Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya darsligi bilan ishlash uslubiyati



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149


 
6.2. Geografiya darsligi bilan ishlash uslubiyati 
 
Geografiya darsligi bilan ishlash metodlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib ular 
quyidagilardan iborat. 1. Matn bilan ishlash. 2. Savol va topshiriqlar bilan ishlash. 
3. Darslikdagi illustrasiyalar va raqamli materiallar bilan ishlash. 
Darslik bilan ishlashdagi eng muhim xususiyat uning metodik tuzilishi 
hisoblanadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Avvalo, har bir matn geografik 
kartalar bilan uzviy bog‘langanligi, geografik atama va nomlar, raqamli 
ko‘rsatkichlar va illustrativ materiallarning mavjudligi bilan ajralib turadi. 


136 
Geografik matnlar bilan ishlashda o‘quvchi darslikdagi matn, karta, o‘qituvchining 
jonli so‘zi, illyustratsiyani uyg‘unlashgan holda qo‘llay olishi hisoblanadi. 
Geografiya o‘qituvchisi darslik bilan ishlashga kirishishdan oldin, avvalo, 
o‘quvchilarning darslik bilan ishlashga tayyorgarligini aniqlashi kerak. 
O‘quvchilarda boshlang‘ich sinflardan va boshqa predmetlarda shakllangan darslik 
bilan ishlashdagi ko‘nikmalardan ham foydalanishi kerak. Darslik bilan ishlashda 
asosiy o‘rinlarni darslik matni bilan ishlash egallaydi. Avvalo, geografiya 
o‘qituvchisi o‘quvchini darslik matnini o‘qishga o‘rgatishi maqsadga muvofiq. 
Buni quyidagicha amalga oshirish zarur. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning matn bilan ishlash jarayoniga rahbarlik qiladi
o‘quvchilar javobgarlikni his qilgan holda to‘ldiradi, unga oid qiziqarli faktlarni 
aytadi. Rasmlarni tahlil qiladi. O‘quvchilarga matnni qanday o‘qish zarurligi 
haqida ko‘rsatmalar berib boradi. Matnni o‘qishda, albatta, o‘qituvchining izohlab 
va tushuntirib borishi samarali natijalar beradi. O‘quvchilarning darslik bilan 
ishlash metodlari murakkablashib borgan sari ular qo‘yilgan Blis so‘rovga 
darslikdan mustaqil javob topa olishlari asosiy o‘rinni egallashi zarur. 
O‘qituvchining oldindan tayyorlagan topshiriqlari asosida o‘quvchilarda matn 
bilan ishlashda quyidagi metodlarni tavsiya qilish mumkin. 
1.
Matndagi tushunchalarni topa olishi va unga ta’rif bera olish. 
2.
Qo‘yilgan savolga darslik matndan aniq javoblarni topa olish. 
3.
Matndan mavhum Blis so‘rovga javob topa olishni o‘rgatish. 
4.
Matnni tahlil qilish orqali qo‘yilgan savolga javob topish. 
5.
Xulosalar chiqara olish, yoki bu hududlarning tabiiy sharoitini baholay olishlari 
matn bilan ishlashdagi muhim omillardan biri sanaladi. 
O‘quvchilarning darslik matni bilan ishlashda mustaqil ishlash qo‘nikmalari 
shakllantirilmasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Chunki o‘quvchilarni 
majburlab matn bilan ishlashga o‘rgatib bo‘lmaydi. Ularni bunga ongli va ijodiy 
yondashishga o‘rgatish kerak. 
Hozirgi kunda barcha geografiya darsliklari o‘quvchilarga u bilan qanday 
ishlash kerakligi haqidagi eslatmalar bilan boshlanadi. Ammo ular yetarlicha emas. 
Geografiya o‘qituvchisi darslik bilan ishlashda quyidagilarga e’tibor berishi kerak. 
Darslik bilan ishlashga kirishishdan oldin darslik nomi, mualliflar haqida ayrim 
ma’lumotlar (agar o‘qituvchi bu haqida ma’lumotga ega bo‘lsa) darsliklarning 
yirik mavzulari, mazmuni, ilovalari, rasmlari kartalari bilan o‘quvchilarni 
tanishtiradi va ular bilan qanday ishlash zarurligi va yo‘llarini uqtiradi. 
Geografiya darsligi bilan ishlashga kirishishdan oldin barcha o‘quvchilarda 
atlas kartalar bo‘lishiga erishish zarur. Aks holda ko‘zlangan maqsadga erishib 
bo‘lmaydi. Darslik yoki o‘quv qo‘llanma asosida o‘rganilayotgan matn qismlarga 
bo‘lib o‘rganilishi uqtiriladi. O‘quvchilar mustaqil ravishda har-bir qismlarga 


137 
atamalar nomlarini topadi. O‘qituvchi ularni doskaga, o‘quvchilar esa daftarlarga 
yozib boradilar. 
Darslik matni bilan ishlash metodlari xilma-xil bo‘lib, har bir metod o‘ziga 
xos xususiyatga ega. Bular ichida darslik matnini tahlil qilish katta ahamiyatga 
ega. Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu 
komponentlar quyidagilardan iborat. 
1.
Umumgeografik tushunchalar ta’rifini aniqlash. 
2.
Obyektlar va hodisalarni ta’riflash. Bunda relyef, iqlim, foydali 
qazilmalarga oid bo‘lgan birinchi va ikkinchi darajali tomonlarini yoritish, ya’ni 
asosiy va qo‘shimcha bilimlarni aniq ko‘rsatish. 
3.
Voqea va hodisalarni kelib chiqishi va o‘zgarishiga oid ma’lumotlarni 
izohlash. 
4.
Ta’riflovchi, izohlovchi aralash matnlarni aniqlash va ajrata olish. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin