usul. Bu havodagi UMS aniqlashda juda ham aniq usul hisoblanadi. Havo
apparat yordamida ekiladi.
Havoni tekshirish uchun boshqa apparatlardan (Dyakov, Rechmenskiy, Kiktenko, PAB-1
— aerozol bakteriologik namuna oluvchi, POV-1 — havodan tekshirish uchun namuna oluvchi
apparat) ham foydalaniladi.
Bu aparatlar yordamida ma‘lum hajmdagi havo, suyuqlik yoki filtrlardan o‘tkaziladi.
So‘ngra o‘lchab, oziqli muhitga ekiladi. PAB-1 va POV-1 apparatlari yordamida ko‘p hajmdagi
havoni tekshirish orqali patogen bakteriya va viruslarni topish mumkin. Hozirgi vaqtda
kasalxonalar ichida yuqadigan infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmish patogen va shartli-
patogen baktsriyalarii (stafilokokklar, ko‘k-yiring tayoqchalari va boshqa grammanfiy
bakteriyalar) bevosita jarrohlik, akusher-ginekologik va boshqa bo‘limlarning havosini
tekshirish mobaynida topish mumkin.
Kasalxona ichida stafilokokk etiologiyali infeksiya paydo bo‘lganida, tekshirishlar
infeksiya manbaini, tarqalish yo‘llarini aiiqlashga qaratiladi. Atrof-muhitdagi ob‘ektlardan,
shuningdek bemorlar va kasalxona xizmatchilardan ajratib olingan stafilokokk kulturasi
na‘munasini bir xilligini ularni fagotiplarini tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi. Kasalxona
binolaridagi havolarga mo‘ljallangan UMS va Staph. aureus sonining normativ
ko‘rsatkichlari 20 -jadvalda keltirilgan.
Nazorat savollari
1. Atrof-muhitdagi mikroflorani o‘rganish usullari.
2. Cyv, havo va tuproqni saiitariya-baktoriologiya usullari bilan baholash.
3. Membran filtr usuli bo‘yicha suvning koli-indeksini aniqlash.
4. Krotov apparati va sedimentasiya usuli bilan havodagi mikrob sonini aniqlash.
5. Tuprosning perfringois-titri ia koli-titrini aniqlash usullari.
Namoish qilinadi
1. Gemolitik streptokokkning qonli agarda o‘sishi.
2. Staph. aureus ning tuxum sarig‘i va sut qo‘shilgan tuzli agarda o‘sishi.
3 Clostridium perfringens Kitto torasi muhitiga ekilganda o‘sishi.
154
4. Krotov apparati, membranali filtirlar
5. Tuproq, suv va havoning sanitariya-bakteriologik baho berishda qo‘llaniladigon
usullarnig sxemalari.
Mavzu: Infeksiya xaqida ta`limot Patogenlik va virulentlik. Oqrganish usullari.
Darsning maqsadi.Talabalarni infeksiyani inson organizmiga tushishi,infeksiya jarayoni,
patogenlik va virulentlik faktorlari bilan tanishtirish.Laboratoriya jonivorlariga infeksiyani
yuqtirish usullari va maqsadini tushuntirish. Talabalarni kimyoterapevtik moddalarning asosiy
guruhlari
va
ularni
mikroblarga
qarshi
ta‘sir
mexanizmi
bilan
tanishtirish.
Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo‘llari haqida
tushuncha xosil qilish.
Darsning vazifasi.
Talabalarga laboratoriya hayvonlariga infeksiyani yuqtirish usullarini o'rgatish.
Mikroorganizmlarni virulentlik darajasini ko'rsatuvchi dozalar bilan tanishtirish. Talabalarga
kimyoterapevtik preparatlar faolligini aniqlash usullarini o‘rgatish.
O'quv jarayoning mazmuni.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi (patogen ) mikroorganizmlar.
2.Kasallik bilan o'lgan jonivorlarni yorib ko'rish va mikrobiologik jihatdan o'rganish.
3.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta‘sir
mexanizmi.
4.Antibiotiklar:umumiy ma‘lumotlar.
5.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
6.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish
yo‘llari.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi ( metod, forma, vosita, usul, nazorat,
baholash)
A) Darsning turi - suhbat.
B) Metod -1 "Qopdagi mushuk" 2."Qor bo'ron" ish o'yini 3. " Interaktiv usul."
V) Forma (shakl) - guruh.
G) Vosita - doska, tarqatma material,tablitsa,tayyor preparat, mikroskop, kompyuter,labarator
idish, uskunalar.
D) Usul - nutqli.
E) Nazorat - kuzatish (ko'rish)
J) Baxolash - o'z- o'zini va umumiy baxolash.
Metodlar.
1."Qopdagi mushuk" ish o'yinini o'tkazish uslubi.Ish uchun zarur.
1. Davra suhbati‖, 2. ―Qor bo‘ron‖ ish o'yinini o'tkazish mеtodikasi.
.
5.1 "Qor bo'ron " ish o'yini
Maqsad:
Gurux talabalarining hammasini bir vaqtning o'zida bilimini nazorat qilish.
Ishni o'tkazish tartibi:
Gurux 2-3 talabadan iborat kichik guruxlarga bo'linadi.Gurux talabalarining xammasi
bitta savol yoki vaziyatli masalani o'zaro taxlil qilishadi.Har bir to'g'ti javob bergan
guruxchaga ball sifatida qor qor bo'ron yozib qo'yiladi.Natijada eng ko'p bo'ronlar to'plangan
guruxcha g'olib bo'ladi. Guruh 2-3 talabadan iborat kichik guruhchalarga bo‘linadi. Guruh
talabalarining hammasi bitta savol yoki vaziyatli masalani o‘zaro taqlil qilishadi. Har bir to‘g‘ri
javob bеrgan guruhchaga ball sifatida qor bo‘ron yozib qo‘yiladi. Natijada eng ko‘p bo‘ronlar
to‘plangan guruhcha qolib bo‘ladi.
155
Ish o'yini uchun savollar.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima?
2.Patogenlik va virulentlik nima?
3.Infeksiya,infeksion jarayon.infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.
4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.
5.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta‘sir
maxanizmi.
6.Antibiotiklar:umumiy ma‘lumotlar.
7.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
8.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo‘llari.
9. Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks
nimaligini aytib bering.
10. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta‘sir etish
mexanizmlari.
11.Antibiotiklar rejasini aytib bering.
12. Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o‘zlashtirma chidamliligi.
13.Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo‘llari.
14.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
15.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.
6. O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.
1.Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usullari.
2.Laboratoriya hayvonini yorish,o'qituvchi bilan birgalikda.
3.Surtma tayyorlash va gramm usuli bilan bo'yash,mikroskop orqali kuzatish va dafatrga
chizib olish.
4.Tayyor preparatlarda fagositoz hodisasanini mikroskop orqali kuzatish, metodik qo'llanmalar
bilan mustaqil ishlash.
5.Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini antibiotiklar shimdirilgan standart disklar metodi
bilan aniqlash.
6.Turli darajada suyultirish usuli bilan atibiotiklarning aktivligini aniqlash.
7.Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo‘yicha aniqlash.
8.Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.
Infeksiya xaqida ta'limot.
Infeksiya (lotincha, infection-yuqtiraman,tashqaridan biron narsani kiritaman) degnada
odam, hayvon,o'simlik organizmiga tushgan mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladigan
jarayon tushuniladi.
Infeksion jarayon- bu makroorganizmga patogen mikrob ta'sir qilishi natijasida yuzaga
keladigan fiziologik va patologik o'zgarishlar majmuidir. Infeksion jarayon quyidagi omillar: a)
patogen mikroblar va ularning hayot faoliyati davrida ishlab chiqaradigan maxsulotlari :
b) jarayon rivojlanishi davridagi makroorganizm holati ; v) tashqi muhit sharoitlari ;
g) ijtimoiy omillar ta'sirida rivojlanadi.
Yuqumli kasalliklar boshqa kasaliklardan (somatik,genetik) ko'pgina xususiyatlari bilan
farq qiladi. Avvalo, yuqumli kasalliklarni maxsus patogen mikroblar qo'zg'atadi,mikrob
organizmga tushgandan so'ng kasallik darxol namoyon bo'lmay, ma'lum bir yashirin davr
o'tadi. U xastalangan odamdan sog'lom kishilarga yuqib, katta xududlarga tarqalishi mumkin.
Evolyutsion rivojlanish jarayonida odam va xayvonlarning xujayra va to'qimalarida
tekinxo'r hayot kechirishga moslashgan va ularga zaxarli ta'sir etib fiziologik holatni izdan
chiqaradign mikroblar patogenlar deb ataladi.
Patogenlik - mikroorganizmlarning infeksion jarayonini yuzaga keltira oladigan potensial
xususiyati. Patogenlik faqat ma'lum bir sharoitda, yani unga moyil bo'lgan organizmdagina
amalga oshadi, shuning uchun potensial xossa xisoblanadi.Masalan,bo'g'ma bakteriyasi yoki
vabo vibrioni faqat odam uchun patogen bo'lib, xayvonlarga nisbatan hech qanday xavf
156
tug'dirmaydi. Aksincha, qoramol, cho'chqa,it,yoki tovuq o'latining viruslari odam uchun
zararsizdir.
Patogenlik maxsus bo'ladi, ya‘ni mikrob tabiiy yo'l bilan organizmga tushganda ma'lum
bir to'qima va a'zolarda shu tur kasallik qo'zg'atuvchisiga xos bo'lga n patomorfologikva
patofiziologik o'zgarishlar keltirib chiqaradi, Bu infeksiyaga muvofiq patogenetik va klinik
ko'rinishlarda
namoyon
bo'ladi.
Muhitning
ma'lum
bir
sharoitlarida
patogen
mikroorganizmning genotipi,virulentlik va toksik xususiyatlari fenotipik tarzda ro'y beradi.Bu
sharoitlar organizmning ximoya tizimlari holati, ya'ni yuqumli omil bilan kurasha olish
qobiliyatiga
bog'liq.Shunga
ko'ra
ularning
patogenlik
darajasi
virulentlik
dep
nomlangan.Patogen mikroblar turli shtammlarning virulentligiga moyil hayvonlarni o'ldira
oladigan eng kam miqdoriga qarab belgilanadi.
Mikroblarning ularga sezgir xayvonning 80-95 % ini ma'lum vaqt ichida o'ldira oladigan
eng kichik miqdori minimal letal doza ( lot.dosis letalis minima- DLM)deb ataladi.100 %
tajriba hayvonlarini o'ldiruvchi miqdori DSL (loy.dosis letalis -50 ishlatiladi,bu patogen
mikroorganizmlarning tajriba xayvonlarining 50 % ini o'ldirishga qodir miqdorini bildiradi.
Patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'ata oladigan miqdoriga infeksion miqdoriga
infeksion doza (ID) dep ataladi. Masalan, qorin tifi ( ich terlama ) bakteriyalarning o'rtacha
yuqumli miqdori 10, El-Tor vabo vibrionlari uchun 10-10, ichburug' bakteriyalari uchun esa 10-
100 ta mikrob xujayrasiga teng.Yuqumli kasallikning og'ir yoki yengil kechishi hamda
asoratlari mikrobning organizmga tushgan joyi va miqdoriga bog'liq.
Yuqumli kasallikga moyil organizmga tushgan patogen mikrobning bitta hujayrasi
o'rtacha xar 20 minutda bo'linsa , 6 soat dovomida uning soni 250000 ga, yana bir necha
vaqtdan so'ng milliardga yetb og'ir shikast yatekazishi mumkin.
Boshqa belgilar kabi mikroblarning virulentligi xam o'zgarib turishi mumkin.Bu yo‘l
fenotipik ko'rinishda, yo'ki genlardagi mutatsiyalar xisobiga amalga oshadi.Masalan, fenotipik
o'zgarishlar ( virulentlikning kamayishi) bakteriya kulturasining " qarishi " noqulay sharoitda
o'stirilishi natijasida yuzaga keladi. Lekin , bu o'zgargan mikroblar qulay sharoitlarda , maxsus
oziq muxitlarda ekilsa, ular o'z virulentligini tiklay oladi. A virulent mutantlari olishda
mikroorganizmlarga xar xil fizik va kimyoviy omillar ta'sir ettiriladi.Virulentligi pasaygan yoki
yo‘qolgan (avirulent) mikroorganizm shtammlaridan tirik vaksinalar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |