Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149


 
 
Pedagogik texnologiyalarning elementlari 
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi. Ta’lim maqsadlari. Kutilayotgan 
natijalar. Ta’lim mazmuni. 
An’anaviy o‘quv jarayonida biz ko‘proq o‘qituvchining mahoratiga suyanib
samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma’lum
tajriba orttirgan bo‘lishi talab etiladi. Pedagog texnologiyaning asosi esa
loyihalashtirishdir. Ana shu aniq loyihalashtirilgan dastur pedagogga samarali
natijaga erishish imkonini tug‘diradi. Bunday loyihalash asosida ish olib
borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo‘lmasa-da yuqori
samaraga erisha oladi. Biz bilamizki, pedagogik texnologiya bu, avvalam bor, 
aniqlikka ega bo‘lgan va qat’iy, ilmiy loyihalashtirilgan jarayondir. O‘quv 
jarayonini tashkil etishdagi birinchi qadam bu o‘quv maqsadlarini aniqlash 
hisoblanadi. Bugungi kunda biz darsning maqsadini qanday belgilaymiz? – degan 
savol, albatta, hammani qiziqtiradi. Biz bugungi kunda darsning maqsadini 
umumiy holda belgilaymiz va shuning uchun ham erishgan natijamizni baholashda 
qiynalamiz. Bunday umumiy maqsadni belgilash pedagogik texnologiyani 
qoniqtira olmaydi. Pedagogik texnologiyalar dars maqsadini belglashda ham 
aniqlik bo‘lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash 
ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham biz 
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan 
maqsadlarni 
ishlab 
chiqishdir, 
degan 
xulosaga 
keldik. 
Pedagogik
texnologiyalarning ishlanishida asosiy e’tibor oxirgi natijaga qaratilgan
bo‘ladi va quyidagi izchillikda ishlab chiqiladi: 
1. Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish va ularni
guruhlarga ajratish. 
2. O‘quv maqsadlarini nazorat ishi va test vazifalariga o‘tkazish. 
3. Maqsadga erishish yo‘lini va usullarni tanlash. 
4. Natijani baholash va o‘zlashtirish darajasini aniqlash( 1-rasm).

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin