Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/34
tarix09.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#138985
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

 
 


12 
II BOB. O„RTA OSIYODA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDAGI
EKOLOGIK MUAMMOLARI: ULARNI HAL ETISHDA XALQARO HUQUQ 
MEXANIZMLARINI QO„LLASH 
2.1. O„zbekiston Respublikasini suv resurslari, va ularni xududiy taksimlanishi hamda 
halq xo„jaligidagi ahamiyati
O‗zbekiston Respublikasi suv resurslarining asosiy yer ustki oqar manbalari Amudaryo 
va Sirdaryo daryolarining havzalari bo‗lib, ularning jami ko‗p yillik oqimi 115,6 km3 ni tashkil 
qiladi, ulardan Amudaryo havzasida 78,5 km
3
, Sirdaryo havzasida esa - 37,1 km
3
oqim vujudga 
keladi.
O‗zbekistonning suv resurslari Orol dengizi havzasi ega bo‗lgan umumiy suv 
resurslarining faqat bir qisminigina tashkil qiladi, xolos. Bu havzaga Markaziy Osiyoning 
eng yirik daryolari: Orol dengiziga quyiladigan yer usti oqimining asosiy manbai bo‗lgan 
Amudaryo va Sirdaryo, gidrografik jihatdan shu havzaga moyil bo‗lgan va Orol pasttekisligi 
hududida joylashgan boshqa daryolar ham kiradi. Bevosita O‗zbekiston hududida vujudga
keladigan suv resurslarining ulushi Amudaryo havzasi bo‗yicha 6 foizni, Sirdaryo havzasi 
bo‗yicha 16 foizni, respublika bo‗yicha jami oqimning taxminan 8 foizini tashkil qiladi. O‗rta 
Osiyoning yuza suvlari resurslari o‗lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog‗liq holda 
g‗oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon 
tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog‗lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko‗pchilik 
daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo‗shilmaydi. 
O‗lkamiz tog‗larida sertarmoq daryolar, katta­kichik soy va jilg‗alar juda ko‗p. Tog‗larni 
o‗rab olgan tog‗oldi tekisliklarida ancha zich bo‗lgan sun‘iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular 
daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarak­atrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya 
kanallaridan, ariqlardan va shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat. 
Tekisliklarda va ayniqsa, tog‗oldi tekisliklarida bug‘‗lanish jarayoni juda kuchli bo‗ladi. 
Chunki tog‗larda hosil bo‗lgan suvlar bu yerda sertarmoq irrigatsiya kanallari va ariqlari orqali 
keng dala maydonlariga yoyilib, ularning katta qismi bevosita suv yuzasidan, tuproq yuzasidan 
va o‗simliklar orqali atmosferaga bug‘‗lanadi. 
O‗rta Osiyo hududidan oqib o‗tuvchi daryolar suvlarining yillik zahirasi 129,7 km
3
ga 
teng bo‗lib, ularning daryolar havzalari bo‗yicha taqsimlangan. 
Orol havzasi va umuman O‗rta Osiyoning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryodir. 
Mazkur daryolar va ularning Norin, Qoradaryo, So‗x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, 
Sheroboddaryo kabi yirik irmoqlari Respublikamiz hududida o‗zlarining o‗rta va quyi oqimlari 
chegarasida oqadilar. Quyida o‗lkamizda mavjud bo‗lgan yuza suv resurslarining ana shu 


13 
daryolar havzalari bo‗yicha qisqacha so‗z yuritiladi.
O‗zbekistondagi yirik daryolarning suv 
zahiralari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham 2­jadvalda keltirilgan. 
Bu jadval ma‘lumotlaridan foydalanib va ularni tahlil qilib, Orol havzasining eng yirik 
daryolari­Amudaryo, Sirdaryo hamda ularga quyuluvchi ayrim irmoqlar oqimining daryolar 
uzunligi bo‗yicha o‗zgarishini ham aniqlash mumkin. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin