180
«Pedagogik
texnologiya
–
pedagogik
maqsadlarga
erishishda
foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda
bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi
» (
M.V.Klarin
).
«Pedagogik texnologiya –
o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha
ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy
umumlashma hisoblanadi
»
(G.K.Selevko). Bu ta’riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo‘lga
kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalashtirish va
tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin.
Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning
bilim darajasiga ko‘ra o‘quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va
pedagogik tizimning amalda bo‘lishini ta’minlovchi
zarur vositalar tizimi
tushuniladi. Ta’lim texnologiyalari muammolari, mualliflik maktablari va
o‘qituvchi-novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va
sistemalashtirishni talab etadi. Sistemani tashkil etuvchi
poydevor asosi sifatida
pedagogika uchun yangi bo‘lgan tushunchadan foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘ladi – pedagogik jarayonlarni tahlil qilish va loyihalashtirishga yangicha
“texnologik” yondoshish va “texnologiya”. Pedagogik texnologiya tushunchasi
pedagogik leksikaga mustahkam kirib keldi. Ammo uni
tushunish va ishlatishda
turlicha o‘qishlarning katta farqi bor. Bugungi kunga kelib pedagogik texnologiya
tushunchasini 300 dan ortiq ifodalanishi mavjud.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi
mumkin:
1)
ilmiy pedagogik texnologiya – o‘qitishning maqsadi, mazmuni va
metodlarini o‘rganuvchi va ishlab chiquvchi,
pedagogik jarayonlarni
loyihalashtiruvchi pedagogik fanning bir qismidir.
2)
protsessual-ta’rifiy: jarayonni tasvirlash o‘qitishning ko‘zda tutilgan
natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to‘plami.
3)
protsessual-amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shax-
siy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga solinishi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya o‘qitishning eng samarali yo‘llarini izlovchi
fan sifatida ham, o‘qitishda qo‘laniladigan usullar, prinsiplar va boshqaruvlar
sistemasi sifatida ham, o‘qitishning haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: