Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Markaziy Osiyo davlatlari bo„yicha daryolar resurslari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/34
tarix09.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#138985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

Markaziy Osiyo davlatlari bo„yicha daryolar resurslari 
Maydoni 
oqim, km3/yil
Umumiy 
maydonga 
nisbatan 
%
Ming 
km
2
Umumiy 
maydonga 
nisbatan % 
Davlat hududida 
shakllanuvsi oqim 
Afg‗oniston va 
Erondan 
keluvchi oqim 
Tojikiston
143,0 
8,1 
52,9 
14,3 
46,6
Qirg‗izston
198,5 
11,2 
44,7 
-
39,4 
Turkmaniston
488,0 
27,7 
0,5 
2,7 
0,4
O‗zbekiston
448,9
25,3 
9,0 

8,0 
Janubiy 
Qozog‗iston
487,9 
27,7 
6,4 

5,6
1-diagramma
Markaziy Osiyo davlatlari bo`yicha suv resurslarini taqsimlanishi 
(% hisovida) 
Turkmaniston
0,4%
Janubiy 
Qozog`iston
5,6%
O`zbekiston
8%
Qirg`iziston
39,4%
Tojikiston
46,6%
Izox. Afg`oniston va Erondan keluvchi oqimdan tashqari
Orol dengizi havzasining suv resurslaridan amalda to‗liq foydalanilmoqda. Sirdaryo 
daryosi havzasida suv kam bo‗lgan yillarda oqimdan suv olish koeffitsienti birdan ko‗p bo‗lib, 
bu sug‗orishda drenaj va oqova suvlardan takroran foydalanilganligini ko‗rsatadi. O‗zbekiston
Respublikasining ekologik xavfsizligini ta‘minlash nuqtai nazaridan qaragandan eng dolzarb 


22 
muammo suv resurslarining (er usti va yer osti) tanqisligi va ifloslanganligidir. Respublikaning
daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto yer osti suvlari turli antropogen ta‘sirlar ostiga 
tushib qolgan. O‗tgan asrning oltmishinchi yillaridan
boshlab yangi yerlarni keng ko‗lamda o‗zlashtirish, sanoatning, chorvachilikning ekstensiv
rivojlanishi, urbanizatsiya, kollektor-drenaj sistemalarining qurilishi va daryo suvlarining
sug‗orish uchun olinishi munosabati bilan daryo havzalaridagi suvning sifati intensiv
ravishda yomonlasha bordi. Bu holat ekologik-gigienik va sanitariya-epidemiologik
vaziyatni, ayniqsa daryo o‗zanlaridagi ahvolni yomonlashtiradi. O‗zbekiston Respublikasida
oqimning shakllanish hududi asosan tog‗dan boshlanadigan daryolarga to‗g‗ri keladi.
Balandlikning tog‗ zonasi hududida keskin pasayishi ekologik sharoitlar gradientini vujudga
keltiradi, bu tabiiy ravishda vegetatsiya davrida suv biotasining yanada gurkirab rivojlanishiga 
olib keladi, natijada daryolarning quyi qismida torf vujudga kela boshlaydi. Oqim shakllanadigan 
zonada joylashgan daryolar suvining sifat tarkibi daryo o‗zanlarini vujudga keltiruvchi tog‗ 
jinslaridan xosil bo‗lgan chiqindilar hamda insonning xo‗jalik faoliyati natijasida vujudga 
keladigan oqimlardan yuzaga keladi. Tog‗ zonalarida suv oqimlarini ifloslantiruvchi yaqqol 
manbalari yo‗q, suvning fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlarining barcha o‗zgarishlari, perfitonning
tarkibi va tuzilishi esa orografiya va umumiy landshaft vaziyatidan kelib chiqadigan tabiiy 
tuzilishga egadir.
Daryo ekosistemalariga antropogen bosimning o‗sib borishi suvlarning tarkibi va
tuzilishidagi chuqur o‗zgarishlarga olib kelmoqda. Farg‗ona vodiysi suv oqimi 
shakllanadigan zonada joylashgan suv oqimlarida bioparda bilan qoplanish mo‗‘tadil yoki
g‗oyat sust rivojlanadi. Daryolarning yuqori qismlaridagi biotik perifiton indeksning qiymati 
10 ga (ekologik zo‗riqishning zaif toifasi), quyi qismlarda esa 4 ga (ekologik zo‗riqishning 
yuqori toifasi) tengdir. 
O‗zbekiston hududi O‗rta Osiyoning ikki daryosi – Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida 
joylashgan, ularning g‗arbiy va shimoliy – g‗arbiy qismidan Pomir-Olay va Tyon Shon tog‗ 
sistemalari o‗tadi. O‗zbekistonning suv resurslari yer usti suvlaridan tashkil bo‗lgan, qo‗shni 
mamlakatlardan daryolar va kanallar orqali kirib keladi, qaysiki respublikalar hududlarida 
shakllangan. Yer usti suv resurslariga ko‗llar suvi va muzliklardagi suv zahiralari ham kiradi. 
Hududlarni suv ta‘minotida yer osti chuchuk suvlari katta rol o‗ynaydi. Suv resurslarining 
shakllanishida asosiy manba atmosfera havosi olib keladigan namlik hisoblanadi. Hududlar 
bo‗yicha yog‗ingarchilikni taqsimlanish xususiyatini katta har xil reefli orografik o‗rni aniqlaydi. 
O‗zbekistonning tekistlik qismida qurg‗oqchilik: yil davomidagi yog‗ingarchilik miqdori 100-
200 mm bo‗lib, ayrim joylarda bundan ham kam (80 mm gacha). Tog‗oldi zonalarida (dengiz 


23 
sathidan 300-400 dan 600-1000 m gacha balandliklarda) yillik yog‗in miqdori 300-500 mm 
gacha ko‗tariladi. Joylarning balandligi o‗sgan sari yog‗ingarchilik miqdori o‗sib boradi, lekin 
tog‗ vohalarida ularni taqsimlanishi ancha qiyin xarakterga ega bo‗lib, nafaqat joylarni 
balandligiga, tog‗larni joylanishiga (ichki yoki tashqi) va boshqa orografik va iqlim omillari 
bilan bog‗liq. Qiyaliklarda ochiq asosiy namlik olib keluvchi potoklar yordamida yillik 
yog‗ingarchilik miqdori 1500-2000 mm gacha yetishi mumkin ( masalan, Pskem daryosi 
vohasida). [400] 
O‗zbekistonning asosiy gidrologik xususiyati, shuningdek Orol dengizi vohasining 
hamma joyi har xil gidrologik funksiyalariga ko‗ra bir-biridan katta farq qiladigan ikki qismga 
bo‗linadi: tekistlik va tog‗li. Tog‗li hududlar daryo irmoqlaridan suv oqimi shakllanish zonasi 
hisoblanadi. Tekis hududlar kam miqdorda yog‗ingarchilik va yuqori bo‗g‗lanishi tufayli 
atmosfera yog‗inlari bir necha marta ko‗p bo‗lishiga qaramsdan suv oqimlarini hosil qilmaydi. 
Bundan tashqari tog‗lardan oqib kelgan suvlar tekist hududlarda sarflanadi, bo‗g‗lanadi, 
filtiratsiya bo‗lishi kuzatiladi va boshqa sabablar yo‗qolishga olib keladi. Bu jarayonlar 
insonning xo‗jalik faoliyatida kuchayadi: daryolardan kanallar orqali ekinlarni sug‗orish uchun 
olingan suv bo‗g‗lanishga va transpiratsiyaga sarflanadi, uning bir qismigina qaytim sifatida 
yana daryoga oqib tushadi. Bu oblast O‗rta Osiyoda yirik gidrolog V. L. Shuls terminologiyasi 
bo‗yicha suv oqimini tarqalish oblasti deb aytadi. Tog‗lardan tekistlkga tabiiy gidrologik siklda 
suv harakatining oxirgi zvenosi Orol dengizi hisoblanadi, uning barqaror paytida ustidan har yili 
o‗rtacha 60 km3 suv parlangan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin