181
o‘qitish va tarbiyalash ma’lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va
vositalar to‘plami sifatida ishlatiladi.
3. Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning
alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy
masalalarni hal etish
texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat,
tushunchalar shakllantirish,
alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash,
dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash
va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko‘rsatdilar: usullar,
qismlar, elementlar va boshqalar.
Texnologik mantiqiy tizimga tizilar ekan ular yaxlit pedagogik texnologiyani
tashkil etadilar (texnologik jarayonni).
Pedagogik texnologiyaning tuzilishi.
Pedagogik
texnologiya haqidagi
tushunchalardan texnologiya o‘quv jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati,
uning tuzilishi,
vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog‘liqdir. Shuning
uchun pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1. Konseptual asosi.
2. O‘qitishning mazmunli qismi:
o‘qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq;
o‘quv materiali mazmuni.
3. Protsessual qismi – texnologik jarayon:
o‘quv jarayonini tashkil etish;
o‘quvchilar o‘quv faoliyati metodlari va
shakllari;
materiallarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarish bo‘yicha o‘qituvchining
faoliyati;
o‘quv jarayoni diagnostikasi.
Dostları ilə paylaş: