147
geografiyasini o‘rganishda juda kam ishlatiladi. Bu juda katta xatodir. Globus yer
yuzidagi bir-biridan uzoqda joylashgan punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda
hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan vositadir. Globusning ahamiyati butun
geografiya ta’limi jarayonida saqlanib qolishi kerak.
Bunga rioya qilmaydiganlar
katta xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Yer yuzining ikki nuqtasi orasidagi eng qisqa
masofa ortodramiya deyiladi. Topish uchun globus yuzasiga (2 ta nuqta orasiga) ip
tortib, shu ip bo‘lagini o‘lchash kerak. Olingan uzunlikni (ipni) globus masshtabiga
ko‘paytirish kifoya. Kartada esa 2 nuqta orasidagi eng qisqa masofa to‘g‘ri chiziq
emas. Balki egri chiziq bo‘ladi.
Ortodramiyani globusda aniq masshtab bilan o‘lchansa, kartada murakkab
formulalar bilan hisoblab topilishi amalga oshiriladi. Ortodramiyani globusdan
kartaga ko‘chirish bo‘yicha mashqlar bajarilsa, o‘quvchilarni kartagrafik
proeksiyalar tushunchasi bilan tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Buning
uchun globus va kartalarda bir xil va turli xil nuqtalar orasidagi masofalarni
o‘chirib bir-biriga qiyoslanadi. Globus bilan kartani taqqoslash tufayli o‘quvchilar
globusda hududning mashtabi, shakli, maydoni birday to‘g‘ri tasvirlanganligini o‘z
ko‘zlari bilan ko‘radilar. Geografik o‘rin tushunchasini sayyoraviy nuqtayi
nazardan olib qaraganda globussiz o‘quvchilar ongiga yetkazish qiyin.Yer sharida
mamlakatlarning butun yer shariga va dengiz yo‘llariga nisbatan holatini ham
globussiz o‘quvchilarga to‘laqonli yetkazish amri mahol. Ayniqsa iqlim hosil
bo‘lish
omillari, tuproq-o‘simlik zaxiralarining hosil bo‘lishi jarayonlarini
geografik o‘rin bilan bog‘lab tushuntirish katta ahamiyatga ega. Buni globussiz
amalga oshirib bo‘lmaydi.
Shu tufayli undan barcha sinflarda foydalanish geografiya ta’limi
samaradorligini oshirishda nihoyatda foydali.
Dostları ilə paylaş: