Amaliy qism: Talabalar oldindan tayyorlab qo‘yilgan vaksinalar, immun zardoblar,
anatoksinlar bilan tanishadilar. Ular haqida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘ladilar.
Mavzu : Kimyoterapevtik preparatlar , ularning immun sistemaga ta`siri. Antibiotiklar
olinishi va biotexnologiyada ishlatilishi.
Darsning maqsadi. Talabalarni kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularni
mikroblarga qarshi ta‘sir mexanizmi bilan tanishtirish. Mikroorganizmlarning kimyoviy
preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo‘llari haqida tushuncha xosil qilish.
Darsning vazifasi.
Talabalarga kimyoterapevtik preparatlar faolligini aniqlash usullarini o‘rgatish.
O'quv jarayoning mazmuni.
1..Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta‘sir
mexanizmi.
2.Antibiotiklar:umumiy ma‘lumotlar.
3.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
4.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish
yo‘llari.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
( metod, forma, vosita, usul, nazorat, baholash)
A) Darsning turi - suhbat.
B) Metod -1 "."Qor bo'ron" ish o'yini . " Interaktiv usul."
V) Forma (shakl) - guruh.
G)
Vosita
-
doska,
tarqatma
material,tablitsa,tayyor
preparat,
mikroskop,
kompyuter,labarator idish, uskunalar.
D) Usul - nutqli.
E) Nazorat - kuzatish (ko'rish)
J) Baxolash - o'z- o'zini va umumiy baxolash.
Metodlar.
1."Qopdagi mushuk" ish o'yinini o'tkazish uslubi.Ish uchun zarur.
1. Davra suhbati‖, 2. ―Qor bo‘ron‖ ish o'yinini o'tkazish mеtodikasi.
.
5.1 "Qor bo'ron " ish o'yini
Maqsad:
Gurux talabalarining hammasini bir vaqtning o'zida bilimini nazorat qilish.
Ishni o'tkazish tartibi:
Gurux 2-3 talabadan iborat kichik guruxlarga bo'linadi.Gurux talabalarining xammasi
bitta savol yoki vaziyatli masalani o'zaro taxlil qilishadi.Har bir to'g'ti javob bergan
guruxchaga ball sifatida qor qor bo'ron yozib qo'yiladi.Natijada eng ko'p bo'ronlar to'plangan
guruxcha g'olib bo'ladi. Guruh 2-3 talabadan iborat kichik guruhchalarga bo‘linadi. Guruh
talabalarining hammasi bitta savol yoki vaziyatli masalani o‘zaro taqlil qilishadi. Har bir to‘g‘ri
javob bеrgan guruhchaga ball sifatida qor bo‘ron yozib qo‘yiladi. Natijada eng ko‘p bo‘ronlar
to‘plangan guruhcha qolib bo‘ladi.
Ish o'yini uchun savollar.
1.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta‘sir
maxanizmi.
2.Antibiotiklar:umumiy ma‘lumotlar.
3.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
176
4.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish
yo‘llari.
5. Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks
nimaligini aytib bering.
6. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta‘sir
etish mexanizmlari.
7.Antibiotiklar rejasini aytib bering.
8. Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o‘zlashtirma chidamliligi.
9..Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo‘llari.
10.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
11.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.
O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.
1.Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usullari.
2.Laboratoriya hayvonini yorish,o'qituvchi bilan birgalikda.
3.Surtma tayyorlash va gramm usuli bilan bo'yash,mikroskop orqali kuzatish va dafatrga
chizib olish.
4.Tayyor preparatlarda fagositoz hodisasanini mikroskop orqali kuzatish, metodik
qo'llanmalar bilan mustaqil ishlash.
5.Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini antibiotiklar shimdirilgan standart disklar
metodi bilan aniqlash.
6.Turli darajada suyultirish usuli bilan atibiotiklarning aktivligini aniqlash.
7.Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo‘yicha aniqlash.
8.Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.
Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta‘sir
mexanizmi.
Tibbiyot amaliyotida yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun patogen
mikroorganizmlarni nobud qila olish xususiyatiga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar keng
qo‘llaniladi. Bu moddalar kasallikni davolash maqsadida qo‘llanilsa, kimyoterapiya,
profilaktika maqsadida qo‘llanilsa, kimyoprofilaktika deb ataladi.
1885 yil P. Erlix kimyoterapiyaga asos solib, mikrob hujayrasi ma‘lum bir kimyoviy
moddalar bilan o‘zidagi maxsus reseptorlari yordamida o‘zaro ta‘sirlashadi degan xulosaga
keldi.
Kimyoterapevtik moddalarning ba‘zi bir umumiy belgilari:
a) odam organizmiga toksik ta‘sirining yo‘qligi. Moddalarning zararsizligi
kimyoterapevtik ko‘rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi.
b)kimyoterapevtik moddalarning mikroorganizmlarga kuchli tanlab ta‘sir etishi,
antimikrob ta‘sir doirasi bilan aniqlanadi.
c) kimyoterapevtik moddalar bakteriostatik yoki bakterisid ta‘sirga ega. Bakteriostatik
ta‘sir deganda bakteriyalarning o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatish, bakterisid ta‘sirda esa
bakteriyalarning nobud bo‘lishi tushuniladi.
d) kimyoterapevtik moddalar har doim mikroorganzmlarning doriga chidamli shakllarini
keltirib chiqarish xususiyatiga ega, ba‘zi bir dorilarga chidamli mikroorganizmlar tez hosil
bo‘lsa boshqalariga sekinlik bilan vujudga keladi.
e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga antibiotiklar samarali ta‘sir
ko‘rsatmaydi. Bu vuruslarda xususiy metabolizmning yo‘qligi bilan bog‘liq. Pirimidinga
o‘xshash idoksuridin (5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon‘yugktivit va
uchuqni davolashda qo‘llaniladi. Gripp, qizamiq, qizilcha, vezikulyar stomatit viruslarning
boshlang‘ich davrida susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi.
Bulardan remantadin gripp A virusiga juda samarali ta‘sir ko‘rsatadi;
f)chechak viruslari reproduksiyasini to‘xtatadigan tiosemikarbazon hosilalari juda yaxshi
naf beradi.
177
Kimyoviy moddalar organotroplik va parazitotroplik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak:
a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol,nevarsenol) sifilis, sibir yazvasi, qaytalama tifni
davolashda ishlatiladi.
b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko‘rsatuvchi malyariya kasalligini
davolashda;
c) sulfanilamidlar – oq streptosid, etazol, ftalazol, norsulfazol, sulfademizin.
Sulfanilamidlarni ta‘sir qilish mexanizmi hujayrada almashinuv proseslarini buzilishi o‘z ichiga
oladi.shu sababli organizmda mikrobni ko‘payishi to‘xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya
kuchlari ta‘sirida mikroblar halok bo‘ladi.
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalisil kislota, tibon, tubazid.
2. Antibiotiklar: umumiy ma‘lumotlar
Antibiotiklar—ba‘zi mikroorganizmlar (aktinomisetlar, zamburug‘lar, bakteriyalar)
hayvon to‘qimalari va ayrim yuksak o‘simliklar hayot faoliyati natijasida xosil bo‘ladigan va
turli xil mikroblarning o‘sishi hamda rivojlanishini to‘xtatadigan organik moddalar. Bu
terminni Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil bo‘lib, boshqa mikroblarga qarshi ta‘sir
etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan.
Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib,
ularni o‘ldiradi yoki o‘sishini to‘xtatadi. Ular turli mikroblarga turlicha ta‘sir ko‘rsatadi.
Masalan, bir antibiotik ma‘lum bir mikrobga kuchli boshqasiga kuchsiz yoki umuman ta‘sir
qilmaydi. Antibiotiklar faqatgina mikroblarga ta‘sir qilmay balki odam, hayvon va o‘simlik
organizmidagi to‘qima va hujayralarini emiradi. Shuning uchun tibbiyot amaliyotida uning
faqat zararli mikroblarni o‘ldiradigan, ammo odam, hayvon va o‘simlik organizmini
yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotic modda(tirotrisin)ni 1939 yilda Dyubo
tuproqda yashovchi Basillus brevis nomli bekteriyadan oldi.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha antibiotiklar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1.Betalaktamli antibiotiklar yoki betalaktamidlar-betalaktam xalqali azot tutuvchi
geterotsiklik birikmalar. Bularga quyidagilar kiradi: penitsillin guruhi-tabiiy benzilpenitsillin va
yarim suniy penitsillin va tefalosporin.
2. Tetratsiklin va uning yarim suniy xosilalari; oksitetratsiklin, xlortetratsiklin,
morfosiklin,
metatsiklin, dioksitsiklin, vibromitsin. Bular har xil radikallar tutuvchi to‘rta benzol
xalqadan tashkil topgan.
3. Aminoglikozidlar-streptomitsin guruhi va dezoksistreptamin tutuvchi aminoglikozid
antibiotiklar.
4.Makrolidlar-makrotsiklik lokton xalqa tutuvchi birikmalar (eritromitsin,olendomitsin).
5.Levomitsetin(tabiiy
turi
xloramfenikol)
suniy
modda
bo‘lib,
tarkibiga
nitrofenil,dixloratsetamin
propandiol kiradi.
6. Rifamisinlar. Bu guruhga tabiiy antibiotik-rifamisin va uning yarim suniy hosilasi-
rifampisin kiradi. Bular murakkab kimyoviy tuzilishga ega, makrosiklik halqasi bor.
7. Poliyenli antibiotiklar-nistatin, levorin, amfoterisin B. bular bir qancha tutash qo‘sh
bog‘larga ega.
Antibiotiklar bakteriyalarga ko‘rsatadigan ta‘siriga qarab 3 guruhga bo‘linadi:
1. Bakteriostatik ta‘sir-bakteriyaning o‘sishi va ko‘payishi faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi.
Buning natijasida bakteriya o‘z zahrini ishlab chiqarolmaydi.(tuberkulyoz, zaxm)
2.Bekteritsid ta‘sir qiluvchi antibiotiklar-bakteriyaning hujayra devori yoki nukleidning
parchalanishini keltirib chiqaruvchi antibiotiklar hisoblanadi.
3.Bakteriolitil ta‘sir qiluvchi antibiotiklar-hamma turdagi bakteriyalarni eritib yo‘q
qilishga qaratilgan ta‘sir.
O‘z ta‘siriga qarab esa 2 guruhga bo‘linadi:
1.Tor doiradagi antibiotiklar faqatgina bir turdagi yoki grammanfiy yoki
grammusbatlarga ta‘sir etuvchilar.
178
2.Keng
doiradagi
antibiotiklar
bir
necha
grammusbat
va
grammanfiy
bakteriyalarga,masalan, rikketsiya, xlamidiy, mikoplazma va boshqalarga antimikrob ta‘sir
ko‘rsata oladi.
Antibiotiklarning antimikrob ta‘siri turlicha bo‘lib u shartli TB bilan belgilanadi. TB-
antibiotiklarning minimal dozasi olinib, bakteriyaning maksimal o‘limini keltirib chiqarishi
tushuniladi. Har bir antibiotik uchun bu ko‘rsatkich har xil. Antibiotic buyurilganda bemor
yoshi, og‘irligi aniqlanib, buni natijasida 1kg-TB olinadi.
Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
I. Bakteriyaning hujayra devoir komponentlari sintezini to‘suvchi antibiotiklar:
1. Penitsillinlar—tibbiyot amaliyotida ilk bor qo‘llanilgan, uni Penicillium turkumiga
kiruvchi zamburug‘lar ishlab chiqaradi. Tibbiyotda tabiiy va yarim sun‘iy penitsillinlardan
foydalaniladi.
a) tabiiy penitsilinlarga: benzilpenitsillin, bitsillin va fenoksimetilpenitsillin kiradi. Tabiiy
penitsillinlar tor ta‘sir doirali antibiotiklar bo‘lib, bekterial B-laktamaza me‘daning kislotali
muhiti ta‘sirga sezuvchandir.
b) yarim sun‘iy penitsillinlarga biologik va kimyoviy yo‘llari bilan olinadigan har xil
moddalar kiradi.
v) murakkab penitsillinlar tarkibiga penitsillin halqasi bilan birga klavulan kislotasi va
sublaktam moddalar ham kiradi. Penitsilinlar odam hujayralariga ta‘sir ko‘rsatmaydi, chunki
uning tarkibida peptidoglikan moddasi yo‘q.
2. Sefalosporinlar molekulasi 6-aminopenitsillin kislotasi 6-APKva B-laktam halqadan
tashkil topgan. Sefalosporinning antibacterial ta‘sir mexenizmi penitsillinga o‘xshash.
3. Boshqa B-laktam antibiotiklar. Bu guruhga monobaktamlar, karbapenemlar kiradi. Ular
bakteriyalarning hulayra devoir sinteziga ta‘sir ko‘rsatadi.
4. Batsitratsinlar peptid antibiotiklari bo‘lib, asosan, Bacillus subtilis va B.Licheniformis
spora hosil qilishdan oldin ajratib chiqaradi. Tibbiyot amaliyotida batsitratsin A qo‘llaniladi.
Antimikrob ta‘sirga ega.
5. Vankomitsin- glikopeptiddan tashkil topgan, Streptomyces ning har xil turlari ishlab
chiqaradi. Hujayra devoridagi peptidoglikan sintezini to‘xtatib qo‘yadi, ko‘pgina grammusbat
bakteriyalarga antimikrob ta‘sir ko‘rsatadi.
6. Sikloserin- bu moddani ham Streptomyces ning har xil turlari ajratib chiqaradi. Ba‘zi
grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi.
II. Mikroorganizmlarning sitoplazmatik membranasi funksiyasini buzuvchi preparatlar. Bu
guruhga:
1. Polimiksinlar, bu antibiotiklarni Bacillus polymyxa va boshqa ba‘zi bir bakteriyalar
hosil qiladi. Bu guruhga polimiksin M, polimiksin B kirib bir-biridan farmokologik
xususiyatlari bo‘yicha farq qiladi.
2. Polienli antibiotiklar-nistatin, levirin, amfoteritsin B aktinomitsetlarning Streptomyces
turi ishlab chiqaradi.
3. Gramitsidlar polipeptidlar bo‘lib Bacillus brevis ishlab chiqaradi. Grammusbat kokklar
va batsillalarga nisbatan bakteriostatik ta‘sirga ega.
III. Bakteriya hujayrasi ribosomasida oqsil sintezini to‘suvchi antibiotiklar. Bu guruhga
aminoglikozid, tetratsiklin, levomitsitin, makrolid, azalid, linkozalid guruhlari kiradi.
1. Aminoglikozidlarning 50 dan ortiq turi aniqlangan. Bu moddalar 3 avlodga bo‘linadi: 1-
avlodga streptomitsin, kanamitsin, monomitsin, neomitsin; 2-avlodga gentamitsin; 3-avlodga
sizomitsin, tobramitsin, amikatsin, netilmitsin, didezoksikanamitsin B kiradi.
Bu antibiotiklarning ijobiy ta‘siri bilan birga nohush, ya‘ni neyro- va nefrotoksik ta‘siri
ham bor. Masalan, streptomitsin eshitish a‘zolariga nohush ta‘sir ko‘rsatadi.
179
2.Tetratsiklin guruhiga mansub antibiotiklar kang ta‘sir doirasiga ega bo‘lib bakteriostatik
ta‘sir etadi. Uning salbiy ta‘siri esa disbakteriozga olib keladi.
3.Levomitsetinni aktinomitsetning Streptomyces venezueae turi ajratib chiqaradi. U
grammanfiy anaerob va grammusbat bakteriyalarga, rikketsiyalarga, spiroxetalarga,
xlamidiyalarga va boshqa mikroorganizmlarga bekteriostatik ta‘sir etadi.
4.Makrolidlar tabiiy va yarim suniy guruhlarga bo‘linadi. Asosan penitsillin va
tetratsiklinga chidamli bakteriyalar guruhlariga, rikketsiyalar, xlamidiyalarga bakteriostatik
ta‘sir ko‘rsatadi.
5.Azalidlar-bu guruhga azitromitsin kirib, keng ta‘sir doiraga ega. Fagotsitlar o‘rab olgan
bakteriyalarga ta‘sir ko‘rsatadi.
6.Linkozamidlar guruhiga linkomitsin kiradi, uni aktinomitsetlarning ba‘zi bir turlari
ishlab chiqaradi. Patogen kokklar, bo‘g‘ma va kuydirgi bekteriyalari, ba‘zi bir anaerob jarohat
infeksiyalariga bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi.
IV. RNK-polimerazani to‘suvchi antibiotiklar. Bu guruhga rifamitsinlar kiradi, uni
Streptomyces mediterranei ishlab chiqaradi. Rifamitsinlar yarim suniy o‘xshashi rifampitsin
bo‘lib, keng antibekterial ta‘sir doirasiga ega.
V.DNK replikatsiyasini to‘sib qo‘yuvchi antibiotiklar. Bu guruhga novobiotsin,
mitomitsin C6, porfiromitsin va boshqa antibiotiklar kirib, bularni aktinomitsetlarning ba‘zi
turlari ajratib chiqaradi. Novobiotsin DNK polimerazaga ta‘sir qilib, DNK sintezini buzadi.
Bundan tashqari, RNK vabakteriya hujayra devorining sintezini ham to‘sib qo‘yadi.
Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish
yo‘llari.
Tibbiyot amaliyotida antibiotiklar qo‘llanila boshlangandan so‘ng antibiotikka chidamli
bakteriyalar ham hosil bo‘la boshladi. Keyingi vaqtda dorilarga chidamli bakteriyalar soni oshib
bormoqda. Antibiotiklarga chidamlilik faqat bakteriyalarda emas, balki boshqa
mikroorganizmlar rikktsiyalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, achitqisimonda ham kuzatiladi.
Antibiotiklar va boshqa kimyoterapevtik moddalarga mikroorganizmlarning rezistentlik
mexanizmi. Bu mexanizm, asosan, quyidagilarga bog‘liq: a) faol antibiotiklarning nofaol
shaklga fermentativ, inaktivatsiya va modifikatsiya yo‘li bilan o‘tishi; b) ma‘lum bir
kimyoterapevtik modda uchun hujayra devori o‘tkazuvchanligining yo‘qolishi; c) bakteriya
hujayrasidagi maxsus transport tizimining buzilishi; d) mikroorganizmlarga hayotiy zarur
metabolitlar hosil bo‘lishini, dori bilan to‘silgan asosiy yo‘l o‘rniga alternative yo‘lga o‘tishi.
Rezistentlik mexanizmi birlamchi va hayot davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Birlamchi mexanizm shu dori ta‘siri uchun ―nishon‖ ning yo‘qligi bilan bog‘liq. Hayot
davomida orttirilgan rezistentlik mexanizmi modifikatsiya, mutatsiya, rekombinatsiya natijasida
―nishon‖ning o‘zgarishiga bog‘liq.
Beta-laktam antibiotiklarga nisbatan rezistentlikgining biokimyoviy mexanizmi har xil.
Bular beta-laktamazalar sintezi, penitsillin bog‘lovchi oqsillar va ―nishon‖larning o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda rezistentlik kelib chiqishi antibiotikning kimyoviy tuzilishiga
va bakteriyalarning xususiyatlariga bog‘liq.
Bakteriyalarning antibiotikka rezistentligi kelib chiqishiga ko‘pgina omillar, masalan,
ba‘zi bir yuqumli kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida belgolangan miqdordan
kamroq dozada va vaqtda nazoratsiz holda qo‘llanilishi yoki qo‘llanishdan oldin
mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlanmasligi sabab bo‘ladi.
Kimyoviy moddalarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurashish uchun antibakterial ta‘sir
mexanizmi farq qiladigan yangidan-yangi kimyoterapevtik dorilarni ishlab chiqarish,
shuningdek, bakteriya fermentlariga chidamli bo‘lgan faol guruh tutuvchi antibiotiklarni yoki
bakteriya fermentlari faolligini susaytiruvchi omillarni kashf etish kabi choralar ko‘riladi.
Ajratib olingan bakteriya shtammlarining antibiotikka sezuvchanligini iloji bоricha aniqlash
lozim. Tashqi muhitning dorilarga chidamli bakteriyalar bilan ifloslanishini har doim
epidemiologik tekshirishdan o‘tkazish mуhim ahamiyatga ega. Masalan, xozir kasalxona ichi
180
infeksiyalariga kiruvchi, ko‘pgina antibiotiklarga chidamli patogen mikroorganizmlar butun
dunyo mamlakatlarida katta muammoga aylanib bormoqda.
Mikroorganizmlarning antagonizm xususiyati.
Antagonizm—mikroorganizmlarning bir turining(bakteriya, zamburug‘, antinomisetlar)
boshqa bir turning o‘sishi va ko‘payishini ozuqa uchun kurash maqsadida to‘xtatib qo‘yadi.
Antogonizm namoyon bo‘lishi: metabolizmning achchiq mahsulotlarni ajratishi PH
kamayishi, protiolitik valigolitik fermentlar ajratish, mikotoksin, fitonsid, antibiotiklarni
ajratish. Antagonistik xususiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarga mog‘or zamburig‘I, tuproq
aktinomisetlar ,achigan sut bakteriyalari misol bo‘la oladi.
Amaliy qism:
Am aliy is h 4 qis md an ibo r at :
a ) La ba r a tor iya ishinin g n omi
b) Ish nin g ma qsa di va a ha miya ti
c) La ba r a tor iya ishi ni a ma lga o s hiris h te hnik a si
d) La ba r a toriya ishi ni da fta r ga qa yd qili sh
LABORATORIYA ISHI 1
A. Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini antibiotiklar shimdirilgan standart dikslar
usuli bilan aniqlash.
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash.
C. Bu usulda yuzasi tekis bo‘lgan stol ustiga qo‘yilgan Petri kosachalariga ozuqa muhiti
agardan solinadi. Har bir kosachaga qo‘yilgan ozuqa muhiti bir xil miqdorda bo‘lishi kerak.
Qotgandan keyingi muhitning balandligi 4mm ni tashkil etishi kerak. So‘ng kosachalar
qopqog‘i yopilib, 15 minut saqlanadi bu vaqt ichida ozuqa muhiti qotadi. Antibiotik eritmasiga
botirilgan filtrlovchi qog‘ozni disk shaklida kesiladi va qisqich bilan ozuqa agarining yuzasiga
yopishtiriladi. Kosacha va disklar orasida 15mm ochq joy qoldiriladi. Kosachalar to‘ntarilgan
holatda 37 C haroratli termostatga 18 soatga qo‘yiladi.qog‘oz diskdagi ozuqa muhitiga ta‘sir
ko‘rsatib mikroorganizmlarning o‘sishiga yo‘l bermaydi. Agar disk atrofida mikroorganizmlar
o‘sib chiqmagan bo‘lsa yoki o‘sish darajasi sekinlashgan bo‘lsa, sinab ko‘rilayotgan antibiotik
mikrofloraga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan bo‘ladi. Zona diametri 1mm aniqlikkacha o‘lchanadi.
Mikroorganizmning antibiotiklarga sezuvchanligi 3 darajada baholanadi:
1-sezuvchan(o‘smagan zona diametri 20 mm)
2-o‘rta sezuvchan(11-20 mm)
3-chidamli(10 mm dan kam)
181
LABORATORIYA ISHI 2
A. Turli darajada suyultirish usuli bilan antibiotiklarning aktivligini aniqlash.
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash.
C. Bu usulda suyuq muhitda titrlash uchun bir nechta probirkalar olinib, ozuqa muhiti
qo‘yib chiqiladi(34-rasm). Preparat necha marta suyultirilgan bo‘lsa, shuncha probirka olinadi.
1-probirkaga muayyan miqdordagi antibiotik eritmasini solib, aralashtiriladi va birinchi
probirkadan bir miqdor aralashmani olib ikkinchi probirkaga solinadi. Yana aralashtirib, xuddi
avvalgiday ikkinchisiga, uchinchisiga solib aralashtiriladi. Tarkibida antibiotik mavjud bo‘lgan
oxirgi probirkadan ham huddi o‘shancha miqdor aralashma to‘kib tashlanadi va shu tariqa
barcha probirkalardagi suyuqlik miqdori bir xil qoladi. Probirkalardan bittasi control vazifasini
bajargani uchun unga antibiotik solinmaydi. Ichida turli darajada suyultirilgan a ntibiotik
bo‘lgan probirkalarga test-kultura tortmasidan solinadi. Kontrol probirkaga ham test-kultura
ekmasi solinadi. probirkalar yaxshilab chayqatiladi va 37 C haroratli termostatda 18-20 soat
saqlanadi. Suyultirilayotgan antibiotik ko‘paytmasi odatda 2 ga teng bo‘ladi, buning uchun
probirkalarga, masalan, 1 ml dan bulyon quyib chiqiladi 1-probirkaga 1ml antibiotik eritmasi
solinadi va 1ml miqdordagi aralashma probirkadan probirkaga olib solinaveradi. Shunda
preparat aktivligini bildiradigan aniqlik belgisi 50% ni tashkil etadi. Antibiotik yanada
suyultirib aniqlik darajasini yanada oshirish mumkin.
Bundan tashqari suyultirish usuli qattiq ozuqa muhitida ham olib boriladi. Buning uchun
avval ko‘p darajali suyultirilgan antibiotik eritmasi tayyorlanadi, probirkaga suyuq agardan 4ml
solinadi va 45-50 C gacha sovutiladi va antibiotic eritmasidan 1ml miqdorda har bir probirkaga
qo‘shiladi. Probirkalar agar qotguncha saqlanadi va ilmoq yordamida qattiq ozuqa muhitining
ustiga test-kultura ekiladi.
Preparatlarning bakterisid ta‘sirini aniqlash maqsadida mikroorganizmlar o‘sishi
kuzatilmagan probirkalarning barchasidan namuna olib GPA ga qayta ekiladi. Mikrob
hujayralari tarkibiga singib ketib hatto yangi ozuqa muhitida ham ularning o‘sishiga qarshilik
ko‘rsatadigan chidamli antimikrob moddalar uchun tegishli neytralizatorlar qo‘llaniladi.
A.
Laboratoriya ishining natijalari daftarga yozib qo‘yiladi.
8-rasm
Dostları ilə paylaş: |