Texnikaviy chizmachilik cdr


Aylanalarning yoy vositasida tashqi tutashuvi



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə19/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Aylanalarning yoy vositasida tashqi tutashuvi.


Agar ikki aylanani uchinchi aylana ularga tashqi tomonidan urinib o‘tgan holda tutashtirilsa bunday tutashma aylanalarning tashqi tutashmasi deyiladi.
5-shakl, b da O1 va O2 markazlardan mos ravishda R1 va R2 radiuslar bilan chizilgan ikki aylanani berilgan Rradius yordamida tashqi tutashtirish talab qilinsin. Vositachi aylananing markazi O berilgan aylanalardan R masofada joylashtirish kerak. Ma’lumki, aylanalardan nuqtaning uzoqligi radial chiziq bo‘yicha o‘lchanadi. Shuning uchun O1 markazdan R1+R radius bilan O2 markazdan esa R2+R radius bilan yoylar chizamiz. Bu yoylarning kesishuv nuqtasi O tutashma markazi bo‘ladi. O markazni O1 va O2 lar bilan birlashtiramiz va ularning aylanalarni kesgan nuqtalarini mos ravishda 11 va 21bilan belgilaymiz. 11va 21tutashish nuqtalari bo‘ladi. Endi ularni O markazdan R radius bilan tutashtirib yasashlarni yakunlaymiz. Shunday qilib aylanalarning tashqi tutashmasida tutashmaning markazi Oberilgan aylanalarning radiuslariga tutashma radiusini qo‘shish orqali topiladi.

5-shakl

Ichki tutashma yasash.


Radiuslari tegishlicha R1 va R2 hamda markazlari O1 va O2 nuqtalarda joylashgan aylanalar R radius bilan tutashtirilishi (5-shakl, a) va bunda tutashma yoyi aylanalarning har ikkisiga botiq, ya’ni ichki tomoni bilan urinishi talab qilinsin. Tutashma radiusidan berilgan aylana radiusini ayirib hosil bo‘lgan R-R1 radius bilan O1 markazdan, shuningdek, R-R2 radius bilan O2 markazdan yoylar chizilsa O nuqtani hosil qiladi. Agar bu O markaz berilgan aylanalarning markazlari bilan birlashtirilsa, markaz chiziqlari OO1 va OO2 to‘g‘ri chiziqlarga ega bo‘linadi. Bu to‘g‘ri chiziqlarning davomi bilan berilgan aylanalar tegishlicha kesishib, tutashma (ichki urinma) 1 va 2 nuqtalarni beradi. So‘ngra O nuqtadan 1 va 2 nuqtalar R radius bilan tutashtiriladi.



Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin