146
Yozuvsiz karta asosida geografik diktant ham o‘tkazish mumkin. Masalan,
yo‘g‘on
chiziqda Qrim, Ural, Pomir, Oltoy, Hisor, Tyanshan’ tog‘ tizmalarini
tushuring, ularni karta chekkasida raqamlar bilan ajrating yoki yer sharidagi 5
tadan yarimorol, orollarning nomini yozing va h.k.
Yozuvsiz karta asosida nazariy ish uyushtirish 10-15 minutdan oshmasligi
kerak. O‘qituvchi yozuvsiz kartalardan foydalanishni 4 guruhga ajratish mumkin:
1. Yangi materialni o‘rganish jarayonida.
2. Uy vazifalarini bajarishda.
3. O‘quvchilar bilimini tekshirish paytida.
4. Nazorat ishlarini o‘tkazishda.
O‘quvchilarning eng yaxshi ishlari
yozuvsiz kartalarini sinf, maktab
ko‘rgazmalarida namoyish qilish, o‘quvchilarning
geografiyani, kartani
o‘rganishga bo‘lgan havaslarini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: