Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


Mavzuning geografik tushunchalari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149


Mavzuning geografik tushunchalari
Umumiy tushunchalar 
Yakka tushunchalar 
Mavhum tushunchalar 
Materik, okean, dengiz, 
qo‘ltiq, bo‘g‘oz, muzlik, ichki 
dengiz, chekka dengiz, orol, 
yarim orol va h.k. 
Tinch okeani,
Atlantika okeani, Arabiston 
dengizi, Yapon dengizi,
Meksika qo‘ltig‘i,
Fin qo‘ltig‘i, Madagaskar 
oroli, Mozambik bo‘g‘ozi va 
h.k. 
Chuqurlik,
Chuqurlik darajasi, kenglik, 
uzunlik va h.k.
Matnni tahlil qilishda shu narsa ma’lum bo‘ldiki o‘rtacha hajmdagi har bir 
mavzuda 35 ga yaqin tushunchalar mavjud. O‘quvchilar tushunchalarni guruhlab 
o‘rganganlaridan keyin, ularga xos belgilarni ajratishni egallaydilar. Belgilarni 
ajratish o‘quvchilardan mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Darslik matnini kartalar 
bilan qiyoslash.
 
Karta bilan ishlash darslikdagi matnni puxta o‘zlashtirishini 
ta’minlashga yordam beradi. O‘quvchilar karta yordamida mamlakatlar, alohida 
hududlarga kompleks ta’rif yozishlari, darslikdagi matn materiallari bilan 
solishtirib ko‘rishi, kartada darslikda berilgan materiallarni aniqlab olishga imkon 
yaratadi. Qaysi materiallarning kartada aks etmagani aniq namoyon bo‘ladi. 
O‘quvchilar karta bilan ishlab bo‘lgach o‘z natajalarini darslik matni bilan qiyoslab 
ko‘radi va o‘z xatolarini mustaqil tarzda aniqlaydi. Ular darslik va kartani yoki 
karta va darslikni qanday bilimlar bilan to‘ldirishi kerakligini aniqlaydilar. Karta 
va darslik bilim manbai ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Geografiya fanining 
karta va darsliksiz mavjud bo‘la olmasligiga iqror bo‘ladilar. Karta va darslik bir-
birini to‘ldiruvchi vosita ekanligini amalda ko‘radilar. Matn bilan kartalarni 
qiyoslovchi obyekt va hodisalarga daryolar, alohida regionlarning iqlimi, sanoati, 
xo‘jaligi, aholining xo‘jalik faoliyati kabilarni ko‘rsatish mumkin. Geografiya 
darsligi matni bilan ishlash metodlari ichida o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish 
hamda ularni imlo lug‘ati, ya’ni nomlar bilan ishlashga o‘rgatish ham katta 
ahamiyatga ega. Har bir o‘quvchi darslik asosida izchil ravishda geografik nomlar 
lug‘atini yuritib borishi darslik bilan ishlashning ahamiyatini yanada oshiradi. 
Demak, o‘quvchilarning darslik matni bilan ishlashdagi muvaffaqiyati, avvalo, 
uning qanday yozilganligiga ham bog‘liq. Shu tufayli darsliklarni yozuvchi 
mualliflar uning sodda, aniq, ravon, tushunarli tilda yozilishiga e’tibor berishlari 
zarur. Geografiya darsligi yildan- yilga o‘quvchilar nutqini, lug‘at boyligini oshirib 
borishi kerak. Yangi atamalar darslik matnida bo‘rtirilib ko‘rsatilishi ularning izohi 
ilovalarda, albatta, berilishi maqsadga muvofiq. Geografik nomlar va atamalar 
o‘quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 


140 
Ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, lug‘at tuzishni izchil 
davom ettirayotgan va ularni karta bilan bog‘layotgan o‘quvchilar geografik 
kartalarni puxta tahlil qila oladilar va darslik bilan mustaqil ishlay oladilar. Har bir 
geografiya o‘qituvchisi (o‘quvchilar ham) geografiyadan lug‘at kitoblariga ega 
bo‘lishlari zarur. Bu o‘quvchilarda darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini 
shakllantirishga yordam beradi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin