Patogenlik va Virulentlik omillari.
Patogen mikroorganizmlarning virulentligi,ularning adgeziv,kolonizatsiya qilish yoki
ko'payishi,invaziv,ximoya omillarini ( birinchi navbatda fagositoz qiluvchi hujayralar
faoliyatini ) susaytirish ,zaharli moddalar ishlap chiqarish kabi xossalari orqali amalga oshadi.
Adgeziya va kolonizatsiya. Infeksion jarayon boshida,mikrob xujayralari ularga
ta'sirchan makroorganizm xujayralariga yopishib oladi ( adgeziya qiladi ) so'ngra u yerda
ularning ko'payishi (kolonizatsiya) boshlanadi.
Adgeziya(lot.adhasio-yopishish)da
mikrob
epiteley
xujayrasining
ustki
qismiga
yopishadi.Bu
jarayonda
bir
tomondan
nomaxsus
fizik-kimyoviy
omillar(
mikrob
xujayralarining gigrofobligi,membrana usti zaryadlari va boshqalar), ikkinchi tomondan maxsus
tuzilmalar ( adgezinlar, retseptorlar ) qatnashadi.
Adgezinlar asosan oqsil tabiatli tuzilmalar bo'lib,ularning maxsusligi xisobiga bir tur
mikroorganizmlar nafas yo'llarining,ikkinchilari - ichak yo'llari,uchinchilari -siydik- tanosil
a'zolarining epiteleylariga birikadi va x.k.
Ko'pgina grammanfiy bakteriyalarda tukchalar adgezinlar vazifasini bajaradi.Grammusbat
bakteriyalada esa hujayra devoridagi oqsil va lipoteyxova kislotalari shunday xossaga ega.
Odam to'qimasi xujayralarida har xil : tabiiy, induksiya qilingan va orttirilgan retseptorlar
mavjud.Tabiiy
retseptorlar
epiteley
xujayralarida
joylashgan
bo'lib,ularga
moyil
bakteriyalarning adgeziyasida qatnashadi. Induksiya qilingan retseptorlar viruslar o'ziga sezgir
xujayralarga absorbsiya qilganidan keyin paydo bo'ladi.( masalan.gripp virusi) so'ngra bu
xujayralarga har xil bakteriyalar ( masalan.stafilakokk,streptokokk.) yopishishi mumkin.
157
Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar o'ziga moyil to'qima xujayrasiga birikkanidan
so'ng uning ustki qismi yoki ichiga kirib tezda ko'payishiga ( kolonizatsiya qilishga ) xarakat
qiladi.Agar shunday qilmasa ,maxalliy ximoya omillari va normal mikrofloraning antogonistik
ta'siri xisobiga tezda nobud bo'ladi.
Penetratsiya (lot.penetrate-kirib olish)bir necha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar
epiteley xujayralari. Leykosit va limfositlar sitoplazmasiga kira olish
(penetratsiya qilish) xususiyatiga ega. Ichakning epiteley xujayralariga shigella, ma'lum
tip ichak tayoqchasiga salmonollelar kira oladi. Bunda xujayra parchalanadi. Epiteliy
qavatining butunligi buzilib, muvofiq a'zo yoki to'qimada patologik jarayon rivojlanadi.
Invaziya (lot.invasio-xujum qilish) Patogen mikroblarning organizmga kira olish
xususiyati to'qimalarni yemira oladigan yoki har xil xujayralarni shikastlaydigan fermentlar
ishlab chiqarishiga bog'liq. Ko'pgina patogen mikroblar (Cl.perfringens, Streptococcus,
Starhylococcus va boshqalar) da gialuron kislotani yoki birikturuvchi to'qima asosini tashkil
etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialurondaza fermenti topilgan. Bu ferment
mikroblarning organizmga tez tarqalishiga imkon beradigan patogenlik omillaridan biri
xisoblanadi.
Vabo vibrioni, streptokokk kabi mikroorganizmlar neyraminidaza fermenti ishlab
chiqaradi, bu ferment har xil glikoprotoid glikolipid polisaxaridlar tarkibidagi neyramin
kislotasini tanlab parchalaydi, natijada har xil to'qimalarning o'tkazuvchanligi ortadi. Shuning
uchun mikroblar neyraminidaza yordamida nafaqat to'qimalar, balki xujayralar ichiga ham kirib
olishi mumkin.
Stafilokokk streptokokklar qon va turli a'zo xujayralarining qobig'ini yemiradigan
lesitinaza va leykosidin, eritrositlarni lizisga uchratadigan gemolizin ishlab chiqaradi.
Agressiv omillar. Organizmning ximoya kuchlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar agresinlar
deb yuritiladi. Bakteriya xujayrasining ustki qismida joylashgan kapsulalar
(polisaxaridlar, oqsillar) tilla rang stafilokokklarning xujayra devoridagi A-oqsili,patogen
streptokokklarning
M-oqsili,
grammanfiy
bakteriyalarning
lipopolisaxaridlari,
mikobakteriyalarning kort -omili, o'lat bakteriyasining V-va W - antigenlari shunday
xususiyatga ega moddalardir. Bu omillar leykositlar xemotaksisini susaytirib, fagositozning
amalga oshishiga to'sqinlik qiladi. Boshqa taxminlarga ko'ra. yuqorida sanab o'tilgan omillar
opsoninlar (antitelolar) yoki komplement ma'lum bir komponentlarning faolligiga ta'sir
ko'rsatadi.
Fermentlar yordamida xam organizm ximoya to'sig'ini yengib o'tishi mumkin. Bularga
proteaza, qon plazmasini ivitadigan koagulaza, fibrinni eritadigan fibrinolizinlar misol bo'la
oladi
Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari) Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar
kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi.
Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez
qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini
va boshqalar) qisman (Bord.pertussis leykotoksini, Vl.teteani tetanospazmini, Cl.botulinum
neyrotoksini,) va umuman sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis "
sichqon toksini") ga bo'linadi. Oxirgi xillari faqat bakteriya xujayrasi parchalangandan keyin
tashqariga tushadi. Binobarin, oqsil tabiatli toksinlar nafaqat mikrob virulentligining amalga
oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi.
Lipopolisaxaridlar (LPS) bakteriyaning xujayra devorida joylashgan bo'lib bu tuzilma
parchalangandan so'ng tashqari tushadi.
Oqsil tabiatli toksinlar. Bu xilga mansub 80 dan ortiq bakteriya zaharlari tafovut
qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik
faolligi bilan farq qiladi.
Oqsillar asaosan termolabil bo'lishiga qaramay, ularning issiqqa chidamli turlari xam
mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100
C da xam bir necha minut saqlanib qoladi. Ekzotoksinlar a'zo va to'qimalarga
158
moyilligi,zaxarliligi,antigenligi, immunogenligiva boshqa belgilari bilan ta'riflanadi. Ta'sir
mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi.
Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi.
Membranotoksinlar- eritsosit (gemolizin) va leykositlar (leykosidin) o'tkazuvchanligini
oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi.
Funksional blokatorlar- xujayra adenilatsiklaza fermenti faolligini oshiradigan
enterotoksinlar, ular ta'sirida ingichka ichak devorining o'tkazuvchanligini oshadi va suyuqlik
ko'p miqdorda chiqib ketishi xisobiga diareya yuzaga keladi. Masalan, patogen vabo vibrioni
ishlab
chiqaradigan
xolerogen,enterobakteriyalarning
enterotoksinlari
xuddi
shunday
xususiyatga ega.
Patogen stafilokokk va streptokokklar ishlap chiqaradigan eksfoliatin va eritrogenlarning
xujayralarning o'zaro va xujayra aro moddalar ta'sirlashuvi jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Bir
qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi.
Endotoksinlar bakteriya qobig'i bilan bog'langan bo'lib, organizmda mikrob xujayrasi
parchalangandan so'ng ajralip chiqadi. Endotoksinlar kimyoviy tarkibi bo'yicha LPS bo'lgani
uchun,ko'proq grammanfiy bakteriyalarda uchraydi. Ular glyusido-lipido-protein birikmasidan
iborat bo'lib, issiqqa chidamli (termostabil), avtoklavda xam o'z kuchini saqlab qoladigan
preteolitik fermentlar ta'sirida parchalanmaydi, endotoksin formalin ta'siriga ham chidamli.
Endotoksin tajriba xayvonlariga katta miqdorda kiritilsa, fagositozning pasayishi, xolsizlik
kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, yurak faoliyati susayadi, tana xarorati pasayadi. Aksincha,
kichik miqdorda kiritilsa, qarama-qarshi xolat kuzatiladi: fagositoz kuchayadi, tana xarorati
ko'tariladi va x.k. LPS qonga tushgach qon xujayralariga ta'sir ko'rsatib, ulardan pirogen
moddalar ajraladi, natijada odam isitmalaydi.
Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va
ijtimoiy sharoitlarning axamiyati.
Yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi odam organizmning reaktivligi, patogen
qo'zg'atuvchi uchun kerakli moddalar, immunitet xolati, mikrobning patogenligi va virulentligi,
tashqi muxit ta'siri va ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu omillarning munosabatiga qarab
infeksion jarayon qo'zg'atuvchisi yoki xo'jayini o'limi yoki xo'jayin bilan parazit o'rtasida
moslashuv yuzaga kelishi mumkin. Organizmning yuqumli mikrobga ta'sirchanligiga
asab,endokrin, immun, va boshqa tizimlar xolati, jinsi, yoshi ma'lum bir fiziologik xolatlar ta'sir
ko'rsatadi. Ko'p hollarda organizm ximoyasining susayishiga och qolish, sovqotish, isib ketish,
nurlanish, alkogolizm va boshqalar sabab bo'ladi. O'z navbatida to'g‘ri ovqatlanish, kerakli
vitaminlarni vaqtida olish, sarishtalik qoidalariga rioya qilish, yashash va ishlashni to'gri yo'lga
qo'yish, o'z vaqtida dam olish.organizmni chiniqtirish va sport bilan shug'ullanish yuqumli
kasalliklarning oldini oladi. Uzoq vaqt och qolish yoki to'g'ri, to'la-to'kis ovqatlanmaslik
natijasida sil. ichburug', furunkulyoz kabi kasalliklar rivojlanadi. Infeksion xolatlarning
rivojlanishida gipovitaminozlarning (ayniqsa A.B.C guruh) ahamiyati katta. Tana xaroratining
pasayishi organizmdagi patogen va shartli-patogen mikroblarning ko'payib xar-xil kasalliklar
keltirib chiqarishiga sabab bo'ladi.
Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaring organizmga tushishi va kasallikning
rivojlanish davri.
Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz, zoonoz va sopronoz infeksiyalar
tafovut qilinadi. Antroponoz infeksiyalar (qorin tifi, ichburug', vabo, qizamiq, zaxm so'zak va
boshqalar) faqat odamlarga yuqadi, Antropozoonoz infeksiyalar (toun, kuydirgi, brutselyoz,
quturish va x.k.) odam va xayvonlarga yuqadi. Bunda kasal va bakteriya tashuvchi odam xamda
xayvonlar infeksiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Zoonoz infeksiyalar (tovuq, va itlar o'lati)da
faqat xayvonlar oziqlanadi. Sopronoz infeksiyalarda tashqi muxit kasallik qo'zg'atuvchi manba
(suv, xavo tuproq va boshqalar) xisoblanadi. Patogen mikroorganizmlarning organizmga
kiradigan a'zo va to'qimalari infeksiyalarning kirish darvozalari deb ataladi.
159
Yuqumli kasallik davri.
Yashirin (inkubatsion) davr, patogen mikrob organizmga tushganidan boshlab to
kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lgungacha o'tadigan vaqt. Yashirin davrning muddati
odam organizmning umumiy rezistentlik va immunitet darajasi, tashqi muxit va ijtimoiy omillar
ta'siri, patogen mikrobning tushgan miqdori va virulentligiga bog'liq. Agar organizm tushgan
mikrobni ximoya omillar yordamida yengsa, unda kasallik rivojlanmasligi ham mumkin.
Prodromal davr. Bu davrda patogen mikrob o'ziga moyil a'zo yoki to'qimada ko'paya
boshlab, agressiv ferment va toksinlar ishlab chiqaradi. Prodromal davr bir necha soatdan bir
necha kungacha davom etadi. Bu davrda kasallikga xos umumiy belgilar: tana xaroratining
ko'tarilishi, bosh og'rig'i, darmonsizlik.lanj bo'lish, ishtaxa yo'qolishi va boshqalar paydo
bo'ladi.
Kasallikning avj olish davrida bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon bo'ladi. Bu
davrda kasalik qo'zg'atuvchisi yanada ko'payib,organizmda gemotagen, limfogen va neyrogen
yo'llar bilan tarqaladi. Bu davr turli kasalliklarda turlicha davom etadi va patogen mikrob
tutuvchi bemor atrofdagilar uchun xavfli xisoblanadi. Shu bilan birga.immun tizim omillari
kasallik qo'zg'atuvchisi bilan kurasha boshlaydi. Agar bu kurashda patogen mikroorganizm
g'olib kelsa bemor nobud bo'lishi mumkin. Aksincha, organizmning ximoya omillari yengib
chiqsa, keyingi tuzalish davri (rekonvalesensiya) boshlanadi, bunda organizmning zararlangan
a'zo to'qima va xujayralari asta-sekin tiklanib, fiziologik xolat barqarorlashadi.
Infeksiya shakllari va ularning tavsifi.
Infeksiya va infeksion jarayon shakllari xar xil bo'lib, bu kasallik qo'zg'atuvchisining
tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq.
Ekzogen infeksiya - patogen makroorganizmning odam organizmiga tashqaridan oziq-
ovqat maxsulotlari, suv, xavo,va tuproq kasal odam, mikorb tashuvchi va rekonvalesentlarning
chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar.
Endogen infeksiya - ma'lum bir sharoitda odamning normal mikroflorasiga kiruvchi
shartli -patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'atishi.Bunday holat ko'pincha har xil
sabablarga ko'ra, masalan organizmning ximoya omillari susayganda,uzoq vaqt antibiotiklar
qo'llanilganda yuz beradi.Disbakterioz.appendisit,xolisistit kabi kasalliklar shular jumlasiga
kiradi.
Autoinfeksiya - endogen infeksiyaning bir turi bo'lib odam mikroflorasi bir biotopdan
ikkinchisiga ma'lum bir sabablar bilan tushganida yuzaga keladi. Makro - va mikroorganizm
o'rtasidagi muvozanatning buzilishi infeksiya o'chog'i faollashib patogen mikrobni
gematogen,limfogen, va neyrogen yo'l bilan organizmda tarqalishiga olip keladi. Bakteriyalar
qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa , virussemiya
xolati yuzaga keladi. Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda
ko'payib, sepsis yoki septisemiya xolatini vujudga keltiradi. Kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya
turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya- bir tur mikroorganizm qo'zg'atadigan
kasalliklar (masalan, gripp, so'zak, zaxm, vabo va boshqalar ): aralash (mikst) infeksiya - bir
necha tur patogen mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan kasalliklar .Yuqumli kasallikning
qaytalanishi bo'yicha quyidagi turlari mavjud : reinfeksiya - bemor kasallikdan tuzalgandan
keyin qisqa vaqt ichida xuddi shu tur infeksiya qo'zg'atuvchisining organizmga qayta tushib
kasallik paydo qilishi. Residiv - kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib, ma'lum
vaqtdan so'ng kasallik belgilarining qaytalanishi, Masalan, osteomielit.qorin tifi, sil va
boshqalar. Superinfeksiya - bemor tuzalmasdan, xuddi shu tur patogen mikroorganizmning
uning organizmiga tushishi. Masalan, zaxm kasalligida. Kasallik kechish muddatiga ko'ra ham
farq qilinadi : o'tkir infeksiya va surunkali infeksiya.
Mikroorganizmlarning antagonizm xususiyati.
Antagonizm—mikroorganizmlarning bir turining(bakteriya, zamburug‘, antinomisetlar)
boshqa bir turning o‘sishi va ko‘payishini ozuqa uchun kurash maqsadida to‘xtatib qo‘yadi.
Antogonizm namoyon bo‘lishi: metabolizmning achchiq mahsulotlarni ajratishi PH
kamayishi, protiolitik valigolitik fermentlar ajratish, mikotoksin, fitonsid, antibiotiklarni
160
ajratish. Antagonistik xususiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarga mog‘or zamburig‘I, tuproq
aktinomisetlar ,achigan sut bakteriyalari misol bo‘la oladi.
Nazorat savollari.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima?
2.Patogenlik va virulentlik nima ?
3.Infeksiya,infeksion jarayon. Infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.
4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.
5 Yuqumli kasalliklarning yuqish yo`llari.
Mavzu: Immunitet va immun sistema. Immun kimyoning infeksion kasalliklarni oldini olishdagi
ahamiyati
Darsning maqsadi: Immunitet, antigen, antitela haqida tushuncha olish.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
darsning turi - suhbat
.
a)
metod - 1. ―Qopdagi mushuk‖ , 2. ― Qo'r boron‖, 3. ―Interaktiv usul‖ v) forma (shakl) -
gurux
b)
g) vosita - doska, tarqatma material, jadval, tayyor preparat, mikroskop, bo‘yoqlar,
reaktivlar, kompyuter
c)
usul - nutqli
d)
nazorat- kuzatish (ко 'rish)
e)
j) baholash - o‘z - o‘zini va umumiy baholash
.. 1 “Qopdagi mushuk‖ isli o‘yinini o‘tkazish usJubi.
-
Ish uchun zarur
,,
Guruhdagi talabalar soniga qarab qur‘a tashlash uchun
Topshiriqlar variantlarining to‘plami, sonlar
,
t
. .
Toza qog‘oz varog‘lari.
.
lshni bajarish tartibi.
1)
Qur‘a tashlash yo‘li bilan gurux 3-4 ta talabadan iborat bo‘lgan kichik guruxlarga
bo‘linadi.
2)
Har bir kichik gurux alohida stol atrofida o‘tiradi toza qog‘oz varog‘i va ruchka
tayyorlanadi.
3)
Varoqda sana, gurux soni, ish o‘yinini nomi, shu kichik guruxda ishtirok etadigan
talabalar familiyasi, ismi, sharifi yoziladi.
4)
Xar bir kichik guruxlarni bitta qatnashchisi o‘qituvchini oldiga kelib kanvertdan
topshiriq variantini oladi.
5)
Talabalar varoqga o‘zlarining topshiriqlarini ko‘chiradilar va ish bajarish uchun 15 mm
vaqt beriladi.
6)
Kichik guruxlar topshiriqni muxokama qiladilar va to‘liq javobni yozadilar.
7)
O‘qiluvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko‘chirmasligi va boshqa guruxlar bilan aloqa
qilmasligi kerak.
8)
15 min o‘tgandan so‘ng javob varaqalari yig‘ib olinadi.
9)
Q‘qituvchi dars davomida topshiriqlar to‘g‘ri, to‘la, tartib bilan bajarilishini tekshiradi.
10)
Kichik guruxlarni hamma ishtirokchilariga bir hil ball qo‘yiladi.
11)
Darsni joriy baxolashda talabalami olgan ballari e‘tiborga olinadi
Variant-II.
1.
Fagotsitoz jarayonini tushuntirib bering?
2.
Immunitet turlarini sanab bering?
3.
Antitelalar va antigenlarning o‘zaro munosabati qanday?
Variant-II.
1.
Immunitetning reaksiyalarinin sanab bering?
2.
Agglyutinatsiya reaksiyasini gapirib bering?
161
3.
Interaktiv usui.
Kompyuter yordamida mavzu bo'yicha video va audio materiallari bilan tanishish.
O‘quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.
1.
Zardoblar layyorlash.
2.
Antigenlar sinab ko‘rilayotgan mikroorganizmlarning tortmasini tayyorlash
3.
Talabalarning o'z ustida ishlash uchun lozim bo'Igan metodik qo'llanmalar. (nazariy
materiallar)
4.
I. IMMUNITET HAQIDA TUSHUNCHA. Immunitet lotincha so‘z bo‘lib, immunitas-
ozod bo‘lish yoki qutqazish ma‘nosini bildiradi.Bu murakkab fiziologik moslashish
kompleksidir. Shu moslashish kompleksi organizmga tashqaridan genetik informatsiyani
tashuvchi tirik organism yoki moddalarni kirishga to‘sqinlik qilib yo‘l bermaydi. Organizm
faqat yuqumli kasal qo‘zg‘atuvchilarga va ular ishlab chiqargan zaharli moddalargagina qarshi
turmasdan, u begona to‘qimalarga ham qarshi turadi. Organizmning begona to‘qimalarga
bunday qarshi turish qobiliyati transplatatsion deb nom olgan. Immunitetni o‘rganadigan fan
immunologiya deyiladi. Immunitet paydo bo‘lishi juda murakkab hodisadir. U butun
organizmning ishtiroki bilan vujudga keladi, ammo immunitetni paydo bo‘lishida asosiy rolni
markaziy nerv sistemasi o‘ynaydi. Bulling ta‘sirida retikula - endothelial sistemaning fagotsitar
funksiyasi zo‘rayadi va organizmga kirgan mikrobning yoki uning zaharini zararsizlash uchun
immune modda (antitela) paydo bo‘ladi. Organizmning anatomic va fiziologik hususiyatlari
uni turli pathogen mikroblardan qo‘riqlab turishda, ya‘ni immunitetli bo‘lishida katta
ahamiyatga ega. Yetarli ovqatlanmaslik, A va С vitaminlarning yetishmasligi, organizmning
qizib ketishi yoki sovub qolishi, o‘ta charchashlar immunitet vujudga kelishida katta ta‘sir
ko‘rsatadi.
II. IMMUNITETNING TURLARI. Immunitetning paydo bo‘lishiga qarab uni bir necha
turlarga bo‘lish mumkin. Bular: infektsion immunitet va infektsion bo‘imagan, ya‘ni
transplatatsion immunitet. Infektsion immunitet spetsifik va spetsifik bo‘lmaganlarga bo‘linadi.
Spetsifik bo‘lmagan immunitet tabiiy yoki tug‘ma va organizmni himoya qiiish anatoma -
fiziologik faktorli bo‘ladi. Tabiiy yoki tug‘ma immunitet o‘z navbatida ikkiga: absolyut yoki
mutloq va nisbiyga bo‘linadi. Ular ham aktiv va passivga bo‘linadi. Aktiv immunitet steril va
steril bo‘lmaganga bo‘linadi. 1898 yilda N. N. Chistovech va J. Barde degan olimlar immunitet
faqat mikroorganizmlarga va uiarning zaharlariga emas, balki to‘qimalarning hujayralariga ham
hosil bo‘lishini aniqladilar. Bu spetsifik emas, ya‘ni transplantatsion immunitetni o‘rganishga
sabab bo‘ldi.
Organ va to‘qimalarni boshqa organizralarga ko‘chirish paytida katta rol o‘ynaydi.
Spetsifxk bo‘lmagan immunitet boshqa organizmdan olingan va to‘qimalarga' qarshi turishga
qobiliyatlidir.
Bu hodisaning aksinchasi - immuniologik tolerantlikdir. Inymmiologik tolerantlik, ya‘ni
immunologik chidamlilik to‘g‘risida F. Bernet degan olim aytib o‘tgan. Lekin 1953 yili
olimlardan P. Medavar va M. Gasheklar embrional rovojlanish paytida antigen ta‘sir etilgan
organizm, tug‘ilib katt bo‘lganda shu antigenga - organ va to‘qimalarga qarshi turish
qobiliyatiga ega emasligini isbotladilar. Ya‘ni bunday organizmlarda immuniologik tolerantlik
hosil bo‘ladi va shu to‘qimalarga qarshi qobiliyat bo‘lmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, immunitetning yana bir turi infektsion immunitetdir.
Infektsion immunitet o‘z navbatida spetsifik va spetsifik bo‘lmaganlarga bo‘linadi. Spetsifik
bo‘lmagan immunitet tug‘ma immunitet bo‘lib, mexanik, fizikaviy va biologic faktorlarga
organizmning qarshi turish qobiliyatidir.
Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib, homila ona
qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi
mumki. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6-8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin
tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga
chalinmasligini ta'minlaydi
162
Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) natijasida orttiriladi.
Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya,
ularning zaharlari, viruslar yuborilgandan so'ng hosilbo'ladi. Masalan, ko'kyo‘tal, bo'g'ma,
chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta
qurilish yuzaga keladi, ya'ni qo'zg'atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda
(antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmlar va ular
ishlab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3-4 hafta
ichida hosil bo'ladi va 3 oydan 1 yilgacha saqlanadi.
Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborish natijasida yuzaga keladi.
Immunitetning bu turi organizmga antitelo, zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil
bo'ladi va faqat 15-20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib
ketadi.
Mahalliy immunitet tushunchasini fanga A . M . B e z r e d k o kiritgan. U organizm
to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega, deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya
qo'zg'atuvchilarning kirishiga to'siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy
immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to'qima va a'zolarning mikroorganizmlarni
yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.
Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardan
so'ng yoki vaksina (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan
vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.
Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli ta'sirlari (toksinlari)ga nisbatan hosil
bo'ladi.
Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi
uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol
virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi.
Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi.
Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida
bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion
immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida
o'z aksini topadi. Nospetsifik himoya deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam
tanasi yuzasidagi va organizm ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi.
Spetsifik himoya omili organizm kasallik qo'zg'atuvchisi yoki toksinlar bilan to'qnashganda
hosil bo'ladi, bu omillarning ta‘siri faqat shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi
qaratilgan bo'ladi.
Spetsifik bo‘lmagan immunitet ikkiga bo‘linadi:
Tabiiy yoki tug‘ma.
Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari.
Tabiiy yoki tug‘ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo‘lib, nasldan - naslga o‘tadi.
Masalan, qoramollar, otlarning manqa kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa
cho‘chqalarning va itlarning toun kasalligiga sezgir emas. Hayvonlarda va odamlarda
bo‘ladigan bunday immunitet tabiiy, tug‘ma va zotiga xos immunitet deyiladi. Bunday
immunitetning paydo bo‘lishi sababi har xildir. I. M. Mechnikov tug‘ma immunitetning bir
turim kaltakesak va toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan.
U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va toshbaqaning terisi ostidan
yuborib, bu toksin ularga hech ta‘sir etmaganligini, ya‘ni ularni shu toksinga immunitetli
ekanligini aniqlagan.
Tabiiy tug‘ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga bo‘linadi. Absplyut yoki
mutloq immuniteti bo‘lgan hayvonlar kasallik qo‘zg‘atuvchilarning miqdori katta yoki shu
qo‘zg‘atuvchi mikrob uchun nihoyatda qulay sharoit bo‘lishiga qaramay kasallanmaydilar.
163
Misol uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan kasallanmaydi,
ya‘ni otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut immunitet bor.
Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va biologic faktorlar yoki tashqi
muhitning ta‘sirida qo‘zg‘tuvchi mikroorganizmiaming katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu
qo‘zg‘tuvchi mikroorganizmlargaorganizmning qarshi turish qobiliyati yo‘qoladi. Masalan,
tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo‘zg‘tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga
avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi.
Dostları ilə paylaş: |