190
7-rasm.Pedagogik texnologiyalarni tizimlashtirish
Demak, pedagogik texnologiyalar an’anaviy ta’limdan
tubdan farq qilgan
holda tuziladi. U o‘zaro yopiq siklni va o‘zaro izchil bog‘liklikni taqozo etadi.
Aniqlashtirilgan maqsadlar pedagogga nazorat ishini belgilashda,
baholashda
va usullarni aniqlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Barcha etaplar bir maqsadga
bo‘ysunadi va yuqori natijani kafolatlaydi.
AQShda va Angliyada o‘qituvchi va talabalar uchun
alohida aniqlashtirilgan
maqsad rejalari tuzish qabul qilingan. O‘qituvchilar uchun tushuntirish,
ko‘rgazmali
qurollardan foydalanish, o‘rgatish kabilar nazarda tutilsa, talabalar
uchun talaba dars
oxiriga borib nimani bilishi, ishlay olishi, qo‘llay
olish
kerak degan yo‘nalishda tuzilgan. Darsdan oldin bilmagan va dars davomida
o‘rganib, uni qo‘llay oladigan vazifalar belgilangan. Talabalar ushbu mavzuni
o‘rganishda ulardan nimalarni bilish va bajara olish
talab etilayotganini dars
boshlanishdan oldin aniq biladilar va dars davomida ana shu momentlarga o‘z
diqqatlarini ko‘proq qaratadilar. Har bir qo‘yilgan maqsadni erishganlik
darajasini me’yorlarni ishlab chiqish shart. Har bir qo‘yilgan maqsad alohida o‘z
mazmaniga xos ravishda tekshiriladi va natijalar tahlil qilinib xulosalar chiqariladi.
Buning uchun eng avval aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqish zarur.
Umumiy maqsadlarni esa tekshirish qiyin va bunda har bir o‘qituvchi o‘z
tushunchasidan kelib chiqqan holda tekshirish ishlarini tashkil etadi.
Umumiy
maqsad o‘qituvchi nimaga erishmoqchi ekanligini aniq ko‘rsata olmaydi,
o‘quvchida esa umumiy tushunchalar hosil qilishgagina xizmat qiladi.
Aniqlashtirilgan maqsadli loyihada o‘qituvchi aniq tushunlardan
foydalanishi lozim. Buning uchun aniq va mavhum
tushunchalarni ajrata
olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: