Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografik nomlarni o‘rganish masalalari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149


 
6.6. Geografik nomlarni o‘rganish masalalari 
 
Kartada obyektlarning joylashishini o‘quvchilar eslab qolishlari ancha 
murakkab jarayon. Buning uchun xilma-xil metodlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. 
Odatda kartadagi obyektlarni avval o‘qituvchi, keyinchalik o‘quvchilar topadilar. 
O‘qituvchining asosiy vazifasi ko‘rsatilgan obyekt nomining to‘g‘ri aytilishi va 
esda saqlab qolishini ta’minlashi kerak.
O‘qituvchi obyektlarni qanday ko‘rsatish va ularni kartadan qanday qilib 
izlash kerakligi haqidagi yo‘l-yo‘ruqlarni aytishi maqsadga muvofiq. Geografik 
nomlar o‘quvchilar eslab qolishi uchun o‘qituvchi obyekt nomini to‘g‘ri talaffuz 
qilib, uni doskaga yozadi. Keyin shu obyektga xos bo‘lgan xususiyatlarni, ya’ni 
uning shakli, kattaligi, rangi, yo‘nalishini va boshqa tomonlarini aytadi. Imkoni 
boricha o‘sha obyektlarning kartadagi shaklini rangli qog‘ozda qirqib ko‘rsatadi va 


148 
bu shakllarni o‘quvchilarga tanish bo‘lgan figuralar bilan qiyoslaydi. Masalan, 
Apennin yarim orolini–etikka, Shrilanka orolini-tuxumga, Skandinaviya yarim 
orolini-arslonga, Qora dengizni-loviya o‘simligi doniga o‘xshatishadi. Obyektlarni 
bunday o‘xshatish bir muncha aniq va to‘g‘ri bo‘lmasa ham, o‘quvchilar ularni 
tezda esda saqlab qoladilar va kartadan tez topadilar. Eskirgan kartalar karton 
qog‘ozlariga yopishtirilib ulardan geografik obyektlarning shakllarini qirqib yasab 
qo‘yilsa va ulardan darsni mustahkamlash qismida 3-5 minut davomida mashqlar 
uyushtirish mumkin. Bu metoddan foydalanish o‘quvchilarda obyektlarning 
shakllarini to‘g‘ri tasavvur qilishlariga yordam beradi. Darslarda o‘yin tarzida har 
2 o‘quvchiga yoki 2 komandaga 10 tadan yoki undan ko‘p shakllar tarqatilib 
musobaqalar uyushtirish yaxshi natijalar beradi. O‘quvchilar o‘zlariga tushgan 
shakllarning qaysi obyektlar ekanligini, ularning kartadagi o‘rnini, ularga oid 
bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni aytishi talab etiladi. Masalan, o‘quvchiga Tasman 
oroli shakli tushdi deylik, o‘quvchi uni kartadan topib, uni sayyoh tadqiqotchi Abel 
Tasman tomonidan kashf etilgani va boshqa ma’lumotlarni aytadi.
O‘quvchilar bilmaydigan boshqa ma’lumotlarni o‘qituvchi to‘ldirishi kerak. 
Har bir geografik nomning ma’nosini aytish, shu obyektlarni nafaqat esda qolishini 
balki ularning kartadagi o‘rnini, ya’ni fazoviy kartagrafik tasavvur hosil bo‘lishiga 
imkon yaratadi. Kartadan geografik obyektlarni ko‘rsatishda o‘ziga xos didaktik 
qoidalarga bo‘ysunish kerak. Albatta, obyekt ko‘rsatkich yordamida topilishi, 
gavda bilan uni bekitilmasligi, ko‘rsatkich punsonga tushishi (uning yonidagi 
yozuvga emas), ko‘rsatkichni kontur chegarasi bo‘ylab yuritish zarurligi 
o‘quvchilarga doimo uqtirib borilishi zarur. Yo‘llar, daryolar ularning yo‘nalishi 
bo‘ylab ko‘rsatilishi kerak. Geografik obyektlarning yaqindagi boshqa obyektlar 
haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlik asosiy obyektning kartadan tez topish 
imkoniyatini yaratadi. Masalan, Suvayish kanali Afrika bilan Osiyo qit’alari 
o‘rtasida ekanligini yoki O‘rta dengizni Afrika bilan Yevropa oralig‘ida 
joylashganligi obyektning kartadan tez topilishiga imkon beradi. 
Kartadan obyektlarning o‘rnini tez esda saqlab qolishni jonlantirishda 
ko‘pchilik o‘quvchilar bayroqchalar, shartli belgilar, iplar va boshqa vositalardan 
ham foydalanadilar. Dars davomida kartadan izlayotgan obyektlarga yuqoridagi 
vositalarni qo‘yib boradilar. Geografiya o‘qituvchisi obyektlarni o‘quvchilar 
tomonidan mexanik yodlashlariga yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Bu esa kartaning 
formal egallanishiga olib keladi. Bu borada ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish 
faoliyatidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, o‘quvchilar yer 
sharida joylashgan 230 dan ortiq mamlakatlarning siyosiy kartadagi o‘rnini esda 
saqlab qolishiga bir muncha qiynaladilar. Bunday paytda ularni o‘rganishni 
yengillashtiradigan metodlarni qo‘llash va izlash zarur.


149 
O‘quvchilar geografik kartalarni o‘rganishda obyekt va hodisalarning 
xususiyatlarini sxematik chizmada, rasmlarda va boshqa belgilarda aks ettirishlari 
samarali natija beradi. O‘quvchilar, ayniqsa, tabiiy hodisalarning asosiy belgi va 
xususiyatlarni doskaga chizib ko‘rsatilgan sxema va rasmlar vositasida puxta 
egallab oladilar. Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda geografiya darslarida rasm 
va boshqa chizmalardan foydalanish bo‘yicha ko‘pgina maqolalar e’lon qilindi. 
Gorst, graben, uzilma, platforma, vulqon, yer osti suvlari, sharshara, ostona, delta, 
kabi yuzlab obyektlarni faqat rasm va sxemalar yordamida aks ettirish ularning 
o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. Yangi materialni o‘tish jarayonida doska orqali 
karta sxemalaridan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki unda eng asosiy 
bilimlar aks etgan bo‘ladi. Karta sxemalarini yozuvsiz kartada chizish vaqtni tejash 
imkoniyatini tug‘diradi. Uy vazifalarini tayyorlashda ham, kitob bilan ishlashda 
ham o‘quvchilarning karta sxemalarni chizib kelishiga e’tibor berish kerak. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin