178
-geografik obyektlarni to‘g‘ri aytib, to‘g‘ri ko‘rsatsa, javoblarda chiroyli
ibora ishlatilsa;
-qiyin hollarda mustaqil javob topsa, qarorga kela olsa;
-o‘zining va do‘stlari natijalari, ijodini obyektiv baholasa;
-javoblarida faqat geografik darslikdan ma’lumotlar beribgina qolmay,
qo‘shimcha manbalardan: maxsus geografik adabiyotlar, gazetalardan, televidenie
va radioxabarlaridan misol keltirilsa;
-o‘yin qoidalariga binoan javob natijalarini to‘g‘ri va aniq ifodalasa.
Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning turlari
.Pedagogikaga oid
adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texnologiya
tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmdan mustahkam o‘rin egalladi, lekin
uni
pedagogikaning
mukammal
lug‘atlari
(tezaurus)dagi
o‘rni
hali
noma’lumligicha qolmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi
va rivojlanishi tarixida
turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb yoki
o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb
talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan
muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim
texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Bunda asosiy
diqqat o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa
va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko
o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi, afsuski, pedagogik texnologiya
va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo‘lsa
ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda.Tadqiqotchilarning ishlarida fan
va amaliyot oralig‘idan o‘rin egallamoqda.
N.F.Talzinahar bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin
o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo‘lishi
shart deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi,
metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalar bilan
shug‘ullanuvchi – alohida fan bo‘lishi
kerak deb hisoblaydi, ularsiz pedagogik
jarayon asoslanmay qoladi (texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida).
Ayrim mualliflar o‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi
fan
deb
qaraydilar, boshqalari uni
loyihalash
bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir
yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘kitishning barcha vositalarini qamrab olgan
qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini
texniklashtirishni taqozo qiladi.
Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim
amaliyotini yangi yoki
zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga
imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini
tatbiq etish sifatida qaraladi.
179
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada
ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J.Koroll,
P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov
texnologiyalari mashhur. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari
V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy,
T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.I.Maxmutov
kabi aksariyat psixolog va
didaktikachilarga taalluqlidir. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
aksariyat o‘qitish texnologiyalari bo‘sh texnologiyalanganligi bo‘yicha qolib
ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, amaliy
tomoni u qadar oydinlashtirilmagan.
T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o‘qitishda
topshiriqli
yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish
yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V.Zankov, T.Ya.Galperin,
V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr
yuritiladi.
1. Pedagogik texnologiyada hali ko‘p aniqlanmagan masalalar bor. bu
muammoni tadqiq etish o‘qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik
mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq.
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik
natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga
aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida
belgilanadi.
Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun
pedagog-didaktikachilar
tomonidan berilgan ta’riflarga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.
Dostları ilə paylaş: