Samarqand davlat chet tillar instituti


Somoniylar davlatida markaziy hokimiyat boshqaruvi tizimi



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə8/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139
Majmua 2023 yangi

Somoniylar davlatida markaziy hokimiyat boshqaruvi tizimi. Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi Ismoil Somoniy davrida uzil-kesil qaror topdi. Bu davlatda markaziy boshqaruv dargoh (saroy) va devon (mahkama) orqali amalga oshirilgan. Boshqaruvda amir (hukmdor)ning shaxsiy lashkari bo’lmish turk g’ulomlarining roli katta bo’lgan.Eng obro’li, iqtidorli g’ulomlar xiyolboshi (otliq askarlar boshlig’i), so’ng xojib lavozimini egallaganlar. Amirning hamma hukm, farmoyishlarini ijro etuvchi sohibi xaros yoki amir (xaros) oliy siyosiy hokimiyatni boshqargan. Davlat siyosati va mafkura islom diniga asoslangani uchun Somoniylar davlatida ham xalifalik boshqaruv tartiblarini takrorlovchi, ayni vaqtda esa mahalliy turkiy xalqlarning davlatchilikdagi tarixiy an’analarini o’zida mujassam qilgan davlat boshqaruv tizimi shakllantirildi.Somoniylar saroyida ham devonboshilar, mirzaboshilar, miroxo’rlar va boshqa mansablar mavjud bo’lgan. Markaziy boshqarma 10 ta devondan iborat bo’lgan. Devonlarning eng kattasi vazir devoni hisoblanib, boshqalari unga bo’ysungan. Davlat daromadlari va xarajatlarini boshqarib turuvchi oliy moliyaviy amaldor-mustavfiy devoni (xazinador) muhim o’rin tutgan.Devoni rasoil yoki devoni insho ham katta nufuzga ega bo’lib, u ba’zan devoni umidulmulk deb atalgan. Bu devon davlatning rasmiy xarajatlarini tuzib beruvchi maxsus markaziy mahkama edi. Armiyani boshqaruvchi mahkamaga Devoni shurat rahbarlik qilgan.
Somoniylar davrida yer egaligi va soliq tizimi. Somoniylar davlati yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi mulkiy bo’linish ham turli xil shakllarga ega bo’lgan. Bular quyidagilardir:
1. «Mulki sultoniy» - sulton (amir)ga tegishli yerlar. Undan tushadigan daromadlar davlat xazinasiga tushardi. Bu juda katta yer-mulklarni, shu jumladan, ko’p sonli dehqonlar mulklarini ham o’z ichiga oladi.
2. Mulk yerlari-xususiy mulk yerlari. U asosan hukmron sulola vakillari hamda yuqori tabaqa namoyandalari ixtiyoridagi mulklardir.
3. Vaqf yerlari. Bu machit, madrasa va boshqa diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar. Ulardan keladigan barcha daromadlar musulmon ruhoniylari manfaati uchun sarf qilingan.
Olinadigan soliqqa qarab yerlar ikkiga bo’lingan:
1. «Mulki xiroj» - xiroj yerlar, ya’ni soliq olinadigan yerlar. Dehqonlar yashagan yerlar, ya’ni mulki sultoniy va mulklar shu toifaga kirgan. Bu yerlarda ishlovchilar hosilning uchdan birini davlatga soliq tariqasida topshirganlar.
2. Soliq to’lashdan qisman yoki butunlay ozod etilgan yerlar. Bunday yerlar oliy musulmon ruhoniylari hamda payg’ambar avlodidan bo’lgan sayidlar mulki hisoblangan.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin