Samarqand davlat chet tillar instituti


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə4/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Majmua 2023 yangi

Takrorlash uchun savollar.
1.O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti haqida ma’lumot bering?
2.Vatan tarixining o’qitishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida so’zlab bering.
3.Fanning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering.
4. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining o’qitishning metodologiyasi haqida ma’lumot bering?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Noveyshaya istoriya Uzbekistana: Uchebnik / Pod red. d.i.n., prof. M.А. Raximova. - T.: «Аdabiyot uchkunlari», 2018. – 512.


2. Mustakil Oʼzbekistan tarixining dastlabki saxifalari. - Toshkent, 2000.
3. Erkaev А. Oʼzbekiston yoʼli. - Toshkent: Maʼnaviyat, 2011.
4. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lugʼat // M.Аbdullaev va boshqalar: toʼldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
5. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2017.
6. Mustaqil Oʼzbekiston tarixi. Masʼul muharrir А.Sabirov. - Toshkent: Аkademiya, 2013.
7. Noveyshaya istoriya Uzbekistana. Rukovoditelʼ proekta i redaktor: M.А.Raximov. - Toshkent: Аdabiyot uchqunlari, 2018.

2-Mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari.
Reja:
1. O’zbek davlatchiligi shakllanishi xronologiyasi
2. Davlatchilik tarixini o`rganish tamoyilari
3. Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqish asoslari
Tayanch so‘z va iboralar. Davlatchilik tushunchasi, qarindosh-urug‘chilik jamoasi, hududiy qo‘shnichilik jamoasi, ijtimoiy mansablar, davlat boshqaruvi, boshqaruv tasnifi, rahbarlik, boshqaruv vazifalari, ijtimoiy boshqaruv, davlatning vazifalari
1991 yil 31 avgustda O`zbekistonning davlat mustaqilligi qayta tiklanganligi e’lon qilindi. Xuddi shu kuni jamiyatimiz hayotiga O`zbekiston davlati, O`zbek davlatchiligi tushunchalari kirib keldi. To’gri, davlatchilik o`zbek xalqi tarixi uchun yangilik emas, ammo 130 yillik mustamlaka davrida ayniqsa so’nggi bir necha avlod nazdida davlat, davlatchilik tushunchalari unut bo’lgan edi. Chunki mazkur davrda davlatning o`zi yo’qqa chiqarilgan edi. Demak, endigi sharoitda tarixchilar oldida turgan katta vazifalardan biri to’g’ridan-to’gri O`zbekiston davlati tarixini, O`zbekiston davlatchiligi tarixini ilmiy asosda o’rganishdan iborat. O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanning asosiy maqsad va vazifalari jumlasiga quyidagi asosiy ustuvor yo’nalishlar kiradi: O`zbekistonda ilk shaxarsozlik madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi davlatchilikning kelib chiqishida azaliy utroq aholining madaniyati hal qiluvchi omil bo’lganini yoritish, miloddan avvalgi IX-VIII va VII-VI asrlarda ilk davlatchiligimiz taraqqiyoti jarayonini chuqur va izchil tadqiq qilish; Axamoniylar bosqini, A.Makedonskiy va uning vorislari davrida qadimiy davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning mohiyatini ochib berish. Kushonlar sulolasi davri tarixini O`zbekiston davlatchiligi tarixi sifatida talqin qilish. Buyuk ipak yo’li, uning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari, uning vatanimiz tarixi taraqqiyotida tutgan o’rnini ko’rsatib berish; Ilk rivojlangan o’rta asrlarda o`zbek davlatchiligining barcha bosqichlari tarixini yaxlit tizim sifatida o’rganish va uning jahon sivilizatsiyasi rivojlanishidagi hissasini tadqiq qilish; XIV asr ikkinchi yarmi XV asrda markazlashgan o`zbek davlatchiligi rivojlanishining o`ziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini, Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rnini yoritish. Buyuk Boburiylar sulolasi davlatchilik tarixini ham o`zbek davlatchilik tarixining bir qismi sifatida talqin etish;
XVI-XIX asr birinchi yarmida o`zbek davlatchiligining o`ziga xos xususiyatlarini, siyosiy tarqoqlik sharoitida boshqarish usullaridagi nuqsonlarni, madaniyat, fan, san’at sohalaridagi tanazzul alomatlarini o’rganish; O`zbekiston xalqini chor Rossiyasi mustamlakachiligi va Sho’rolar ibtidodi davridagi iqtisodiy- ijtimoiy, madaniy-ma’naviy ahvoliga holisona baho berish; O`zbekiston davlatchiligi tarixining istiqlol qo’lga kiritilgandan keyingi eng yangi davrini har taraflama yoritib berishdan iborat. O`zbekiston hududida tub aholini va uning ajdodlarini ko’p ming yillar davomida o’troq yashab kelganligi hamda mahalliy madaniyatning boy qadimgi ildizi va o’tmish O`zbekiston davlatchiligi tarixining g’oyaviy asoslaridan biridir. Shuningdek, O`zbekistonda davlatchilikning paydo bo’lishida va o`zbek xalqining etnik jihatdan shakllanishida tub o’troq dehqonchilik aholisi tutgan o’rni alohida ahamiyat kasb etadi.Bugungi o`zbek xalqi tarixan shu zaminda yashagan xalqning davomchisi va shu yerda shakllangan turmush tarzi va madaniyatining to’laqonli vorisi hisoblanadi.O`zbekistonda davlatchilikning kelib chiqishida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda shakllangan sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik xo’jaligi, hunarmandchilik va mahsulot almashishning kelib chiqishi asosiy omil bo’lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, O`zbekistonda davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida tub aholining urf-odatlari, an’analari va ma’naviyati, azaliy ijtimoiylashuv jarayoni birlashtiruvchi omil bo’lib kelgan. O`zbekiston hududlari qadimdan to bugungi kungacha hukm surgan mahalliy davlatlarning vujudga kelishi, bu davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar, ularning o`ziga xos xususiyatlarini o’rganish O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanining predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga, O`zbekistonning ilk davlatchilik tarixi geografik hududiy ma’noda nafaqat bugungi O`zbekiston, balki butun O’rta Osiyo miqiyosidagi qadimiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni qamrab olgan siyosiy ijtimoiy hodisa sifatida talqin qilindi. 1998 yilda O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov bir guruh tarixchi –olimlar bilan uchrashuvida qilgan ma’ruzada O`zbekiston davlatchiligi tarixining aniq yo’nalishiga, uning ilmiy-metodologik konsepsiyalariga doir muhim fikr-mulohazalarni bayon qildi. Bir so`z bilan aytganda ijtimoiy fanlar oldida turgan vazifalar aniq belgilab berildi. Ushbu yo’nalishdagi muhim masalalardan biri bu-fanning manbashunoslik masalasidir. O`zbekiston davlatchiligi tarixining qadimiy ildizlarini ochib berishda arxeologik moddiy manbalar asosiy o’rin tutadi. Vatanimiz davlatchiligi tarixini o’rganishda Vatanimiz hududidan topilgan arxeologik topilmalar muhim ahamiyatga ega. Biroq davlatchilik tariximizni o’rganishda asosiy manbaa yozma yodgorliklardir. Boshqacha aytganda, tarixnavislikning rivojlanib borishi va ularda jamiyat hayotining turli yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar o`z aksini topishining o`zi yoki o`zbek davlatchiligi boy va rang-barang taraqqiyot yo’liga ega bo’lib kelganini ko’rsatadi.O`zbekiston davlatchiligi tarixini o’rganishda o’rta asrlar tarixnavisligining sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlar silsilasi mhim o’rin tutadi. Bu borada Abul Fazl Bayhaqiyning «Tarixi Bayhakiy», Muhammad ibn Sulaymon ar-Rovandiyning«Roxatas-sudur», Sadr ad Din Ali al-Xusaynining «Zubdat-at tovarix», Muhammad ibn Ahmad Nisoviyning «Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafidin ali Yazdiyning «Zafarnoma», Tojiddin Salmoniyning «Tarixnoma», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlayi Sa’diy», Fazlullox Ro`zbexonning «Mexmonnomayi Buxoro», Xofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muhammad amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Niyozmuhammad Xo’jandiyning «Tarixi Shoxruxiy», Ahmad Donishning «Risolayo muxtasari az tarixi saltanati xonadoniy mangitiya» kabi asarlari alohida o’rin tutadi. Mazkur asarlar orqali muayyan sulola faoliyat ko’rsatgan zamonlardagi siyosiy, davlat boshqaruvi, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi siyosat masalalari tog’risidagi tasavvurlarni ixchamlashtirib olish mumkin. Davlatchilik tariximizning eng qadimgi davrlariga oid holatini tasavvur qilishga imkon beradigan yozma yodgorliklar ham yuq emas, avvalo miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi choraklariga tog’ri keladigan «Avesto» kitobi davlatchilik tariximizni o’rganishda g’oyat qimmatli manbaa hisoblanadi. Gerodot, Ksenofont, Ktasiy, Polibiy, Diodor, Arian, Strabon, Pliniy, Plutarx, Kursiy Ruf, Pompey Trog va boshka Yunon-rim tarixchilari asarlarida va shuningdek, O`zbekiston davlatchiligi tarixining dastlabki 1,5 ming yilini yoritishda «Tarixiyguvoxliklar», «Ulug’ Xan xonadoni tarixi», «Suy xonadoni tarixi», «Tan xonadoni tarixi» singari Xitoy tilidagi birlamchi manbalarning ahamiyati ham g’oyat kattadir. Ammo davlatchilik tarixining keng va har tomonlama o’rganishda turkiy, fors va arab manbalarning o’rni beqiyosdir. O`zbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyingi dastlabki yillarda Vatan tarixini o’rganish, o’qitish borasida katta muammo paydo bo’ldi. Chunki 130 yilga yaqin davom etgan chor mustamlakachiligi va Sho’rolar hukmronligi yillarida xalqimiz ko’plab qadriyatlar bilan bir qatorda tarixidan ham maxrum qilingan edi. Bu yillarda yaratilgan tarix kitoblarida Vatanimiz tarixi, ayniqsa davlatchiligi tarixi tamoman soxtalashtirilib talqin qilindi. Vatanimiz davlatchiligi ko’p ming yillik tarixga ega ekani, juda qadim zamonlardan boshlab Markaziy Osiyoda davlatchilik an’analari shakllanganligi buyuk davlatchilik shovinizm va kommunistik mafkura tarkibi bois yetarlicha o’rganilmadi.Bu masalaga doir ma’lumotlar ham xalqdan yashirib kelindi.
Davlatning dastlabki bosqichlarini o‘rganishda Zardo‘shtiylarning muqaddas diniy kitobi Avestoning ahamiyati beqiyosdir. Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto Sharq xalqlari qadimgi davrini tadqiq etishda hozircha muhim manba bo‘lib,u o‘zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoladi. Bu kitob dastavval, 12 e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy hayot rivojlanishi bosqichlari haqidagi ilk to‘plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiy rivojlanishning umumiy doirasida bo‘lib o‘tgan. Avesto davri turli qabila va elatlar, jamoalar e’tiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davr edi. Shuningdek, bu davr tub iqtisodiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg‘a siljishlar davri bo‘lganligi bilan ham izohlanadi-ki, bu holat ierarxik tuzumga ega bo‘lgan davlatchilik hamda urbanizatsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda, metallurgiyaning rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratgan edi. Mis, bronza keyinroq esa temirning paydo bo‘lishi ishlab chiqarishdagi katta o‘zgarishlarga,jumladan, hunarmandchilikning maxsus tarmoqlarga ajratilishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon shaharlarning shakllanishi hamda rivojlanishiga, dehqonchilik va chorvador aholi turmush tarzida tub o‘zgarishlar bo‘lishiga imkon yaratdi. Avestoda ilk davlat uyushmalari hisoblangan bir qator tarixiy-madaniy viloyatlar sanab o‘tiladi. Ular orasida Aryanam Vayjo (oriylar tekisligi), Gava Sug‘da,Mouru, Bahdi, Nisaya kabilar bo‘lib, fikrimizcha, ular O‘rta Osiyo, Janubiy Uraloldiva Markaziy Qozog‘iston hududlarida joylashgan. Bu ulkan mintaqada muhim polimetallar makonlari, Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida keng yaylov hududlar, Baqtra, Mavr, Niso va Sug‘dda urbanizatsiyalashgan markazlar mavjud edi. Avesto madhiyalarida ma’lum ijtimoiy bosqichlardagi izchillik va ierarxiyani kuzatish mumkin. Shuningdek, Avestoda ilk shaharlar shakllanishi bosqichlari Axuramazda farmoni bilan dastlabki odam Yima tomonidan mustahkamlangan«vara»bunyod etishi misolida kuzatiladi. Bunday «vara»lardan biri arxeologlar tomonidan Janubiy Ural-Qozog‘iston «shaharlar o‘lkasi»dan topilgan bronza davriga oid Arkaim yodgorligida bo‘lishi mumkin. Arkaim yodgorligi bir necha mustahkamlangan manzilgohlardan iborat bo‘lib, handaqlar va ko‘p qatorli mudofaa devorlari bilan o‘rabolingan, kirish qismi himoyalangan. Yodgorlik murakkab va aniq tuzilishga ega. Yodgorlik hududlaridan hunarmandchilikning avvalo, metall eritish va unga ishlov berishning izlari, bronzadan yasalgan buyumlar topilgan. Avesto madhiyalarida eslatilgan «vara» shaklidagi himoyalangan inshootlar bunyod etilishi shahar madaniyati belgilarini, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning yuqori darajasini, nomdavlatlar ko‘rinishidagi shaharlar shakllanishini o‘zida aks ettiradi. Bu jarayonning bosqichma-bosqich rivojlanishi esa O‘rta Osiyoning janubiy va markaziy hududlarida kuzatiladi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatlarning shakllanish jarayoni dehqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan o‘zviy bog‘liqdir.Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangi asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to‘liq yechimini topmagan bo‘lib, xususan, O‘rta Osiyo eng qadimgi davlatlari tipologiyasi va xronologiyasi, davlatchilik taraqqiyotida ilk shaharlarning ahamiyati muammosi shular jumlasidandir.
O’zbekiston davlatchiligining tarixi O’zbekiston istiqbolga erishgandan (1991yil 31 avgust) so’ng XX asrning 90 yillaridagina tarix fanining yetakchi muammosi sifatida to’la-to’kis o’rganila boshlandi. O’zbek davlatchiligi yuzaga kelishining tabiiyligi rivojlanishining o’ziga xosligi va an’anaviyligi ayrim davrlarda o’zga davlatlarning bu hududda hukmron bo’lganligiga qaramasdan uning yangi asosda tiklanishini belgilovchi omillaridan biri bo’ldi.Mazkur muammo ilmiy tadqiq etishning muhimligi va yangiligini ta’kidlar ekanmiz, biz oldingi yillarda mamlakatimizdagi va chet eldagi olimlarning qator avlodlari amalga oshirgan muhim tarixiy tadqiqotlarni inkor etmaydi. Biroq ular o’zgacha sharoitlarda boshqa mafkura va metodologiya asosida yozilgan va o’zgacha mazmun va mohiyatga egadir. Jumladan, o’zga davlatlarga qaram millatlarni tarixini adolatli yoritib bo’lmas edi. Chunki, SSSR hududida davlatchilik yagona bo’lib, “mayda” millatlarning o’tmishi, hozirgi davri haqidagi tarixini keng yoritishga yo’l qo’ymagan. 1991 yil avgustdan boshlab Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng Vatan tarixini har tomonlama o’rganishga kirishdik. Sobiq SSSR davridagi darsliklar qaytadan ko’rib chiqilishiga erishildi. Biroq o’zbek davlatchiligi tarixi muammosini aniq bir maqsadga yo’naltirilgan holda ta’qiq etish faqat 1999 yildan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi “O’z.RFA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish ” qaroridan so’ng boshlandi. Bundan oldin (1998yil 27iyun) 14 O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimovning bir guruh tarixchi -olimlar va ommaviy axborat vositalari vakillari bilan uchrashuvida tarix fani borasida bildirilgan istak va takliflari ilmiy yondashuvga asoslangan o’zbek xalqi va davlatchiligi tarixi konsepsiyasining g’oyaviy asosini tashkil etadi. 2000 yildan boshlab tarixchi va shu sohaga oid muammolari hamkorligida “O’zbek davlatchiligi tarixi” deb atalgan so’ngi bronza (mil. 3-2 ming yilliklar) davridan hozirgi davrgacha bo’lgan uch ming yillik davrni qamrab oluvchi fundamental tadqiqotlarni yaratishga kirishilgan. O’zbek davlatchigili tarixini yozishda nazariy me’morchilik asoslarini bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiylik , xolislik , tarixiylik metodlari o’zbek davlatchiligi tarixini yoritishning kaliti hisoblanadi. Birinchidan, O’zbek davlatchiligi tarixini yaxlit konsepsiyasini amalga oshirish uchun bir butun tarixiy jarayonni, nisbatan mustaqil bo’lgan bo’laklarga, ya’ni davrlarga bo’lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Mustaqillik yillarida to’plangan tarixiy hujjatlarni ilmiy asosda umumlashtirishdan iborat. Ikkinchidan, ilmiylik bilan birga u yoki bu masalalarni voqeliklarni yoritishda xolislik muhim ahamiyatga egadir. Bunda har bir tarixiy hodisalarni tahlil qilayotganda xolis, haqqoniy ravishda o’rganish. Ya’ni O’zbekiston davlatchiligi tarixidagi voqea hodisalar qanday sodir bo’lgan bo’lsa, shundayligicha yoritish ko’zda tutilgan.
O’zbek xalqi davlatchiligi ya’ni jamiyat hayotini boshqarish tamoyillariga asoslangan dastlabki siyosiy tuzulmalar o’troq, sun’iy sug’orish dehqonchilik va chorvachilik zaminida bronza davridayoq Amudaryo va Sirdaryo havzalarida vujudga kela boshlagan. Uning tadrijiy davomida mil. av 1 ming yillik boshlarida aniqroq VIII-VII asrlarda Vatanimiz hududlarida “Katta Xorazm”, “Baqtriya”, “So’g’diyona”nomi bilan mashhur bo’lgan dastlabki davlatlar barpo bo’lgan. Xorazm davlati egallagan hudud, hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay,balki undan ancha janubiga (Marv, Turkmaniston, Hirot (Afg’oniston shimoliy)atroflarigacha yoyilgan. Mil. av so’ngi ming yillikning boshlariga tegishli Amirobod madaniyati, QuyiAmudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshoati hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar , qal’alar –Qal’alaliqir, Ko’zaliqir va boshqalar bular Xorazm vohasidan davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi.Negaki, bu singari umumelatlar, qavm-qabilar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruvi yo’li bilangina amalga oshirishi mumkin bo’ladi.Qadimshunos olim Ya. G’ulomov tomonidan aniqlangan 200 km uzunlikdagi eni bir necha o’nlab metrdan iborat bo’lgan kanal o’zani obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. Geradod ma’lumotiga qadimda Oks (Amudaryo) daryosi bo’ylab 360dan ziyod sun’iy sug’orish kanallari suv inshoatlari barpo etilib cho’lli, sahro yerlarga suv chiqarilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Geradod Xorazmga meva sabzavotning, g’allani barcha turlarini yetishtiradigan o’lka deb qayd etgan. Bu ko’hna hudud bag’rida ming yillar davomida saqlanib kelayotgan ko’plab asori-atiqalar saqlanib yotganligini eslatib o’tgan. Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozircha aniq emas. Ba’zi bir tahminlarga qaraganda, Xorazmning siyosiy sulolasi Siyovushonlar sulolasi bo’lganligini zikr etadilar. O’zbek davlatchiligining yana bir asosi – Baqtriya podsholigidir. Uning tarkibida hozirgi Surxondaryo, Tojikiston janubi, Afg’onistonning shimoliy–Sharqiy qismi, So’g’diyona va Marg’iyona yerlari kirgan. Rim tarixchisi Kurtsiy Rufning fikricha, “Baqtra daryosi nomidan shahar, viloyatning nomi chiqqan”. Binobarin, “Baqtriyaliklar “juda qadim manbalarda tilga olinib, bir necha qabilalarni birlashtirgan tushunchani anglatadi. Ktesiy ma’lumotiga ko’ra, bu o’lka obi-hayotga mo’l-ko’lligi unumdor yerlari ko’p bo’lganligidan, bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog’dorchilik, mevachilik mahsulotlari yetishtirishda omilkor bo’lgan. Qashqadaryo vohasining mil. av. VIII-VII asrlariga oid Sangirtepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on, Zarafshon vodiysida Afrosiyob, Ko’ktepa singari makonlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu joylarda o’troq turmush kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug’ullanganlar. Yunon tarixchisi Ktesiy va Geradodlarning bergan ma’lumotlariga Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik rivojlangan davlatlardan biri bo’lib, bu o’lka bitmas-tugamas boyliklar makoni degan edilar. Shunday qilib, yuqoridagi keltirilgan fikrlar shundan dalolat beradiki, qadimgi o’zbek davlatchiligi tarixiy tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida qimmatga egadir. Tarixiy manbalar shuni ko’rsatdiki, davlatchilik jamiyatining ichida o’z ichki qonuniyatlari asosida paydo bo’ldi, rivojlanadi ya’ni davlat tuzummasi tashqaridan tayyor holda ko’chirilmaydi, ma’lum jamiyat bag’rida tug’iladi. O’zbek davlatchilik taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. O’zbekistonda “Voha davlatchiligi”, “Shahar davlatlar”, Mesopotamiya, Misr, Xitoy, Mezoamerikadagi “noma” davlatchiligi kabi ilk sivilizatsiya belgilari paydo bo’ldi va rivojlandi. Shular asosida mil. av. VIII-VII asrlarda Baqtriya podsholigi va “Katta Xorazm” davlatlari shakllandi.
Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-Sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi.Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan (“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli xil ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, xulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda So’g‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan. Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olinadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit)va la’li juda qadrlangan.
Avvalo so‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq O‘rta Sharqning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq Shimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Toza bog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, Shimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar madaniyati edi. Ularning urug‘ jamoalari yarim yerto‘la uy -joylarda istiqomat qilib dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligisari ilk qadam tashlaganlar. Ammo, ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Baqtriya, Marg‘iyona) dagi qabilalarga nisbatan ancha orqada edi. Amirobod madaniyati (mil.avv IX-VIII asrlar) davrida Amudaryo quyi havzasida yashovchi aholi hali davlatchilikdan bexabar bo‘lib, irrigatsiya xususiyat iibtidoiy urug‘-qabilachilik an’analarini saqlab qolgan aholi jamiyatiga xos edi. O‘rta Osiyoning Janubiy mintaqalariga qaraganda Xorazm vohasi aholisi uzoq vaqt beqaror suv oqimi sharoitida, noqulay tabiat injiqliklari girdobida qolib kelgan. Qadimgi yozma manbalar ma’lumotlari va mavjud arxeologik yodgorliklarning qiyosiy tahliliga ko‘ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan ilk shaharsozlik madaniyati sohiblari-Xorazmiylar ko‘chib kelgach tarkib topdi va rivojlandi. “Xorazm” atamasining kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar mavjud.Olimlarning katta guruhi “Xorazm” atamasining ikkinchi komponenti –zmi, -zamnihind-evropa tillariga mansub – zemo – er, o‘lka, mamlakat ma’nosini beradi degan xulosaga kelganlar. So‘zning birinchi komponentiga kelganda olimlar fikrlaridagi yakdillik yo‘qoladi va u turlicha – “Ozuqaga boy mamlakat”, “Unumdor yer”(E.Byurnuf, E.Zaxau, U.Geyger, U.Tomashek), “Go‘zal mamlakat”(F.Yusti),“Unumsiz, yomon er” (F.Shpigel), “Pastlik er” (P.Lerx, N.Veselovskiy, X.Klipert),“Quyoshli yoki Sharqiy o‘lka” (S.Tolstov, P.Savelev, F.Sulaymonova), “Sharqiy zamin”, “Kunchiqar mamalakat” (I.Mo‘minov) tarzida talqin etiladi. Yana bir guruh olimlar “Xorazm” atamasi uch leksima asosida (Uvarizami,u–“yaxshi”+ vara – “qal’a”,”qo‘rg‘on”+zimi-“yer”) paydo bo‘lgan deb hisoblab, mazkur tarixiy atamaning ma’nosini “yaxshi qo‘rali yer”, “Ajoyib qal’ali o‘lka” yoki “Mustahkam qo‘rg‘onli diyor”(Bogolyubov, A.Muhammadjonov) tarjima qiladilar. So‘ngi tadqiqodlarda “Xorazm” atamasining o‘zagi qadimgi turkey asoslarga ega bo‘lishi mumkin degan fikrlar ilgari surilib (“Xuar” (“Suvar”) – “suv”(“xu”)–suv, 24 “Ar”-yer, odam, “m”- birinchi shaxs qo‘shimchasi) va u “Suv(daryo) odamlari” yoki “suv egalari” (M.Zakiev, Sh.Kamoliddin, O‘.Nosirov) deb tarjima qilingan. Olimlarning ta’kidlashicha, Avestoda tilga olingan Aryoshayona yoki Aryanam Vaychax shu manbada eslatilgan Kavi Vishtaspning podsholigi bo‘lib, milloddan avvalgi IX-VIII asrlarda Drang‘iyona, Satagadiya, Ariya, Marg‘yona va Amudaryoning o‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb tadqoqchilari V.Xenning va I.Gershevichlar Avestodagi Kavi Vishtapsning davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaydilar. “Katta Xorazm” muammosi Gerodot ma’lumotlaridan boshlangan. U “Tarix” asarining uchinchi kitobida quyidagicha ma’lumot beradi: “Osiyoda bir vodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib turadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmiylarga tegishli bo‘lib, xorazmiylar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarga chegaradosh yerlarda joylashgan. Vodiyni o‘rab turgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi”. Gerodotdan sal oldinroq yashab o‘tgan Gekatey parfiyaliklarning Sharqiy tomonida joylashgan “Xorazmiya”ni, “bir qismi tekisliklarda, bir qismi tog‘larda yashovchi xorazmliklarni” eslatib o‘tadi. Tadqiqotchi V.A.Livshits ham bu “Katta Xorazm”ni Marv va Hirotning to‘rtta rayoniga joylashtiradi. Agar “Katta Xorazm” davlati Marv va Hirot atroflarida joylashgan taxmin rost bo‘lsa, A.S.Sagdullaevning fikricha, bu davlat forslar podshosi Kir II tamonidan bo‘ysundirilganidan so‘ng xorazmiylar Quyi Amudaryoning Xorazm hududlariga ko‘chib borganlar deb faraz qilinadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asr qadimgi forslar xorazmiylarni janubdan quyi Amudaryo yerlari tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. Xorazmning eng qadimgi shahar-qal’alaridan biri bo‘lgan Ko‘zali qirning quyi madaniy qatlamlarini S.P.Tolstov mil.avv VII-VI asrlar bilan, V. Masson esa mil. avv. V-IV asrlar boshlari bilan belgilagan edi. So‘ngi tadqiqotlarda esa Ko‘zali qirda hayot butun mil.avv VI va V asrning birinchi yarmida mavjud bo’lgan degan xulosalar ustunlik qilmoqda.
Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqardaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atroflari) o‘z ichiga oluvchi Qadimgi Sug‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki xilda ko‘rsatilgan – Gava Sug‘da va alohida Sug‘da. Gerodot esa Sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap o‘lkasidagi xalqlarni sanab o‘tganda va forslarning qo‘shinlari safida jangchi–sug‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilgan olgan. Ammo tarixchi Sug’d shaharlari, daryolari, tog‘lari, hududiy chegaralari haqida bizga hech qanday ma’lumotlar qoldirmagan. Ahamoniylar mixxatlari Sug‘diyona haqida asosan rasmiy darajada e’lon qiladilar va turli xil tarixiy muammolarni o‘rganishda ulardan foydalanish og‘ir kechadi. Gekatey, Ktesiy va Ksenofont asarlarida Sug‘diylar haqida ma’lumotlar yo‘q. Aleksandr Makedonskiy davri va so‘nggi Yunon-rim tarixshunoslari asarlarida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha keng berilgan. Sug‘diyonadagi alohida joylarda,viloyatlar, qal’alar – Nautaka, Ksenippa, Maroqanda, Bagi, Basileya – “podsho shahri”,Politemet-Zarafshon, “Oksiart, Sug‘d qoyasi” va boshqa xabarlar shular jumlasidandir.Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bo‘lish mumkin. Dastavval, mill. avv. IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, ularning yashash uchun foydalangan asosiy yerlarining chegaralari, daryo vohalari va viloyatlari aniqroq ko‘rinadi. Ammo, bu jarayonning tarixiy an’analari – sug‘diylarning yoyilishi, o‘troq vohalarining paydo bo‘lishi va shu joylarda yirik shahar markazlariga asos solinishi yanada qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Filipp II o‘z davriga mos harbiy islohotlar o‘tkazib tartibli va yaxshi qurollangan qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Mil.avv. 336 yilda Ahamoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Filipp II ning o‘ldirilishi tufayli bu kurash to‘xtab qoldi. O‘sha yili taxtga Filipp II ning o‘g‘li 20 yoshli Aleksandr o‘tirdi. U Ahamoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo‘shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi. Mil.avv. 334 yil mayida (Graniq daryosi yonida), 333 yil oktyabrida (Gavgamela, Shimoli-Sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so‘ngra So‘za, Persepol, Pasargada shaharlarini egallab fors podsholarining xazinalarini qo‘lga kiritdi. So‘nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyaga qochib ketdi. Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo‘shinlarni qarshi qo‘ya olmadi. Mil. avv. 329 yilning bahoriga qadar Aleksandr Ariya, Drang‘iyona, Araxosiya kabi viloyatlarni egallab Oks-Amudaryo bo‘ylariga chiqib keladi. Arrian va Kursiy ma’lumotlariga ko‘ra bu paytda daryo juda sersuv bo‘lib, to‘lib oqardi. Amudaryodan kechuv joyini tadqiqotchilar Kelif atroflari, Chushqago‘zar, Termez atroflari va Sho‘rob deb hisoblaydilar. Nima bo‘lganda ham, Aleksandr qo‘shinlari qoplarga somon-xashak to‘ldirib, ular orqali besh kun davomida Amudaryodan kechib o‘tganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar saqlangan. Aleksandr qo‘shinlari daryodan o‘tgach Bessni ta’qib etib «Sug‘d viloyati Navtakaga» yo‘l oladilar (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg‘or qism, keyin asosiy kuchlar). Sug‘d yerlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni to‘xtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo, Aleksandrda harbiy yurishlarni to‘xtatish niyati yo‘q edi. Navtakadan so‘ng Yunon-makedon qo‘shinlari Sug‘diyonaning poytaxti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. Kursiy Ruf ma’lumotlariga ko‘ra Yunon-makedonlar «shaharda o‘zlarining kichik gornizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», shimoli-Sharqqa tomon harakat qila boshlaydilar. Jizzax va O‘ratepa oralig‘idagi tog‘li hududlarda Yunon-makedon qo‘shinlari qattiq talofat ko‘radilar. Aleksandrning o‘zi ham og‘ir yarador bo‘ladi. Shunga qaramasdan, tog‘li hudud aholisini qiyinchilik bilan mag‘lub etgan Yunon-makedonlar dasht ko‘chmanchilari saklar vaSug‘diylar o‘rtasida chegara bo‘lgan Yaksart-Sirdaryoga tomon harakat qiladilar
Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari vatanga shunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961 yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, 1968 yil Do‘shanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970 yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.
Mil.avv. I asrning oxiri – mil. I asrning boshlariga kelib, Guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib Qobuliston va Qandahorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib dastlabki poytaxti Surxon vohasidagi Dalvarzin ko‘hna shahri harobalari bo‘lgan Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoymanbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk Kushon davriga oid topilma tangalar aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos tushadi Tangashunoslik ma’lumotlariga tayangan tadqiqotchilarning fikricha, KujulaKadfiz yoki Kadfiz I 80 yildan ziyodroq umr ko‘rib 50-60 yil davlatni boshqarib,taxminan milodiy 35 yilda vafot etadi. O‘zining hukmronligi davrida Kadfiz I Baqtriyadagi uncha katta bo‘lmagan yuechji mulklari hukmdoridan Baqtriyadan tashqari G‘arbiy va Janubiy Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonni o‘z tarkibiga olgan qudratli davlatning podshosi darajasiga ko‘tariladi. Ammo, manbalarning guvohlik berishicha Kadfiz I davrida Kushon davlati to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. Harxolda, bu davrda Kushonlar o‘z tangalariga ega bo‘lmay, Kadfiz I Rim imperatorlariga(Avgust va Tiberiyga) taqlid qilib tanga zarb ettirgan. Manbalarning dalolat berishicha, Kujuladan keyin taxtga uning o‘g‘li Vima(Gima) Kadfiz (Kadfiz II) o‘tiradi. Xitoy mualliflari Kadfiz II taxtga o‘tirganidan so‘ng “Tyanchju (Markaziy Hindiston)ni zabt etdi va u erga o‘z sarkardalaridan birini boshqarish uchun qoldirdi. Shu davrdan boshlab yuechji kuchli va boy davlatga aylandi”, deb xabar beradilar. Bu xabarni tangashunoslik ma’lumotlari ham ta’kidlaydi.Kadfiz II zarb ettirgan tangalarning o‘ng qirg‘oq Baqtriyadan, Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy tumanlaridan topilishi bu hududlarning Kushon davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. Tangashunoslarning so‘nggi yillardagi tadqiqotlariga ko‘ra, Kadfiz II zarb ettirgan “Shohlar shohi – buyuk xaloskor”degan yozuv bor tangalar Hindiston, Afg‘oniston va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Bunday tangalar Ashxobod, Xorazm, Toshkent vohasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Panjikent hududlaridan ham topilgan. Kadfiz II ning Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatganligi haqida ma’lumotlar bor. Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan Peshovar(Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning katta qismi, Sharqiy Turkmanistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon shuxrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.
Ma’lumki so’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarni xulosalariga ko’ra eftalitlar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixi manbalarda turli xil qarashlar mavjud. (Ma’lumki xalqning etnik qatlami va etnik tarkibi deganda bir-birdan muayyan darajada farqlanadi. Etnik qatlam degani xalqning shaklangan hududi, makoniga tegishlidir. Xalqning etnik tarkibi deyilganda esa uning shaklanishida qatnashgan qabila, urug’lar, elatlar va hattoki xalqlar nazarda tutiladi.)Rim va Vizantiya tarixchilari Marqelin(IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofon Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchisi Lazar Parbskiy (V asr), xitoy solnomachilaridan Bye-Shi (VI asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftalitlar xitoy manbalarida «i-da», «s-da», armanlarda idal, xeptal, arablarda xaytal, suriya va lotin manbalarida eptal deb nomlanadi. Rus va Vizantiya tarixchilarining ko’pchiligi eftalitlarni turki qabila-massagetlarning so’ngi bo’g’inidan kelib chiqan deb fikr bildiradilar. «Avesto»daesatatlar nomi bilan eslatib o’tilgan. F. Vizantiskiy esa eftallar nomi bilan bog’laydi. Shu narsa aniqki, eftalitlar Turkiston mintaqasida yashab kelgan turki qavmlardandir. Eftalitlar hukumdori Vaxshunvar Eftalon 457 yilda Chog’aniyon (hozirgi Surxon yerlari), Toxariston va Badaxashoni o’ziga bo’ysundiradi. So’ng ular So’g’dda ham mustahkamlanib oladilar. Ko’p o’tmay eftalitlar Qobul Panjob vodiylarini, Kuchu Qashqar va Xo’tanni (Sharqiy Turkiston) ni zabt etadilar. Shunday qilib, Kushonlar sulolasi egallagan hududlarni to’liq qo’lga kiritib, o’z siyosiy hokimyatini yanada mustahkamlaydilar. Eftalitlar o’zining g’arbiy-janubiy qo’shnisi bo’lgan kuchli raqib Eron sosoniylarini ham uzoq vaqtlar xiroj to’lashga majbur qilganlar (551 yillargacha). VI asr boshlariga kelib eftalitlar sulolasi shu qadar kuchayib ketdiki, ular 502 yilda Vizantiyaga yurish qilib 506 yilda sulh tuzilib, Vizantiyadan katta miqdorda o’lja olib qaytganlar. Eron sosoniylarining hukmdori Perozni o’g’li Kovad, uning o’g’li Xusrav-1 Anushervon ham 554 yilga qadar xiroj to’lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining eftalitlarga bergan kuchli zarbasidan so’ng Eron eftalitlari ta’siridan xalos bo’lgan.
O’zbek davlatchiligi tarixida turkiy xoqonlik davlati katta va muhim o’rinni egallaydi. Turkiy xoqonlik xususidagi ma’lumotlar yetarli bo’lsada, biroq ularning ko’pchiligi bir-biriga zid bo’lib, to’liq ma’lumotlar bermaydi. Birinchi navbatdaVII-
VIII asrlarda to’plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bular epigrafik yodgorliklar–Urxun-Enasoy runik yozuvlari, Xitoyning «Tan xonadoni tarixi» VII-IX asrlar tarixiy manbasi, VI asr oxirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektori Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efseykiylarning tarixiy asarlaridir. Shuningdek, arab tarixchilari Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o’lkamiz fuzalolaridan Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy (X asr) va boshqalar asarlarida ham uchraydi. «Alpomish», «Go’ro’g’li», «Manas»kabi umumturkiy xalq dostonlarida, shuningdek, MaxmudQoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot tarixi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. 1999 yili Alpomishning 1000 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanib, Termizda qaxramon Alpomishga mahobatli haykal ham o’rnatildi. Xitoy va boshqa manbalarida, turkiylarning eramizning 92 yilida Oltoy va Tuvaga tutash hududlarda turkiy qabilalar, chunonchi Ashin, Arg’u, O’g’iz, O’tto`ztatar, Qarluq Kitan, Tolis, Turk, Uyg’ur, Duba va boshqa qabilalar yashaganlar. 44 VI asr boshlarida Oltoyda siyosiy jarayonlar faollashdi. O’sha paytda hozirgi Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jo’janxonligi hukmronlik qilardi. Sharqiy Turkiston, Farg’ona, So’g’diyona, Xorazm Baqtriya, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Eron hududlarida esa Eftalitlar hukmronlik qilardi. Xitoyning shimoliy qismida hukmronlik qiluvchi Vey sulolasi (386-558) xonadonlarining kelib chiqishi ham turkiy tili xalqlarga borib taqaladi. Shunday qilib, VI asr boshlarida Uzoq Sharqdan Kaspiy dengizigacha bo’lgan hududlarda hokimiyat tepasida turkiy sulolalar turgan. VI asr boshlarida turkiy qavmlar orasida Ashin urug’idan Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlaricha bo’ysundiradilar va Oltoy turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuu o’g’li Bumin tele qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jo’jan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jo’jan xonligi qo’shinlarini yengib, ularni o’ziga bo’ysundiradi. Bumin 551 yilda yangi davlat Turk xoqonligiga asos soldi. Uning poytaxti Oltoydagi O’tukan shahri edi.
Hoqonlik tez orada kuchaya borib dovrug’i ortib bordi.Ular Xitoyni ko’pgina hududlarini bosib oldi. Xitoy podshosi xoqonlik kahar yili yuz ming bo’lak ipak mato berib turishga majbur bo’lgan. 552 yili Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning o’g’li Mug’onxon(553-572)o’tiradi. U 558 yili Jo’janlarga so’nggi bor qaqshatqich zarba berib, o’z hududini tinch okeanigacha bo’lgan hududlarda mustahkamladi. Uning amakisi Istami (unga«yabg’u» - bahodir unvonini bergan edi) bo’lsa, bu davrda hoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar, Ural, Volga bo’ylari va boshqa hududlarni egallaydi 563-567 yillarda Istami Yabg’u qo’shinlari eftalitlarga ketma-met zarbalar berib, uning hududlari bo’lmish O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha yerlarni egallashga muvofiq bo’ldi. Turk xoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, Eron chegaralariga tutashdi.Eron bilan turk xoqonligi o’rtasida bir necha bor urushlar kelib chiqdi va Eron shohi Xusrav I ni yengadi. Eron turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga majbur bo’ldi. Muhonxon Qora dengizgacha bo’lgan yerlarni egalladi. Turk hoqonligi 568-569 yillarda o’sha davrning qudratli davlati –Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yishga muhim hissa bo’ldi. Turk hoqonligi boshqaruv tartiblari haqida shuni ta’kidlash kerakki, ular O’rta Osiyo hududlarida hukmronlik qilsada, biroq o’zlari bu hududlarga ko’chib kelmadilar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgohlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar, to’lovlar bilan kifoyalanganlar.Bundan tashqari ko’rinadiki, Turk hoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tuzilmalari saqlanib, ichki siyosat bobidagi 45 mustaqil faoliyatlari davom etgan. Hoqonlik istisno hollardagina o’lkani ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashardi. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Manbalarda ta’kidlanishicha, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mutaqil hokimlik-davlatlar Maymurg’, Kesh, Naxshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andixay shular jumlasidandir. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o’zlariga ancha mustaqil bo’lganlar. Biroq bu davlat hokimliklari o’rtasida o’zaro ziddiyatlar avj olib, xalqni turmushini og’ir ahvolga olib kelishga sabab bo’lgan.
VII asrning o’rtalarida arablarning mamlakatimizga tahdidi jiddiy tus oldi. Sosoniylardan bo’lmish Yazdigar 3 ni quvib kelgan arablar 651-yili marvni egalladilar. Shundan keyingi 60 yildan ortiq vaqt mobaynida ular mintaqaning boshqa yirik markazlarini ham bosib olishga harakat qildilar. Faqat VIII asrning boshlariga kelibgina arablar birin ketin Xorazm, Buxoro, Samarqand, Shosh va Farg’ona kabi yerlarni bo’ysundira oldilar. Albatta Arablar yurishi asrlar osha yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yo’qotish, aholi maskanlarini vayrona qilish, qarshilik ko’rsatganlarni qirish evaziga hokimiyatni egallagan edi. Shu tariqa o’lkamiz milodiy 1-mingyillikda ilk bor tashqi tajavvuskor domiga tushib, arab xalifaligiga qaram bo’lib qoldi. Demak siyosiy mustaqillik, o’z yurtiga davlatni boshqarish erki yo’qoldi. O’rta Osiyo yerlarini bosib olish ikki bosqichda amalga oshirildi. Uning birinchi bosqichi VII asrning 2-yarmiga to’g’ri kelib, bu davrda arab lashkarboshilari qo’shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’lum o’ljalarni qo’lga kiritib, ortga qaytganlarini kuzatish mumkin. Bundan ko’zlangan maqsad, yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko’rish bo’lgan. Masalan, arab lashkarboshisi Ziyob ibn So’fiyonning 666 yilda Marvga yurishi , 670 yilda uning o’g’li Ubaydullo ibn Ziyodning Poykand, Romiton, Buxoro yurishlari o’z foydasiga sulh tuzishi, 675-676 yilda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo’shin tortib kelishi va katta o’lja bilan qaytib kelishi, O’rta Osiyo hududlari borasidagi dastlabki urunishlar edi. O’lkamizni bosib olishning ikkinchi bosqisi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. 704 yilda Qutayba ibn Muslimni Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta Osiyoni bosib olish vazifasi yuklatilgan edi. 711-715 yillarda Toshkent, Xo’jand, Sharqiy Turkiston yerlarini bosib oldi. Shunday qilib, Movarounnahr deb nom bergan O’rta Osiyo hududlari VIII asrning dastlabki o’n yilliklari davomida bosib olindi. Arablar bosib olgandan so’ng, islom dini ta’limotini singdirish, arablashtirish va xalqni yetishtirgan daromadini 50 %ni tortib olgandi. Xalifalikka faqat xurij solig’i hisobiga So’g’d viloyati 32, 6 ming, Farg’ona viloyati 2,80 ming , Shosh viloyati 607 ming, Ustrushona 50 ming dirham to’lagan. Bunday azob-uqubatlarga bardosh berolmagan mahalliy xalq qo’zg’olonlari kuchayib bordi. 720-722 yillarda So’g’dda yuz bergan Gurak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokim) boshchiligidagi qo’zg’olonlar, shuningdek Shosh, Buxoro 736-737 yillardagi Toxariston qo’zg’oloni, Muqanna qo’zg’oloni kabi xalq xarakatlari IX asrning boshlariga kelib, yurtimiz ustidan xalifalik hukmronligining uzil-kesil ag’darilishi va bir qator mustaqil milliy davlatlarning yuzaga kelishida to’la namoyon bo’ldi. Biroq islom dinini mahalliy aholiga singdirilishi mahalliy xalqlarning ma’naviy ongini o’stirdi. Zero, o’lkaning ma’naviy yuksalishini ta’minlash, odamlarning bir-biriga qarindoshligi hamjihatligini jipslashtirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Islomiy iml-fan, ta’limot bugungi kunda ham komil insonlarni tarbiyalashga juda katta o’rin tutmoqda. Xorun ar-Rashid xalifalik siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilarni ko‘paytirish maqsadida musulmon dindorlarining mavqeini ko‘tarib yubordi. Ya’ni, musulmon dindorlariga katta miqdordagi yerlarni bo‘lib berdi. Ayni vaqtda mahalliy zodagonlarni xalifa tomonga og‘dirish siyosati olib borildi. Ammo, bunday harakatlar xalifalik uchun ijobiy natijalar bermadi. Ayniqsa, 809 yilda Xorun ar-Rashid vafot etganidan so‘ng taxt uchun bo‘lgan kurashlarda yana bir yangi xonadon vakillari tarix sahnasida paydo bo‘ldi. Bu Tohiriylar sulolasi edi. Bu sulolaning ilk vakili Roziq ibn Sayqal Horun ar-Rashid davrida Seyiston hokimi Abumuhammad Talx ibn Abdulloh qo‘lida xizmat qilgan. Uning Mus’ab, Xusayn va Toxir degan o‘g‘illari bo‘lib, keyinroq Toxir Hirotdagi Bo‘shang shahrining hokimi bo‘ladi. Ma’lumki, Xorun ar-Rashid vafotidan so‘ng uning katta o‘g‘li Amin xalifa bo‘ladi. Ammo Xorun ar-Rashidning kichik o‘g‘li Ma’mun(Ma’mun-laqabi, asli ismi Abdulla) ham taxtga da’vogar edi. Shu bois 811 yildan boshlab aka-ukalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash boshlandi. Ushbu kurashda Tohir ibn Husayn Ma’mun qo‘shinlariga boshchilik qilib 813 yilda Bag‘dod shahrini egallaydi va Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tiradi. Ma’mun xalifa bo‘lib olgach(813-833yy) Tohir ibn Husayn tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylanadi va 815 yildan boshlab xalifalik qo‘shinlarining bosh sarkardasi lavozimida ishlaydi. 821 yilda xalifa Ma’mun Toxir ibn Husaynni Xuroson viloyatiga noib etib tayinlaydi. Toxir Xuroson noibligining poytaxti qilib Nishopur shahrini tanladi. U Huroson va O‘rta Osiyo viloyatlarini (Tabariston, Jurjon, Ray, Kirmon, Xuroson, Seyiston, Movarounnahrning janubi) mustaqil hokim sifatida boshqarib, 822 yilda xalifa nomini xutba namoziga qo‘shib o‘qishni ta’qiqladi. Bu esa ochiqdan-ochiq xalifadan o‘zini mustaqil deb e’lon qilish edi. Lekin Toxir ibn Husayinning bu rejasi amalga oshmadi. U to‘satdan vafot etdi. Taxmin qilishlaricha, bu holat xalifaning o‘z noiblari ustidan siyosiy hukmronligini mustahkam tutishga intilishidan dalolat beradi. Yuqoridagi voqeadan qat’iy nazar, xalifa Ma’mun Toxirning o‘g‘li Talxa ibn Toxirni Xuroson noibi etib tayinlaydi. Zamonaviy adabiyotlarda berilishicha, mahalliy sulola vakillarini noib bo‘lib qolganligining sababi, xalifalikning aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi qo‘zg‘olonlarni bostirishida foydalanishi edi. Shuningdek, Xuroson noibining muhim vazifalaridan yana biri o‘ziga qarashli hududlarda ayrim viloyat hokimlarini saylash bo‘lgan. Jumladan, Toxir ibn Husaynning o‘zi Somoniylarni Samarqand, Farg‘ona va Shoshga hokim bo‘lishlarini rasman tasdiqlagan. O‘sha davrda Xuroson noibligiga quyidagi viloyatlar kirgan edi:Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko‘histon, Kermon, Ko‘mis, Tabariston va Jurjon.Ular hajmiga ko‘ra katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. 49 50 yildan ziyodroq hukmronlik qilgan Tohiriylar sulolasining vakillari quyidagilar edi: Toxir ibn Husayn (821-822yy); Talxa ibn Toxir (822-828yy); Abdulloh ibn Tohir (828-844yy); Tohir II ibn Abdulloh (844-862yy) Muhammad ibn Tohir (862-873); Tohiriylar mustahkam hokimiyat yaratish va qishloq xo‘jaligini tartibga solish borasida jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Ular yangi kanallar bunyod etib suvdan foydalanishni yaxshilash choralarini ko‘rdilar. Abdulloh ibn Toxirning buyrug‘i bilan o‘lkadagi yirik qonunshunoslar sug‘orish uchun foydalaniladigan suv taqsimoti qonunlari to‘plami – Kitob al-kuniyni tuzdilar. Ushbu qonunlar yuzlab yillar mobaynida Movarounnahrda suvdan foydalanishdagi bahs-munozaralarni hal etishda asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin