Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/34
tarix09.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#138985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

 
Sh ye r o b o d d a r yo
havzasi Surxondaryo va Qashqadaryo havzalari o‗rtasida, 
Boysuntog‗ va uning davomi bo‗lgan Ko‗hitang tog‗larining sharqiy yonbag‗irlarida joylashgan. 
Daryo nisbatan kam suvli bo‗lib, o‗rtacha ko‗p yillik oqim miqdori bor­yo‗g‗i 236 mln.m
3
ga teng. 
Shu sababli havzaning quyi qismi qo‗shni Surxondaryodan keltirilgan suvlar bilan sug‗oriladi. Shu 


15 
maqsadda vohaga Janubiy Surxon suv omboridan uzunligi 100 km bo‗lgan Sherobod kanali 
qazilgan. 
Q a sh q a d a r yo 
Zarafshon va Hisor tog‗ tizmalari g‗arbiy tarmog‗ining janubiy 
yonbag‗irlaridan boshlanadi. Daryoning asosiy irmoqlari unga chap tomondan qo‗shiladi. 
Tog‗lardan chiqqandan so‗ng daryoga dastlab nisbatan kamsuvli Jinnidaryo, so‗ng muzliklardan 
boshlanadigan sersuv Oqsuv daryosi, undan keyin esa Yakkabog‗ va Tangxoz daryolari kelib 
quyiladi. Qashqadaryoning oxirgi chap irmog‗i G‗uzordaryodir. U Katta O‗radaryo va Kichik 
O‗radaryoning qo‗shilishidan hosil bo‗lib, quyi oqimida Qorasuvdaryo deb nomlanadi. 
Qashqadaryoning o‗ng qirg‗oq tomonida yirik irmoqlar yo‗q, faqat baland bo‗lmagan 
Qoratepa tog‗ining janubiy yonbag‗irlaridan 18 ta katta­kichik soylar oqib tushadi. [432-435] 
Qashqadaryo vohasi tekisliklariga tog‗li hududdan oqib keluvchi yuza suvlarining 
umumiy hajmi yiliga 1,56 mlrd.m
3
ga teng. Havzada suv zahiralarining cheklanganligini, biroq 
juda katta yer fondining mavjudligini hisobga olib, uning suv resurslari qadimdan Eski Angor 
kanali orqali Zarafshon suvi va o‗tgan asrning 70­yillaridan boshlab Qarshi magistral kanali 
orqali keltirilgan Amudaryo suvlari bilan to‗ldiriladi. 
 
Z a r a f sh o n
daryosi Tojikiston hududidagi Zarafshon muzligidan boshlanadi. Yuqori 
oqimida u Mastchohdaryo deb atalib, chap tomondan unga Fandaryo kelib qo‗shilgach, daryo 
Zarafshon nomini oladi. 
Mastchohdaryo bilan Fandaryoning qo‗shilish joyidan 56 km quyida Zarafshon daryosiga 
chap tomondan ancha yirik hisoblangan Qishtutdaryo, so‗ng esa yana chap tomonidan 
Mag‗iyondaryo kelib quyiladi. Panjikent shahridan pastda Zarafshon daryosi O‗zbekiston 
chegarasini kesib o‗tadi va tekislikka chiqadi. Zarafshon daryosi Zarafshon botig‗iga chiqish 
joyidan g‗arbda, aniqrog‗i Nurota va Qoratepa tog‗laridan unga bir qancha katta­kichik soylar 
oqib tushadi. Biroq, ular suvining sug‗orishga olinishi yoki yoyilmalarga sizib ketishi tufayli 
ko‗pchiligi Zarafshonga yetib kela olmaydi. 
Zarafshon daryosining suv zahiralari 1962 yildan boshlab Amu­Buxoro kanali orqali 
keltirilayotgan Amudaryo suvi bilan to‗ldirilmoqda. 
Zarafshon daryosining quyi oqimida, ya‘ni daryo Zarafshon botig‗idan Qizilqum cho‗llariga 
oqib chiqqanidan so‗ng unga hech qanday irmoq, hatto soylar ham qo‗shilmaydi. Sug‗orishga sarf 
bo‗lishi tufayli Zarafshonning suvi quyi oqim tomon kamayib boradi. Qadimdan Zarafshon suvi 
bilan Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor vohasi yerlari, Darg‗om kanali orqali esa Qashqadaryo 
vohasidagi ekin maydonlari sug‗orib kelinadi. Daryoning Dupuli ko‗prigi yaqinida aniqlangan 
o‗rtacha yillik oqimi hajmi 5,32 km
3
ga teng. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin