Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149


Noan’anaviy dars turlari. 
Ta’lim muassasalarida geografiya fanini o‘qitish 
samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim jarayonlarida noan’anaviy 
darslardan foydalanish sanaladi. Geografiya ta’limida quyidagi noan’anaviy dars 
usullaridan foydalanish va ularni dars davomida qo‘llashni tavsiya etish mumkin:
 
1.
Konferensiya darsi. 
2.
Matbuot anjumani dars. 
3.
Matbuot konfirensiya dars. 
4.
Uchrashuv darsi. 
5.
Musoboqa darsi. 
6.
Geografik o‘yin darsi. 
7.
Sinov darsi. 
8.
«Kim oshdi savdosi» darsi. 
9.
Zakovat darsi. 
10.
Ijodiy dars. 
11.
Sahnalashtirilgan dars. 
12.
Loto darsi. 
13.
«Ishchan o‘yinlar» darsi. 
14.
Mushoira darsi. 
15.
Ijodiyishnihimoyaqilishdarsi. 
16.
Munozarali dars. 
17.
Erkin fikrlash darsi. 
18.
Hayoliy sayyohat darsi. 
19.
Geografik diktant darsi. 
20.
Mo‘jizalar maydoni darsi. 
21.
Tayanch signallarga asoslangan dars. 
22.
Bayram darsi. 
23.
Disput darsi. 
24.
Geografik nomlarni bilasizmi darsi 
25.
Dala darsi. 


175 
Geografiya darslarida noan’anaviy dars usullaridan mavzuga mos to‘g‘ri 
foydalanishni uni dars davomida to‘g‘ri qo‘llash, ko‘rgazmalilikni oshirib borish 
katta ahamiyat kasb etadi. Zero darsni turli xil yangi va ko‘rgazmali metodlar 
asosida o‘tish uning ilmiyligini, metodik tavsiyasini va samarali bo‘lishini 
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. 
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘z yutuqlari bilan bog‘liq holda 
yangicha mazmunga ega. Bu esa o‘quv - tarbiya jarayonini ilmiy asosda ko‘rishga 
yo‘naltirilgan, o‘qitishning axborot vositalari va ta’limiy materiallardan faol 
usullardan keng foydalanishga asoslangan o‘quvchi va o‘qituvchi birligi 
faoliyatiga zamin yaratadi. Ta’lim jarayonida ta’limiy o‘yinlar texnologiyasi 
ta’limiy o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim 
olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning 
bilim olish faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar ta’limiy o‘yinlar darsi deb ataladi. 
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish 
mumkin: 
1. O‘yin orqali shaxsning ma’lum faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. 
2. Kommunikativ muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi. 
3. Shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishga 
imkon yaratadi. 
4. Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni 
yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi. 
5. O‘yin jarayonida ijtimoiy me’yorlarga mos xulq-atvorni egallash, 
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi. 
6. Shaxsning ijobiy hislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi. 
7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, 
ma’naviy - madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor 
qaratiladi. 
8. O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqat madaniyatini rivojlantirish ko‘zda 
tutiladi. 
O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining to‘rtta xususiyati bilan ajralib turadi: 
1. Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (bunda o‘yin 
ishtirokchilari rollarini, vazifalarini tanlash, o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘q bo‘lishi 
nazarda tutiladi). 
2. Ijodiy muhitning tarkib topishi (o‘yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va 
mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar). 


176 
3. His-hayajonli vaziyatning paydo bo‘lishi (o‘yin davomida musobaqa, 
raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi). 
4. O‘yin davomida belgilangan qonun - qoidalarga qat’iy amal qilinishi 
(o‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma - ketligi, vaqt balansi va h.k.). 
O‘yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi: 
a) o‘yinning sujeti; 
b) muayyan rollar, vazifalar; 
v) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amaliy uslublar; 
g) aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin vositalaridan foydalanish; 
d) o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, muloqat. 
O‘yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: 
1. O‘yinda ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash; 
2. Ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilash; 
3. Olingan natijalarni tahlil qilish; 
4. O‘yin tuzilishiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. 
Ta’limiy o‘yinlar darslarining bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga 
qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, 
o‘yin-mashqlariga ajratish mumkin. 
O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga
tayyorlash va uni o‘tkazish, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, ommaviy 
o‘yinlarga tayyorlash lozim. Chunki o‘quvchilar ta’limiy o‘yinlar darslarida faol 
ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, 
bundan tashqari, sinf jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi 
lozim. 
O‘qituvchi ta’limiy o‘yinlar darslarini o‘tkazishda quyidagi ta’limiy 
talablarga amal qilishi lozim: 
1. Ta’limiy o‘yin darsi dasturda qayd etilgan ta’limiy, tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi; 
2. Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal qilinishi;
3. Barkamol inson shaxsni tarbiyalash tamoyillariga sharqona odob-axloq 
me’yorlariga mos kelishi; 
4. O‘yin tuzilishi mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi; 


177 
5. Mazkur darslarda ta’limiy tamoyillarga amal qilinishi va eng kam vaqt 
sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz ta’limiy o‘yin 
darslarining tavsifiga qisqacha to‘xtalamiz. 
Geografiya ta’limida o‘yinlar texnologiyasi bo‘yicha muayyan tajribalar 
to‘plangan. Geograf - o‘qituvchilarning va uslubiyotchilarning qayd qilishlaricha, 
o‘yinlarning asosiy vazifalari ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi 
ekanligini ta’kidlaydilar. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarning bir-birlari bilan 
muomala qila bilishlarini tarbiyalash, so‘zlab berishlari, isbotlab, ishonch hosil 
qilishlari uchun, ayniqsa, katta ahamiyat, kasb etadi. 
Geografik o‘yinlardan foydalanganda, o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi. 
O‘yin o‘tkazish uzoq, murakkab jarayon, bu quyidagilardan iborat: 
- tayyorlov juda uzoq davom etuvchi, javobgarlikni talab etuvchi qism va 
o‘yin natijasiga ta’sir etadi. Bu qismning asosiy vazifasi - o‘quvchilarni o‘yinning 
maqsadi, mazmuni, qoidasi, shartlari bilan tanishtirish; 
- o‘yinni tashkil etish: o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, vazifa olishadi, qoida 
va o‘yin shartlari asosida dars shaklini belgilashadi; 
- o‘yinni o‘tkazish yakka yoki guruhlar bilan sinfda ishlash, berilgan 
vazifani mustaqil bajarish; 
-o‘yin natijalari tahlili, o‘yin natijasini o‘qituvchi bilan birga baholash, 
so‘ngra bir-birining ijodini va o‘zlari bajargan ishlarini baholash. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin