8
boglashidir. Aylanma xarakat tufayli gidrosferani uzuluvchanlik (diskretlik) karaktush uz
kuchini yuqotadi. Yerning barcha suvlari nafaqat paydo bo‘lishi jixatidan balki doimiy aylanma
xarakat ta‘sirida yagonadir. Aloxida ta‘kidlash zarurki suv resurslaridan turli xil xo‘jalik va
madaniy maksadlarda foydalanishlar ham suvlarni aylanma xarakat jarayonida amalga oshiriladi.
Tabiatdagi suvni aylanma xarakati ikkita mustaqil jarayonlar ta‘sirida bo‘ladi: ulardan birinchisi
- gidrosferani suvini to‘ldiruvchi manba - mantiya suvini degazatsiyasi. Bu jarayon juda sekin
yuz berib milliard yillardan beri davom etmoqda. Bu jarayonni intensivligi xaqidagi ma‘lumotlar
yetarli emas. Suvni aylanma xarakatini ikkinchi jarayoni birinchisiga nisbatan bir necha barobar
jadalroq bo‘lib uni sikli faellarni almashinish ya‘ni bir yil bilan chegaralanadi. Xozirgi zamon
tabiatdagi suvni jadal aylanma xarakati bilan deyarli xamma gidrologik jarayonlar bog‘liqdir,
shu jumladan suv resurslarini tabiiy yangilanib turishi va chuchuklanishi uchun o‘ta muxim
bo‘lgan jarayonlar ham. Suv - barcha tirik mavjudodlarni eng muxim elementi ekanligini aloxida
ta‘kidlash zarur.
Suv balansi - bu tabiatdagi suvlarni aylanma xarakatini va uni aloxida ismlarini miqdoriy
ifodasidir. Yerni suv balansini umuman va uni aloxida katta qismlarini ta‘riflash uchun
tenglamalar tizimi qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: