Tayanch bilimlarini faollashtirish:
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari
(1-ilova)
Chizma buyumlari, asboblari va moslamalari nimalardan iborat va ulardan qanday foydalaniladi?
Chizmachilikda qanday qalamlardan foydalaniladi va chizish uchun ular qanday tayyorlanadi?
Chizmachilik uchun ish joyi qanday tashkil qilinadi?
(2-ilova)
Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi
Yangi mavzu nomini doskaga yoziladi
Yangi mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalarini ham doskaga yoziladi
Tayanch so‘z va iboralar:
Yangi mavzuga doir o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo‘yicha tushunchalar berib boriladi
.
Nazariy ma’lumotlar.
Mavzu: MАSHINАSOZLIK CHIZMАLАR
Reja:
Ko‘rinishlar
Detallarning shaklini chizmalari oldida tahlil qilish.
Vint chiziqlar
KO‘RINISHLAR
Detalning ko‘rinishlarni hosil qilish maqsadida 1-shakl, adagi ichi bo‘sh kubning o‘rtasiga joylashtiriladi. Kubning oltita yoqlariga to‘g‘ri burchak ostida detal proyeksiyalanadi. Shunda detalning kub yoqlaridagi asosiy ko‘rinishlari (proyeksiyalari) hosil bo‘ladi (1-shakl, b). Kubning yoyilmasi bajariladi (1-shakl, ɫ) shunda detalning asosiy ko‘rinishlari o‘zaro qanday joylashganligi yaqqol ko‘rinadi: Vdagi olddan (bosh), Hdagi ustdan, Wchapdan, H1 dagi ostdan,
V1 dagi ortdan, W1 dagi o‘ngdan ko‘rinishlar deyiladi (1-shakl, d).
O‘zDST 2.305-97 ga muvofiq bundan keyin detalni proyeksiyalarini ko‘rinishlar deb yuritamiz. Chizmachilikda detalning shaklini to‘liq ifodalash maqsadida turli tasvirlar (ko‘rinish, qirqim, kesma)dan foydalaniladi. Oldin detalning ko‘rinishlari
bilan tanishib o‘rganiladi. Kuzatuvchiga nisbatan detalning ko‘rinib turgan tomoni (sirti) ning tekislikdagi tasviri ko‘rinish deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |