Geografiyani oʻqitishda zamonaviy pedagogik (didaktik-oʻyinli, hamkorlikda oʻqitish, muammoli, modulli taʼlim) va axborot texnologiyalaridan foydalanish reja



Yüklə 42,15 Kb.
səhifə1/4
tarix13.06.2023
ölçüsü42,15 Kb.
#129223
  1   2   3   4
Gum 8-m (1)


GEOGRAFIYANI OʻQITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK (DIDAKTIK-OʻYINLI, HAMKORLIKDA OʻQITISH, MUAMMOLI, MODULLI TAʼLIM) VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Reja

  1. Geografiyani o`qitishda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalaridan foydalanish haqida umumiy tushuncha

  2. Didaktik o’yinli ta’lim texnologiyalari

  3. Modulli ta’lim texnologiyalari

  4. Muommali ta’lim texnologiyalari

  5. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari

6. O’yinli mashiq texnologiyalari.
Tayanch iboralar:metod”, “metodik uslub”, “oqitish metodi”, “zamonaviy ta’lim”, “axborot texnologiyalari”, “didaktik o’yinli”, “modulli ta’lim”, “muommali ta’lim”, “hamkorlikda o’qitish”, “o’yinli mashiq”.


Geografiyani o`qitishda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalaridan foydalanish haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar mohiyati o’quvchiga bilim berish, ularni to’liq o’zlashtirishdan iborat. Ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tishda asosiy talab, o’quvchining hayotiy tajribasi avval o’zlashtirgan bilimi va qiziqishlari asosida yangi bilim berishni ko’zda tutadi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi o’zining ko’p qirraliligi bilan namayon bo’lyapti. O’quvchining ruhiy holatlari, uning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bog’liq. Shu jihatdan olganda, pedagogik texnologiya shaxs rivojlanishi bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash va differensiyasiyalash imkoniyatlariga ega. Bu pedagogning ta’lim texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga bog’liq.
Uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quv materiallarini o’quvchi tomonidan qabul qilish va o’zlashtirish samarasini oshiradi.
Shu bois shaxsiy kompyuterlar ta’lim vositasiga aylanmoqda. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining barcha funksiyalarini o’z zimmasiga oldi, degani emas, albatta. Balki o’quvchining shaxsiy kompyuter bilan ishlash ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda har bir sohaning takomillashib, rivojlanishi uchun xilma-xil metodlar qo’llanilayatganidek, ta’lim-tarbiya sohasida ham turli xil metodlardan foydalanilmoqda, shundan tabiiyot haqidagi fan-tabiyatshunoslik darslarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalari metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki tabiyatshunoslik darslarida qo’llaniladigan metodlarning xilma-xilligi o’quvchida fanni bilishga va qiziqishini orttiradi.
Ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos jihati, o’quvchilarining mustaqilligi va o’quv fani faoliyatini ta’qiqlanmasdan, balki belgilangan maqsadga yo’naltirish o’quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etishni talab etadi. Ularni faoliyatiga ongli ravishda yo’llash biror bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o’quvchilarda fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
Bunday darslarni olib borishda o’quvchining tabiyatshunoslik fanidan to’liq bilim olish, axloqli bo’lishi, biron bir kasb tanlash iste’dodini ravnaq toptirish, xalqimizning yaxshi fazilatlarini egallashi uchun avvalo o’qituvchining ijodiy mehnat qilishi talab etiladi. O’qituvchi o’quvchiga nisbatan sergak, ziyrak bo’lib uning qiziqish qobiliyatini hisobga olib, murabbiylarga muomalada bo’lishi darkor. Shundan keyingina darslarda foydalaniladigan didaktik o’yinli texnologiyalari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, darslik va qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqat madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yo’llash, didaktik o’yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo’ljalni to’g’ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib to’g’ri xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
Pedagogik texnologiya-bu o’qtish shakkilarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilim berish jarayonida inson saloxiyati va texnik resurslardan foydalanish, ularning o’zaro bog’liqligini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuidir.
Bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshirishda qo’llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan:

  1. Didaktik o’yinli ta’lim texnologiyalari

  2. Modulli ta’lim texnologiyalari

  3. Muommali ta’lim texnologiyalari

  4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari

5. O’yinli mashiq texnologiyalari mavjud bo’lib, mazkur pedagogik texnologiyalarning har biri o’ziga xos hussisiyatga ega.

Yüklə 42,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin